Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


 MAKTABGACHA TARBIYA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
Bog'liq
gigiena

10.8. MAKTABGACHA TARBIYA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI 
BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO'RSATISH 
Bolalar sog'lig'ini muhofaza qilish bolalar muassasalarida va maktablarida 
sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish yuzasidan sog'liqni saqlash organlari va 
muassasalari, xalq maorifi organlari va muassasalari bilan birgalikda, jamoat 
tashkilotlari ishtirokida nazorat olib boriladi. 
Bolalar tarbiyasi va tarbiya-sog'lomlashtirish ishlari bilan shug'ullanuvchi bar bir 
muassasa ma'muriyati va tibbiyot xodimlari sog'lomlashtirishning yillik rejasini ishlab 
chiqadilar. Bolalar sog'ligini va jismoniy jihatdan rivojlanishini pediatr vrach 
muntazam kuzatib boradi va bu ishga boshqa mutaxassis vrachlar: ftiziatorlar, 
revmatologlar, ko'z, lor vrachlari, fizioterapevtlar, jarrohlar, sanitariya vrachlari va 
epidemiologlar jalb qilinadi. 
Vrachlar va hamshiralar o'z ishlarida sog'liqni saqlash xalq ta'limi vazirligi qabul 
qilgan qarorlar asosida ish yuritadilar, tibbiy xodimlarning vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
—bolalar sog'lig'ini va jismoniy rivojlanishini muntazam kuzatib borish; 
—bolalar o'rtasida turli kasalliklar, yuqumli kasalliklarning oldini olish va erta 
aniqlash; 
—taomnoma tuzishda qatnashish, ovqatning sifati va ovqatlanishning qanday 
tashkil etilishida ko'pincha C vitamini berishni nazorat qilish, vaqt-vaqti bilan haftalik 
taomnomadagi oqsil, yog', uglevodlarning miqdorini aniqlash, uni joylardagi DSENM 
laboratoriyasi bergan natijalar bilan solishtirish, olingan natijalar bo'yicha fikr 
bildirish; 
—jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi kun tartibining tashkil etilishi va unga 
rioya qilish, o'quv mashg'ulotlari ustidan nazorat o'rnatish; 
—bolalar muassasalarida tegishli sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishini, 
bolalar madaniy-gigiyena malakalarini tarbiyalashni nazorat qilish; 
—bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, bolalar gigiyenasi 
bo'yicha bilimini ko'tarish ishlariga tarbiyachilar, o'qituvchilar, ota-onalar, jamoat 
vakillarini jalb etish. 
Ko'z, lor vrachlar, ftiziatr, revmatolog va boshqa mutaxassislar bolalarga 
poliklinikada tibbiy yordam ko'rsatadilar. Bolalar orasida o'tkaziladigan umumiy 
tibbiyot ko'rigi mohiyatini oshirishda hamda bolalar organizmidagi har xil 
o'zgarishlarni aniqlashda tashxis skrining testini qo'llash hozirgi kunda muhim 
ahamiyatga ega bo'lgan zamonaviy usul hisoblanadi. 
Skrining testini qo'llash yo'li bilan ajratilgan bolalarda, kasallikka xos o'zgarishlar 
payqalganda ular dispanser ko'rigidan o'tkaziladi, aniqlanadi va davolanadi. 
Davolashga muhtoj bolalar uchun bolalar sanatoriyasi tashkil etilgan. 
Bolalarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishda hamshira vrachga yordam beradi. U 
bolalarga №
026 /U raqamli forma to'ldiradi. Hamshira vrachning rahbarligida 
bolalarning antropometrik ko'rsatmasiga binoan ayrim bolalarni mutaxassislarga 
maslahatga, sog'lomlashtirishga, rentgenda va laboratoriya tekshirishlar, davolash 
fizkulturasi xonalariga yuboradi. 


Hamshira o'qituvchilar bilan birga bolalarni bo'yiga, ko'rish va yetishish 
qobiliyatiga qarab partalarga o'tqizadi. Ulardan tashqari, tibbiy hamshira jismoniy 
tarbiya darslarining borishini, jismoniy tarbiya zali mikroiqlimini o'quvchilarning 
jismoniy tayyorgarlik guruhlarida, mehnat tarbiyasi darsini tashkil etishda 
o'quvchilarning gigiyena talablariga rioya qilishlarini nazorat qiladi. Hamshira ayrim 
bolalarni vrachning qayta tekshirishi yoki davolashi uchun chaqiradi. Tibbiy hamshira 
muassasadagi barha xonalarning sanitariya holatini nazorat qiladi. Bolalarning 
ovqatlanishi va ovqat sifati, oziq-ovqat mahsulotlarini tashilishi va saqlanishini nazorat 
qilish ham uning vazifasiga kiradi. Tibbiy hamshira vrach bilan birga tobi qochgan 
bolalarning haroratini o'lchaydi va zaruriyat bo'lganda bolaga tez tibbiy yordam 
ko'rsatadi. 
Sanitariya - epidemiologiya xizmati bolalar va o'smirlar gigiyenasi mutaxassislari 
tomonidan kasalliklarning oldini olish choralari ishlab chiqiladi va uning amaliyoti 
yuzasidan bolalar muassasalarida kundalik nazorat o'rnatiladi. Yuqumli kasalliklarga 
qarshi kurashishda bolalar o'rtasida o'z vaqtida o'tkazilgan ehtiyot emlashlar muhim 
tadbirlardan hisoblanadi. Ehtiyot emlashlar rejali ravishda shu joyda yoki jamoada 
yuqumli kasallik bor-yo'qligidan qa'tiy nazar, mahalliy sanitariya-epidemiologiya 
xizmati ko'rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Emlashni o'tkazish taqvimi (kalendari) 
immunologiyaning nazariy va amaliy yutuqlariga, ya'ni zardoblar ishlab chiqishga, 
mamlakatda 
sog'liqni 
saqlash 
ahvoliga 
hamda 
yuqumli 
kasalliklar 
epidemiologiyasining o'zgarishiga qarab takomillashishi va o'zgarishi mumkin.
Vrach kabinetida tibbiy tarozi, bo'y o'lchagich, santimetrli lenta, shpatel, 
termometrlar, fonendoskop, sterilizator, bir martalik shprislar, tibbiy shkaflar, 
kushetkalar, yozuv stollari bo'ladi. 
Birorta yuqumli kasallik aniqlansa, bolalar muassasasi vrachi yoki tibbiy hamshira 
bu haqda tuman epidemiologiga darhol xabar qiladi. Epidemiolog ko'rsatmasi bilan 
kasal bola qatnaydigan bolalar muassasasida va bola yashagan uyda dizenfeksiya 
o'tkaziladi. Kasal bola bilan birga bo'lgan barcha bolalar kasallikning yashirin davri 
o'tguniga qadar kuzatib turiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling