Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
10.10. O'QUVCHINING KUN TARTIBI 
Kun tartibining noto'g'ri tashkil qilinishi, ayniqsa, qoniqib uxlamaslik bosh miya 
po'stlog'ining tiklanish jarayonlariga hamda o'quvchining ish qobiliyatiga ta'sir qiladi. 
Gigiyenik jihatdan asoslanib tuzilgan kun tartibi o'quvchining kun bo'yi 
bajaradigan asosiy faoliyati turlarini me'yorlashga, aqliy va jismoniy mehnatini, dam 
olishni to'g'ri olib borishiga imkon beradi. Maktab dasturi o'quvchilarning aqliy 
faoliyatini jadallashtirishni to'g'ri rejalashtirmas ekan, o'quv jarayoni va sog'liqni 
saqlashda ko'zlangan maqsadga erishish qiyin bo'ladi. 
Kun tartibiga qat'iy amal qilmaslik o'sib kelayotgan organizmga juda yomon ta'sir 
ko'rsatadi. O'quvchilarning ish qobiliyati pasayib, o'zlashtirishi yomonlashadi, vaqt 
o'tishi bilan sog'lig'ida salbiy o'zgarishlar paydo bo'ladi. 
Kun tartibi ayrim bandlarining muntazam takrorlanib turishi organizm hayot 
faoliyatining ma'lum bir maromiga tushib olishini ta'minlaydi. Bola ma'lum bir vaqtda 
uyg'onishga o'rganadi, ma'lum soatlarda qorni ochganini, kuch- quvvatga to'lib-
toshganini, ma'lum bir vaqtda charchaganini sezadi. O'quvchining kun tartibi 
organizmning jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos tarzda tuzilishi kerak. 
O'quvchining kuni ertalabki gigiyenik gimnastika mashg'ulotlari bilan boshlanadi. 
Ertalabki badantarbiya va suv muolajalari uyquni qochirib, o'quv faoliyatiga tez 
kirishib ketishiga yordam beradi. 


O'qish o'quvchining markaziy nerv sistemasiga katta talablar qo'yadi. Shuning 
uchun maktabda ham, uyda ham kun tartibiga puxta rioya qilish kerak. Shunda 
markaziy nerv sistemasi zo'riqmaydi. Maktabdagi o'quv mashg'ulotlari o'quv rejasi 
asosida olib boriladi. 
O'quvchi tushlik ovqatini yeb bo'lib dam olgandan keyin ko'pi bilan soat 16 da uy 
vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. O'quvchilarning nonushta va tushlikdan 
keyingi ochiq havoda biroz o'ynab kelib keyin dars tayyorlashi maqsadga muvofiq 
bo'ladi. 
Vrachlar va fiziologlar 14—17 yoshni oraliq yosh deb hisoblaydilar, chunki shu 
yoshda o'smir organizmi zo'r berib rivojlanib, balog'atga yetib boradi, markaziy nerv 
sistemasi faoliyatida o'smirning yurish- turishida o'zgarishlar sodir bo'ladi. 
14—17 yashar o'quvchilarning o'quv dasturi ancha og'ir bo'ladi, 11- sinfda u 
o'quvchilarning oliygohlarga tayyorlanishi tufayli yana ham kengayadi. Imtihonlarga 
tayyorlanish va topshirish davrida organizm hammadan ko'p zo'riqadi. Mana shu 
davrda kun tartibiga puxta amal qilish, tunda yetarlicha qoniqib uxlash kerak. Ish 
qobiliyatini kun bo'yicha yuksak darajada saqlab qolish uchun o'quvchilarga kunduzi 
1,5—2 soat uxlab olib, keyin bir soat ochiq havoda sayr qilish tavsiya etiladi. O'quv 
mashg'ulotlari mahalida har 45 daqiqadan keyin 10—15 daqiqa tanaffus qilish lozim. 
Uyqu asab sistemasini toliqib qolishdan saqlaydi. Uxlaganda organizmdagi 
hamma a'zo va to'qimalar, jumladan, bosh miya po'stlog'i orom oladi. Asab hujayralari 
oziq moddalar zaxirasiga to'lib, quvvat yig'adi, organizm yangi mehnat kuniga 
tayyorlanadi. 
Odam qattiq va miriqib uxlashi uchun ma'lum bir soatda yotishga o'rganishi, 
uxlashdan 1 — 1,5 soat oldin hech qanday aqliy ish bilan shug'ullanmasligi kerak. 
Uyquga qoniqmaslik o'quvchilarning ish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 
Uxlashdan oldin xonani shamollatish, xona harorati 16—17 °C bo'lganda deraza 
yoki fortochkani ochib qo'yish kerak. 
Maktabdagi mashg'ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish, serharakat o'yinlar 
o'ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. 
Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinib turishi ish qobiliyatini 
oshiradi. Yurak tomirlar sistemasi, nafas a'zolari faoliyatini yaxshilaydi, moddalar 
almashinuvini kuchaytiradi. 
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg'ulotlari, turistik safarlar, 
to'garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar) 
o'quvchilarga zavq bag'ishlab, kuch-quvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini 
oshirishda yaxshi ta'sir qiladi. Ba'zi to'garaklarga qatnashishga ancha vaqt va kuch 
ketadi, buni unutmaslik kerak (modellar yasash, radio, foto to'garaklari, havaskorlik 
to'garaklari va boshqalar). Bu gap yopiq binoda o'tkaziladigan to'garaklarga ayniqsa 
taalluqli. Mashg'ulotlar ko'pi bilan 1—2 marta, 50—60 daqiqadan o'tkazilgani ma'qul. 
Har bir o'quvchi 1 ta to'garakda, istisno tariqasida 2 ta to'garakda qatnashishi mumkin.
23-jadval 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling