Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   175
Bog'liq
gigiena

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi. Sinfdan tashqari ishlarga 
jismoniy tarbiya va sport seksiyalarida, fan va havaskorlik to'garaklarida qatnashish 
kiradi. Har bir o'quvchi faqat bitta to'garakda qatnashishi mumkin. Agar o'quvchi 
xohishi bilan ikkita to'garakda qatnashmoqchi bo'lsa, bittasi, albatta, sport yoki 


havaskorlik to'garagi bo'lishi kerak, aks holda u charchaydi va salomatligi zaiflashadi. 
To'garak mashg'uloti uchun o'quvchi haftada 2—4 soat vaqt sarflashi mumkin. Har bir 
mashg'ulot vaqti 50—60 daqiqadan oshmasligi kerak.
Maktabdan tashqari ishlarga ijodkorlar uyi, bolalar klublari, ekskursiya va turistik 
bazalar, yoki texniklar, tabiatshunoslar stansiyalari va bolalar teatrlariga qatnashish 
kabilar kiradi.
10.11. MAKTAB BINOSINI REJALASHTIRISH VA UNGA
QO'YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
 
Maktablar qurilishi umumta'lim maktablarini loyihalashtirishga doir qurilish 
me'yorlari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan namunali loyihalarga asosan olib 
boriladi.
Hozirgi paytda maktab binolarini loyihalashda 44 sinfga mo'ljallangan maktablar, 
2 ta avtonom maktab va sport, madaniy-ommaviy hamda xizmat binolarini 
birlashtiruvchi umummaktab markazi ko'zda tutiladi.
Maktabning o'rni va turini tanlashda xizmat ko'rsatish doirasi asosiy mezon 
hisoblanadi, maktabning xizmat doirasi bolalarning maktabga piyoda kelib-ketishini 
ta'minlaydigan, yoshi hamda tumanning iqlimiy xususiyatlari hisobga olingan bo'lishi 
kerak.
Shaharlarda maktabgacha bo'lgan masofa, ayniqsa, quyi sinf o'quvchilari uchun 
0,5 km dan uzoq bo'lmasligi kerak. Masofaning olis bo'lishi o'quvchilarning kun 
tartibini buzadi, uy vazifalarini bajarish va maktabdan tashqari ishlar bilan 
shug'ullanishiga ajratiladigan vaqtini qisqartirib qo'yadi. Darslar boshlanishidan oldin 
uzoq piyoda yurib kelish bolalarni charchatib, aqliy ish qobiliyatini pasaytiradi. 
Ob-havo noqulay kunlarda salomatligi zaif bolalarning ahvoliga salbiy ta'sir 
qiladi. Qishloq joylarda maktabgacha bo'lgan masofa 3 km dan oshganda bolalarni 
maktabga olib kelishni uyushtirish zarur. Bu maktabni o'quv-tarbiyaviy markazga 
aylantirish talablariga javob beradi, oila va maktab hamkorligini mustahkamlaydi.
Maktab binosi yo'nalishiga ko'ra har xil bo'limlardan iborat. O'quv bo'limi 1—3 ( 
ko'pi bilan 6) sinfdan iborat o'quv seksiyalarini o'z ichiga oladi. Bularda tegishli 
rekreatsiyalar va sanitariya tarmoqlari bo'ladi. 4-10-11- sinf o'quvchilari uchun o'quv 
kombinatlari va laboratoriyalarda ham rekreatsiyalar va sanitariya tarmoqlari, mehnat 
ta'limi va kasb-hunar xonalari, o'quv-sport xonalari bo'ladi.
Madaniy-ommaviy ishlarga mo'ljallangan bo'limga: yig'ilishlar zali,ashula va 
musiqa xonasi hamda texnika markazi, jamoat tashkilotlarining xonalari, kutubxona 
bilan qiroatxona, to'garak mashg'ulotlari xonasi va kuni uzaytirilgan guruhlar xonasi 
kiradi.
Xizmat ishlariga mo'ljallangan bo'lim—ma'muriy-xo'jalik binolari, oshxona, 
tibbiyot xonasi va boshqalardan iborat bo'ladi.
Amaldagi me'yorlarga muvofiq zamonaviy maktab binolari uch qavat bo'ladi. IV 
iqlim mintaqasida maktablarni ikki qavatli qilib qurish tavsiya etiladi.
Maktab binosi va xonalari mikroiqlim sharoitiga moslab qurilishi va jihozlanishi 
kerak. O'quv xonalari jumlasiga sinf xonalari, o'quv kombinatlari, laboratoriyalar, 
o'quv ustaxonalari va o'quv sport xonalari kiradi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling