Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


 BOLALAR VA O'SMIRLARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
10.4. BOLALAR VA O'SMIRLARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI 
DINAMIKADA KUZATISH VA BAHOLASH USULLARI 
Bolalarning jismoniy rivojlanishini aniqlash kompleks usulda olib boriladi. 
Bolalar va o'smirlarning jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari aholining sanitariya 
holatini ifodalovchi ma'lumotlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, bolalar va 
o'smirlarning jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari ularning salomatlik darajasini, 
shuningdek, o'sish va rivojlanish davrida tashqi muhit sharoitining ijobiy yoki salbiy 
ta'sirini ham belgilaydi. 


Bolalar va o'smirlarning jismoniy rivojlanishini aniqlash, albatta, tibbiy ko'rikdan 
o'tkazish bilan bir qatorda olib borish kerak. 
Tibbiy ko'rik barcha bolalar va o'smirlar oilaviy poliklinikalarida, o'smirlar 
kabinetida, vrachlar bilan ta'minlangan jismoniy tarbiya kabinetlarida o'tkaziladi. Har 
bir bolaning jismoniy rivojlanishini mumtazam va yakka tartibda kuzatish uchun 
o'sishi va rivojlanishi to'g'risida aniq ma'lumot beradi. Shaxsiy jismoniy rivojlanishni 
aniqlashdan tashqari, bolalar va o'smirlarning jismoniy rivojlanishini bolalar va 
o'smirlarda o'tkaziladigan yoppasiga kuzatish usuli qisqa muddat ichida bir mintaqada 
sog'lom bolalarda aniqlanadi. Olingan ma'lumotlar har bir bolaning yoki o'smirning 
yoshiga, jinsiga hamda millatiga qarab statistika usuli bilan o'rtacha ko'rsatkichlar— 
,,me'yorlar" hisoblab chiqiladi. Olingan ma'lumotlar ko'rsatilgan yoshga, jinsga va 
millatga shu mintaqa uchun shartli standart hisoblanib, bolalar va o'smirlarning 
jismoniy rivojlanishi to'g'risida ma'lumot beradi. Tibbiy ko'rikdan o'tkazib, har bir 
shaxsning jismoniy rivojlanishiga baho berishda shu mintaqa uchun aniqlangan 
standartdan foydalaniladi. Bunda shaxsiy antropometrik ko'rsatkichlarni standart bilan 
taqqoslab, bolalarva o'smirlarning jismoniy rivojlanishiga baho beriladi. Ijtimoiy 
turmushning o'zgarib turishi tufayli, bolalarva o'smirlarning jismoniy rivojlanishini 
ifodalovchi standart vaqt-vaqti bilan dinamikada qayta aniqlab turishni taqozo qiladi. 
Jismoniy 
rivojlanishni aniqlashda 
antropometrik usuldan foydalaniladi. 
Antropometrik usulni qo'llash yoki tekshirish dasturini tuzish bolaning yoshiga bog'liq. 
Umuman tibbiyotda qator antropometrik usuldan faqat bir nechtasigina qabul qilingan. 
Somatometrik ko'rsatkichlar: bo'yning (o'tirgan va turgan holida) uzunligi, vazni, 
ko'krak qafasining kengligi, fiziolometrik funksional ko'rsatkichlardan o'pkaning 
sig'imi, qo'l va bel mushaklarining kuchi va h.k. Somatoskopiya ko'rsatkichlariga yana 
qaddi-qomatning tuzilishini (umurtqa pog'onasining shakli, ko'krak qafasi, oyoq 
mushaklari rivojlanishi, teri ostidagi yog' qatlamining miqdori va h.k.), jinsiy 
rivojlanish alomatlari kiradi. O'tkaziladigan antropometrik tekshiruvlar bolalarning 
yoshiga qarab har xil tuzilishi mumkin. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishini aniqlashda qo'shimcha 
harakat faoliyati hamda tilning rivojlanishiga ahamiyat beriladi, lekin bu yoshda ba'zi 
bir funksional tekshirishlar o'pkaning hayotiy sig'imi, qo'l va bel mushaklarining 
kuchini aniqlashga hojat bo'lmaydi. O'smirlarning jismoniy rivojlanishini aniqlashda 
esa ularning jinsiy taraqqiy etishiga ahamiyat yo'nalish bo'yicha beriladi. 
Antropometrik ma'lumotlardan bolalar va o'smirlar gigiyenasida maktablar, 
ustaxonalarni standart jihozlar bilan ta'minlash (ularning soni, raqamlari va h.k.), 
bolalar kiyim-kechaklari, poyafzal o'lchamini aniqlashda va boshqa kerakli buyumlar 
bilan ta'minlashda foydalaniladi. 
Antropometrik tekshiruvlarni kunning birinchi yarmida, to'g'ri asboblar bilan 
yorug' xonalarda, qulay mikroiqlim sharoitida, bolani yalang'och qilgan holda o'tkazish 
kerak. 
Bolalar va o'smirlar bolalik davrining turli bosqichlariga qarab quyidagi 
muddatlarda tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va jismoniy rivojlanishning antrometrik 
usulida tekshiriladi. 
1. Chaqaloqlar bar oyda bir marta. 
2. Ilk bolalik davrida har uch oyda bir marta. 
3. Maktabgacha yoshda har 3—6 oyda. 
4. Maktab yoshi davrida bir yilda bir marta. 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling