Vazifalari. Bilimlar xajmini belgilashda geografiya


O‘quvchilarni xaritani tushunishga o‘rgatish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1384357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODIKASI MAQSAD VA VAZIFALARI.BILIMLAR

O‘quvchilarni xaritani tushunishga o‘rgatish. Xarita yer 
yuzasining 
tekisligidagi 
umumiy 
juda 
kichraytirilgan 
tasviri 
bo‘lganligidan odatda bir vaqtning o‘zida ko‘rish mumkin bo‘lmaydigan 
juda katta hududni ko‘ra olishga imkon beradi. Xarita yer yuzasining 
boshqa tasvirlaridan farq qilib, xaritaga tushirilgan obektlar to‘g‘risida 
matematik jihatdan to‘g‘ri ma’lumotlar beradi. 
O‘quvchilar xaritaning tuzilishini va uning voqealikni aks 
ettirishini to‘g‘ri tushunishlari uchun xaritada joyning tasvir etilishiga 
o‘quvchibalarni asta-sekin o‘rgata borish kerak. Maktabda geografiya 
o‘qitish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni xarita tuzilishini 
tushunishga o‘rgatishning eng to‘g‘ri yo‘li-maktab atrofidagi joyda 
oriyentirovka qilishdan reja olishga, rejadan esa xaritaga o‘tishdir, bu 
izchillik bilan bo‘lishi kerak. Dastavval bolalar rejani tushunishga 
tayyorlangan bo‘lishlari kerak. Buning uchun ular quyidagilarni izchillik 
bilan o‘zlashtirishlari lozim: joyda oriyentirovka qilish, joyda 
masofalarni o‘lchash va ularni masshtab asosida chizma chizish, chiziq 
yo‘nalishlar chizish. O‘quvchilarning reja bilan bevosita tanishishlari 
uch bosqichdan o‘tish lozim: dastlab kichikroq maydonning (sinfning, 
maktabning) chizma chizish, so‘ngra kattaroq maydonning ko‘z bilan 
chamalab rejasini olish va shu asosda topografik reja bilan ishlash. 
Xarita boshqa ko‘rsatmali qurollar bilan shu bilan farq qiladiki
unda tabiiy va ijtimoiy hodisalar xaqiqiy ko‘rinishda emas, balki shartli 


belgilar asosida ko‘rsatiladi. Shu sababli xaritani to‘g‘ri tushunish uchun 
o‘quvchilarni obektlarning o‘zi bilan oldindan tanishtirish zarur. 
Xarita o‘qishga o‘rgatish va xaritalar bilan ishlash usullari. 
O‘quvchilar xarita o‘qish ko‘nikmasini asta-sekin butun geografiya kursi 
davomida geografik materialni o‘rganish bilan parallel ravishda 
egallaydilar. 
O‘qish jarayonida geografik bilimlar kengayadi va chuqurlashadi. 
Shu bilan birga xarita o‘qish ko‘nikmasi ham takomillasha borishi kerak. 
Maxsus tabiiy va iqtisodiy xaritalar umumiy geografik xaritalarga 
qaraganda o‘qish uchun murakkabroqdir. Shuning uchun bu sohada ham 
muayyan izchillik bo‘lishi zarur: dastlab o‘quvchilar umumiy geografik 
xaritalar bilan tanishishlari kerak, so‘ngra esa maxsus xaritalar bilan 
ishlashga o‘tishlari lozim. 
Xarita o‘qish maxsus tabiiy va iqtisodiy xaritalardan (odatda 
darslik matnidagi xaritalar yoki atlas xaritalaridan) tobora ko‘proq 
foydalanish yo‘li bilan ham murakkablashtiriladi. Bu xaritalardan 5-sinf 
kursidan boshlab foydalaniladi, lekin yuqori sinflarda ularning roli osha 
boradi va bu xaritalar darslarda yangi material bayon etiladigan suhbatda 
asosiy qo‘llanma hisoblanadi. 
Xarita o‘qiy olish ko‘nikmasi yetarli darajada taraqqiy etgandan 
keyin, suhbatni boshqacharoq o‘tkazish mumkin. O‘qituvchi har bir 
geografik obektni dengiz, tog‘ tizmasi, daryo va boshqalarni xaritaga 
qarab ta’riflash rejalarini beradi, o‘quvchilar bu rejalarni bilishi zarur. 
Darsda javob berish uchun chaqirilgan o‘quvchilar bu reja bo‘yicha 
devoriy xaritalar asosida ulardan o‘qiy olgan hamma narsasini hikoya 
qilib beradilar, boshqa o‘quvchilar esa o‘rinlarida turib qo‘shimchalar 
kiritadilar. Xarita asosida qilingan suhbatdan keyingina, o‘qituvchi 
xaritada ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni gapirib beradi. 
Sinfda ishlash bilan birga xarita asosida obektlarga mustaqil 
ravishda ta’rif berish yuzasidan uy vazifalari ham berish mumkin. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling