Velosipedchilardan qaysi biri uchrashguncha ko‘p masofani va nima uchun bosgani aniqlanadi


Download 29.35 Kb.
bet6/6
Sana22.04.2023
Hajmi29.35 Kb.
#1382554
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bantova 247-258-betlar

2-§. Harfiy simvolika
Matematika programmasiga binoan harfiy simvolika I sinfdan boshlab kiritiladi. Bu yerda o’quvchilar a x=b, x c=d ko’rinishdagi tenglamani yechishda va masalalarni tenglamalar yordamida yechishda noma’lum sonni belgilash uchun simvol sifatida ishlatiladigan x harfi bilan tanishadilar. Bu uncha qiyin bo’lmagan qadamdir: masala shartini to’liq aniqlangan, lekin hozircha noma’lum bo’lgan son qanoatlantiradi, bu sonni harf bilan belgilanadi.
II sinfda harf o’zgaruvchini belgilaydigan simvol sifatida kiritiladi. Bu boshlang’ich sinflardanoq o’zgaruvchi tushunchasini shakllantirish ishini boshlashni va bolalarni simvollarning matematik tiliga ertaroq jalb qilish imkonini beradi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, harfni o’zgaruvchini belgilaydigan simvol sifatida dastlabki tanishtirish harfiy simvolikani kiritishda eng qiyin qadam ekan. Bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun o’qitishda ma’lum bosqichlarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
Harfiy simvolika bilan tanishtirish
Harfning o’zgaruvchini belgilash uchun simvol sifatidagi ma’nosini ochib berishga tayyorgarlik ishi II sinfda, o’quv yilining boshida qo’shish va ayirish amallarini takrorlash munosabati bilan o’tkaziladi. Bu birinchi bosqichda bolalar tenglamalardagi noma’lum sonni belgilash uchun ishlatiladigan lotin alifbosidagi harflar (a, b, c, d va boshqalar) bilan tanishadilar. Ikkinchi sinf o’quvchilari noma’lum komponentni topishga doir misollar va masalalarni yecha turib, bu harflarning yozilishini va atalishini asta-sekin eslab qoladilar, shuningdek ushbu faktni ham o’zlashtiradilar: noma’lum sonni faqat x harfi bilan emas, balki boshqa harflar bilan ham belgilash mumkin. Masalan, 40+a=49,
b-20=61. Bunda maxsus tanlangan tanglamalarni yechish bilan ular turli tenglamalarda bitta harf bilan bir xil sonlarni ham, har xil sonlarni ham belgilash mumkinligini tushunib oladilar (a+7=17, 5+a=21, a+13=14). b+10=40, 1+a=31, x+5=35 tenglamalarni yechib, o’quvchilar bir xil sonlar turli harflar bilan belgilanishi mumkinligiga ishonch hosil qiladilar (b=30, a=30, x=30).
Lotin alifbosi harflarining kiritilishi bilan bir vaqtda, tayyorgarlik davrida, bolalar yangi atamalar: “matematik ifoda” va “matematik ifodaning qiymati” bilan (ta’rifsiz) tanishadilar (shu bobning 1-§ iga qarang).
Bu davrda yig’indini va qoldiqni topishga doir bir xil syujetli sodda arifmetik masalalarni yechish bo’yicha ish olib boriladi. Harfiy simvolikani kiritishga tayyorgarlik ishi uchun harflarni tushirib qoldirilgan masalalar yaxshi mashq bo’lib hisoblanadi. Masalan, “Mehnat” darsida o’quvchilar.... bayroqcha
Download 29.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling