Ventelyator qurilmalari turlari va qòllanilish kulami
Bosh ventilyator qurilmalari o’qiy ventilyatorlarining texnik tavsifi
Download 0.76 Mb.
|
5-tajriba ishi. Markazdan qochma va o’q chiziqli ventilyatorning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar Ventilyator turlari
- 5.4-rasm. Bosh shamollatish ventilyatorlarini ishlatish chegarasi.
Bosh ventilyator qurilmalari o’qiy ventilyatorlarining texnik tavsifi
O’qiy ventilyatorlar qo’yidagi elementlardan tuzilgan: Kollektor obtekatel(kok),ishchi g’tldirak, yo’naltiruvchi apparat, to’g’irlovchi apparat, diffuzor va chiqish qismlari. 5.4-rasm. Bosh shamollatish ventilyatorlarini ishlatish chegarasi. (ηst ≥ 0.6 bulganda). Kollektor ventilyatorning kirish qismida o’rnatilib havo oqimini ventilyatorga bir tekisda kirishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari havo oqimi kam qarshilikka uchrab uning tezligi Si1 oshadi. Obtekatel (kok) yarim sfera formaga ega bo’lib havo oqimining ventilyator kuraklariga bir tekisda zarbasiz kirishini ta’minlaydi. Ishchi g’ildirak ventilyatorlarda oddiy va buralgan kuraklar o’rnatilgan vtulkadan iborat bo’lib ventilyatorlarda asosiy a’zo hisoblanadi.Ishchi g’ildirakda kuraklar tuzilishi shunday tanlanadiki ishchi g’ildirak atrofida o’qiy yo’nalishda tsirkulyatsiya hosil bo’lsin, radial yo’nalishda tsirkulyatsiya bo’lmasligi kerak. Agarda radial yo’nalishda tsirkulyatsiya natijasida hosil bo’ladigan bo’lsa bir xalqasimon qatlamdan ikkinchisiga havo oqib o’tadi, natijada ko’p energiya behuda sarflanadi. Tezlikning radius bo’ylab bunday o’zgarilishi kuraklar konstruksiyasida kurak eni v va burchaklar va o’zgaruvchanligi natijasida erishish mumkin. Shuning uchun zamonaviy o’qiy ventilyator larda buralgan va uzunligi bo’ylab o’zgaruvchan kesimli kuraklar qo’llaniladi. Bundan tashqari ventilyatorlar ish rejimiga kuraklar bilan qobiq orasidagi oraliq ham katta ta’sir ko’rsatadi. Nisbiy oraliq (kurak uzunligiga bo’lingan oraliq) Sifatli tayyorlangan ventilyatorlarda 0,8-1,0% tashkil qiladi. Agarda nisbiy oraliq 1,5% kamayadi. Bunda yuqori bosim bor joydan kam bosimli tomonga havo oqimi paydo bo’lib, bosim tushadi. Yo’naltiruvchi va to’g’rilovchi apparatlar qo’zg’almas yoki buraluvchi kuraklardan tashkil topgan bo’lib umumiy venetsga mahkamlanadi. Asosiy ko’rsatgichlari: panjara qadami v/t, o’rnatilish burchagi kurak qirqimining aerodinamik tavsifi. Ventilyatorlarni bir qancha ish rejimlarida ishlatish uchun yo’naltiruvchi va to’g’rilovchi apparatlar buriladigan bo’lishi kerak. Diffuzor va chiqish qismi dinamik bosimni statik bosimga aylantirib berish uchun xizmat qiladi. Diffuzorning asosiy ko’rsatkichlaridan biri uning kengayish koeffitsienti. K= = (6.2) Bu yerda:F1, F2- ko’ndalang kesim yuzalari Ca1, Ca2- diffuzorga kirish va chiqishdagi havo oqimining tezligi. Va diffuzorning nisbiy uzunligi L=L/D ,bu yerda : L-diffuzor uzunligi, m D-diametri, m Shaxta ventilyatorlarida ochilish konusi burchaklari =30 va =60 nisbiy uzunligi L=2 qabul qilingan Havo oqimini meridional tezlashtiradigan ventilyatorlarda kirish tezligiga nisbatan meridional tezligi 1,5-2,0 baravar katta bo’ladi. Natijada diffuzorda dinamik bosim katta bo’ladi. Meridional bir pog’onali ventilyatorlar oddiy o’qiy ventilyatorlarga qaraganda katta bosimga ega bo’ladi va F.I.K. ( =0,87 0,89) ancha yuqori bo’ladi. Ikki pog’onali o’qiy ventilyatorlar o’rniga ularni ishlatsa bo’ladi, ularning tavsifi ancha yotiq bo’lib, barqaror bo’lmagan ish rejimi va shovqin darajasi kamroqdir. So’ngi paytlarda bunday ventilyatorlar kon korxonalarida joy ventilyatorlari sifatida keng qo’llaniladi. So’ngi paytlarda VOD (VOD-1, VOD-16, VOD-21, VOD-30, VOD-40 va VOD-50) turidagi ventilyatorlar ko’plab ishlab chiqarilmoqda (sonlar ventilyatorlar tashqi diametrini detsimetrda ko’rsatadi). Ushbu ventilyatorlar Artyomovsk mashinasozlik zavodidan chiqariladi. VOD turidagi o’qiy ventilyatorlar uncha chuqur bo’lmagan shaxta va rudniklarni shamollatish uchun mo’ljallanib, umumshaxta depressiyasi 4kPa-dan oshmasligi kerak. VOD turidagi ventilyatorlar VOD-11-dan tashqari reversiv ishlaydigan qilib tayyorlangan bo’lib, teskari ishlaganda xavfsizlik qoidalari bo’yicha 60% unumdorligini bera oladi. Ushbu ventilyatorlar suruvchi va haydovchi sxemalari bo’yicha qo’llash mumkin. Ventilyatorlar VOD-21, VOD-30, VOD-40 va VOD-50Dongiprouglemashda K-84 (K-burilgan kuraklar, 84-tezlik koeffitsienti) aerodinamik sxema bo’yicha va N.E.Jukovskiy nomidagi TSAGI institutlarda ishlab chiqilgan. VOD-16 ventilyatori Artyomovsk mashinasozlik zavodida tayyorlanib M-1 aerodinamik sxema bo’yicha M.M.Fyodorov nomidagi IGMTK va A.E.Jukovskiy nomidagi TSAGI-da ishlab chiqilgan, boshqa VOD turidagi ventilyatorlardan farqi ishchi g’ildiraklari bir-biriga qarama-qarshi tomonga aylanadi. Ishchi g’ildiraklarda 12 ta kuraklar mahkamlangan (VOD-16-ning 2-pog’onasida 10 ta kurak) bo’lib kuraklar o’rnatilishi 15-450 burchak ostida o’rnatiladi. Havo oqimini orqaga harakatlantirganda yo’naltiruvchi apparat 1530-ga buriladi. VOD va VOKD turidagi o’qiy va markazdan qochma VTSD turidagi ventilyatorlarning sanoatda qo’llanilishi chegaralari umumiy grafigi 6.4 va 6.5 rasmlarda ko’rsatilgan. SHaxta yoki ruda konlari ventilyatorlarini tanlashda ushbu grafikdan foydalanish mumkin. Ventilyatorlar VOD-21, VOD-30,VOD-40 va VOD-50 lar konstruktiv tuzilishi bir-biriga o’xshash bo’lib 4.5 - rasmda VOD-30 ventilyatorining umumiy ko’rinishi tasvirlangan. Ventilyator ishchi g’ildiraklardan 1va 2 qobiq, o’rtadagi yo’naltiruvchi 3 va to’g’irlovchi 5 apparatlardan, buruvchi mexanizmlardan 4 va 6, oldingi obtekateldan 7, asosiy val 8-dan, transmissiya vali 12-dan, kollektordan 9, diffuzordan 10 va tormozdan 11 iborat. Ventilyator rotori elektr yuritma 13 bilan transmissiya vali 12 va mufta 14 orqali ulanadi. Shaxta yoki ruda konida surish ventilyatsiya sxemasida havo ventilyatorga ventilyatsiya tarmog’idan keltiruvchi kanal I orqali kelib, diffuzordan siqib chiqaruvchi kanal II orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. VOD turidagi ventilyatorlarning ishchi g’ildirak kuraklari, profillangan, vint shakldagi, payvandlanib-parchinlangan, ichi bo’sh, xvostovigi bo’lib ikki varaq shaklda tayyorlangan, materili po’lat yoki alyuminiydan yasaladi. Kuraklar vtulkaga mahkamlanadi va ventilyator to’xtagan paytda kuraklarni qo’lda 15-450 burchakka burish mumkin. Ventilyator rotori oldingi va orqa podshipnikda aylanadi. VOD turidagi ventilyatorlar elektromagnitli kolodkali tormoz bilan jihozlangan bo’lib rotorni aylanishini 2-2,5 minut davomida to’xtatadi. VOD-21, VOD-30, VOD-40 va VOD-50 ventilyatorlari elektr yuritma aylanishini teskari tomonga aylantirib va bir paytning o’zida yo’naltiruvchi va to’g’irlovchi apparatlarning kuraklarini burib havo oqimi teskari tomonga beriladi. VOD turidagi ventilyatorlarning texnik tavsifi 3-jadvalda berilgan. 3-jadval Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling