Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Partaning o'quvchiga qaragan qirrasining pol sathidan balandligi o'quvchi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   175
Bog'liq
gigiena


Partaning o'quvchiga qaragan qirrasining pol sathidan balandligi o'quvchi 
o'tirganda pol sathidan to'g'ri burchak hosil qilgan tirsagining balandligiga teng bo'lishi 
kerak.
Parta ustki qismining o'tiruvchiga nisbatan 15° pastga og'ishi gigiyenik talablarga 
javob beradi.
Partalar va stollarning ustki sathi tabiiy taxta rangida yoki yashil, sariq va havo 
rangga bo'yalgani ma'qul, bunda yorug'likni qaytarish koeffitsienti 35—55% atrofida 
bo'ladi. Shuningdek, stollar va stullar ham gigiyenik talablarga javob beradi. Shu bois 
ham hozir sinflar stol va stullar bilan jihozlanayapti. 
Bolalarni antropometrik belgilarni hisobga olib partalarga o'tqizish ularning to'g'ri 
rivojlanishiga ta'sir qilib qolmay, ish qobiliyatini ham oshiradi.
 
SINF TAXTALARIGA QO'YILADIGAN GIGIYENIK
TALABLAR
Sinflardagi taxtalar, asosan, ikki devorga o'rnatilgan va ko'chma taxtalarga 
bo'linadi. Taxtadagi yozuv hammaga ko'rinishi uchun oxirgi qatordagi partalar yoki 
stollarga nisbatan oraliq ko'pi bilan 8—9 m bo'lishi kerak. Bunday masofada sinf 
taxtasiga yozilganlarni o'quvchi yaxshi ko'radi.
Sinf taxtalarining yuzasi yaltiramaydigan, silliq jigarrang, yoki to'q yashil tusdagi 
linoleum, rezina yo bo'lmasa, plastmassadan tayyorlanadi. Taxtaning pastki cheti 
partalar balandligidan sal yuqoriroq (poldan hisoblaganda 85—95 sm baland) bo'lishi 
kerak. Yaxshi ko'rinib turadigan bo'lishi uchun taxtalar tepasiga qo'shimcha chiroq 
o'rnatish ham mumkin.
10.13. MAKTAB O'QUV USTAXONALARIGA QO'YILADIGAN
GIGIYENIK TALABLAR


O'quvchilarning mehnat bilan shug'ullanishi ularning jismoniy va aqliy jihatdan 
uyg'un rivojlanishiga imkon beradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari mehnat darsida qo'l mehnatining yengil turlari 
(karton, plastilin, gazlamalar) bilan shug'ullanadilar, o'rta va yuqori sinf 
o'quvchilarining mehnat darsi har xil kasbni egallash bo'yicha ustaxonalarda, ishlab 
chiqarish korxonalarida, jamoa xo'jaliklari dalalarida, fermalarda o'tadi.
Mehnat darsining samaradorligi ko'p jihatdan gigiyenik talablar asosida tashkil 
qilinishiga bog'liq. Mehnat darsi ham boshqa fanlar singari 45 minut davom etishi 
kerak. Boshlang'ich sinflarda ikki darsni qo'shib o'tishga ruxsat etilmaydi, 5-8- 
sinflarda ikkita mehnat darsi qo'shib o'tilishi mumkin, lekin har 45 daqiqadan so'ng o'n 
daqiqali tanaffus beriladi. Yuqorida qayd qilinganidek, boshlang'ich sinflarda uchinchi 
darsda 5-7- sinf o'quvchilarining ustaxonalardagi amaliy mashg'ulotlarni esa ertalabki 
3-4-darslarda, peshingi o'qishda 1-2- darslarda o'tkazish kerak. Chunki, mehnat darsida 
turli harakatlar natijasida organizmda qon aylanishi, miya hujayralarining kislorod 
bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Bu esa ish qobiliyatining tiklanishi va keyingi 
darslarda o'zlashtirishning yaxshilanishiga imkon beradi.
O'quvchilar ishlaydigan ustaxona yorug', harorati me'yorida, havosi toza bo'lishi 
kerak. Agar maktab binosi ko'p qavatli bo'lsa, ustaxona birinchi qavatga, iloji bo'lsa 
alohida binoga joylashtirilishi kerak. Lekin ustaxonani yerto'laga o'xshash, qorong'i, 
nam, sovuq binoga joylashtirish mumkin emas.
Ustaxonaning polini taxtadan qilish shart, agar sement yoki yer bo'lsa, bolalar 
ishlaydigan joyda ularning oyog'i ostiga taxta panjara yasab beriladi. Devor, ship, 
eshik va deraza romlari och bo'yoqqa bo'yaladi. Har bir darsdan keyin derazalarni 
ochib, xona havosi yangilanadi, ustaxonaning poli va asbob-uskunalari namlangan 
mato bilan artib qo'yiladi.
Maktab ustaxonasining har bir xonasi 18—20 o'quvchiga mo'ljallangan bo'lib, 
sathi 66—70 m, har qaysi o'quvchiga 3,0— 3,3 m
2
dan to'g'ri kelishi kerak.
Duradgorlik, temirchilik ustaxonalari dastgohlar bilan jihozlanadi. Dastgohlar 
ustaxonada 2—3 qator qilib joylashtiriladi, qatorlar o'rtasidagi oraliq 120 sm dan, 
dastgohlar orasidagi masofa esa 80 sm dan kam bo'lmasligi kerak.
Dastgohlarning kengligi 75 sm dan kam bo'lmasligi, balandligi esa 
o'quvchilarning bo'yiga mos bo'lishi lozim. Duradgorlik dastgohlarining balandligi 
quyidagicha bo'ladi: o'quvchining bo'yi 120— 127 sm bo'lsa, dastgoh balandligi 65,5 
sm, bo'yi 129—133 sm bo'lsa, dastgoh—70,5 sm, bo'yi 134-141 sm bo'lsa, dastgoh— 
77,5 sm bo'lishi kerak. Temirchilik ustaxonasida esa o'quvchi bo'yi 120—127 sm 
bo'lsa, dastgoh 75,7 sm, bo'yi 128—133 sm bo'lsa, dastgoh—80,5 sm, bo'yi 134—141 
sm bo'lsa, dastgoh—88 sm bo'lishi lozim. O'quvchining bo'yi juda past bo'lsa, uning 
oyog'i ostiga taxtadan zinacha yasab beriladi.
Ustaxonada texnika havfsizligi choralari ko'rilgan bo'lishi kerak. Ishlagan paytda 
yog'och, temir, tunuka parchalari o'quvchini shikastlamasligi uchun uning ishlayotgan 
joyi bir metr balandlikdagi mayda sim panjara bilan to'sib qo'yiladi. Ustaxonaga elektr 
asboblar havfsizlik qoidalariga binoan juda ehtiyotlik bilan chegaralab joylangan, 
elektr toki ulaydigan knopka sathidan 3—5 mm chuqurlikda, ajratuvchi knopka esa 
tekislik sathidan 3—5 mm ko'tarib joylashtiriladi.
Elektr asboblarning havfli qismlari to'sib qo'yiladi, qolgan qismlari yashil bo'yoq 
bilan bo'yaladi.


Ustaxonani tozalash paytida elektr asboblari tokdan uziladi, chiqindi, axlat, 
changni tozalash uchun uzun dastali ilgak cho'tka va boshqa asboblardan foydalaniladi. 
Mashg'ulot vaqtida mehnat darsi o'qituvchisi va o'quvchilar korjomada (qo'lqop, 
himoya ko'zoynagi, bosh kiyim va h.k bilan) ishlashlari kerak.
O'quvchi dam olishi uchun lining ishlab turgan joyida qulaylashtirilgan, ya'ni 
ochib-yopiladigan kursi, buyumlarni qo'yish uchun tumbochka yoki kichkina shkafcha 
bo'lishi kerak.
O'quvchilar ustaxonada ishlash texnik havfsizligi qoidalari, ish tartibi bilan ham 
tanishtiriladi.
Ustaxonada aptechka bo'lishi shart. Vaqt-vaqti bilan dorilarni yangilab to'ldirib 
turish lozim. O'quvchilar o'z-o'ziga va bir-biriga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish 
qoidasi bilan tanish bo'lishlari kerak. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling