Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


O'yinchoqlar, ularga qo'yiladigan gigiyenik talablar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   175
Bog'liq
gigiena

O'yinchoqlar, ularga qo'yiladigan gigiyenik talablar 
O'yinchoqlar kichkintoylarning to'g'ri rivojlanishi uchun juda muhim. 
O'yinchoqlar bolaning tashqi dunyo tasavvurini, nafosat olamini boyitadi. O'rtoqlik 
hissini tarbiyalashga, kayfiyatining yaxshi bo'lishiga, hayotiy tonusning ko'tarilishiga 
yordam beradi. Bolalar bo'sh vaqtlarida qiziqarli o'yinlar va foydali mashg'ulotlar bilan 
band bo'lishlari kerak. 
Bolaning birinchi o'yinchog'i o'zining qo'llari hisoblanadi. Bola qo'llariga tikilib, 
uni o'ynatadi. 6—8 haftalik bola uchun hech qanday o'yinchoqning hojati yo'q, chunki 
qo'llarining o'zi uning uchun o'yinchoq. Hayotining birinchi yillarida, ayniqsa, 
dastlabki oylarida bolaga ko'ruv va eshituv analizatorlarini rivojlantirishga yordam 
beradigan o'yinchoqlar o'ynash tavsiya etiladi. Shu maqsadda bolaning krovati tepasiga 
ko'kragidan 60—70 sm balandga ochiq rangli shiqildoqlar, halqa, puflangan 
sharlarning osib qo'yish, u bilan gaplashib turish, turli o'yinchoqlarga diqqatini tortish 
kerak. 
Bola 7 oylik bo'lib, emaklay boshlaganda, o'yinchoqlar uning harakatini 
rag'batlantiradi. Shu maqsadda katta ayiqchalar, qichqiradigan xo'roz, yaltiroq katta 
koptoklardan foydalanish mumkin. Bu o'yinchoqlarni ma'lum masofaga qo'yib 
qo'yiladi. Bola o'yinchoqlarni olish uchun o'sha tomonga emaklaydi, unga yetib olgach 
quvonadi. 
Bola 8 oyligida bemalol o'tiradi, o'yinchoqlari bilan uzoq vaqt davomida mustaqil 
ishlaydi, shiqildoqlarni shiqillatadi, ovozga quloq soladi. Bu harakatlar qo'l 
mushaklarining rivojlanishi uchun foydali. 
1 yashar va undan kattaroq bolalarni rezinadan, polietilendan va yog'ochdan 
tayyorlangan ovoz chiqaradigan o'yinchoqlar, bolalar va hayvonlar shaklidagi 
o'yinchoqlar ko'proq xursand qiladi. O'yinchoqlar yaxshi yuviladigan bo'lishi lozim. 
Bolalar muassasalarida o'yinchoqlarni butun guruh bolalari o'ynaydi. Ular, albatta, tez 
ifloslanadi, bu esa yuqumli kasalliklar yuqishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning 
uchun ham o'yinchoqlar doimiy toza bo'lishi shart. 
Har bir guruhning o'z o'yinchoqlari bo'ladi. Kichik yasli yoshidagi guruhlardagi 
o'yinchoqlar kuniga 2 mahal cho'tka bilan issiq suvda yuviladi. Bu o'yinchoqlar 
maxsus tamg'alangan bo'lib, alohida tog'orada sovunlab yuviladi. Qo'g'irchoqlarning 
kiyimlari yuvilgach, yaxshilab dazmollanadi. Yumshoq qo'g'irchoqlar bakteriotsid 


lampalar bilan 30 daqiqa davomida dezinfeksiya qilinadi. Yirtilgan, singan 
o'yinchoqlar tashlab yuboriladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling