—stollar orasidagi oraliq masofa 0,5 metrdan kam bo'lmasligi;
—devorlarga osilgan taxtaning sathi 0,71—1,5 metr bo'lishi kerak.
Jihozlar va mebellar xonalarda
shunday joylashtiriladiki, bolalarning bexavotir
o'ynashlari uchun xonadan ortiqcha va qo'pol buyumlarni chiqarib tashlash kerak.
Xojatxonalardagi unitazlarning balandligi 3-5 yoshli bolalar uchun 55 sm va
kattaroq bolalar uchun 65 sm, jo'mragining balandligi tegishlicha 65-75 sm bo'lishi
kerak.
Sochiqlar uchun ilgaklar yerdan 90 sm balandlikka o'rnatiladi. Tuvaklarni qo'yish
uchun maxsus xonachalari bor javonlar 3 yoshgacha bo'lgan har bir bola uchun alohida
mo'ljallangan bo'ladi.
Hojatxona unitazining yerdan balandligi 3—5 yoshli bolalar uchun 25 sm va
yoshi birmuncha kattaroq bolalar uchun 30 sm qilib o'rnatilgani ma'qul.
Bundan tashqari, bolalar vannalari va dush tagligi, kattalar uchun unitaz, tuvaklar
yuvish uchun jo'mrak, artib-tozalashda ishlatiladigan buyumlarni saqlash uchun shkaf
bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: