Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


- rasm. Skolioz: /—o'ng tomonli, 2—chap tomonli, 3— murakkab turi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175
Bog'liq
gigiena

- rasm. Skolioz: /—o'ng tomonli, 2—chap tomonli, 3— murakkab turi. 
 
 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning skeleti ko'p darajada tog'ay to'qimasidan 
iborat bo'ladi, shu sababli, yomon sharoitlarda (tana noto'g'ri vaziyatda turganda, uzoq 
vaqt tik turganda, o'tirganda, o'rin-joy noqulay bo'lganda) salga o'zgaradi. Agar shu 
xususiyatlar hisobga olinmasa va bola jismonan to'g'ri tarbiya qilinmasa, qomatida 
nuqsonlar paydo bo'ladi (bu qon aylanishiga, nafas faoliyatiga yomon ta'sir qiladi), 
suyaklar noto'g'ri o'sadi. 
Bola hayotining birinchi yilidan boshlab va maktabgacha tarbiya yoshining butun 
davomida oyoq kafti gumbazi shakllanishda davom etadi. Oyoq kafti gumbazining 
to'g'ri shakllanishi va mustahkam bo'lishi uchun tegishli mashqlar qilish va maxsus 
poyabzal zarur. Chanoq suyaklari bola tug'ilgandan keyin ancha o'sadi va birlashib 
muttasil chanoq hosil qilishi (14—16 yoshlarda) kuzatiladi. Chanoq suyaklarining bir-
biriga mustahkam birlashishi 20— 25 yoshlarga borib yuz beradi. Xotin-qizlarda 
chanoq suyagi erkaklarnikiga nisbatan kengroq bo'ladi. 
O'g'il bolalarda 15 yoshda oyoq tanadan ancha uzun bo'lsa, qiz bolalarda 13 
yoshdan shunday bo'ladi. Tana, qo'l va oyoq skeletining to'g'ri rivojlanishi ko'p 
jihatdan bajariladigan jismoniy ishga ham bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham 
harakatchan mashqlarni bajarganda, jismoniy ishlar bilan shug'ullanganda bolalarning 
yoshi, skeletining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Noto'g'ri tashkil 
qilingan jismoniy mashqlar bola skeletining patologik rivojlanishiga olib keladi. 


Maktabgacha tarbiya yoshida boylam-bo'g'in apparati juda qo'zg'oluvchan bo'ladi, 
bu mushaklar, boylamlar va paylarning kattalardagiga qaraganda nihoyatda qayishqoq 
bo'lishi bilan xarakterlanadi. 
Tishlar 5—7 yoshdan almashina boshlaydi. 5—7 yoshda dastlabki doimiy jag' 
tishlari chiqadi. 
Bolalarni tishlarini to'g'ri parvarish qilishga o'rgatish—gigiyena jihatidan to'g'ri 
tarbiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Kasal sut tishlar o'z vaqtida davolatilsa, 
me'da-ichak yo'li yaxshi ishlaydi va doimiy benuqson bo'ladi 
6—7 yashar bolaning qo'l mushaklari tez rivojlanib, harakatlari tobora tez va 
ravon, yo'g'on bo'la boradi. Biroq yetti yashargacha bo'lgan bolalar hali uzoq davom 
etadigan mushak zo'riqishiga bardosh bera olmaydilar, binobarin, jismoniy ish bilan 
uzoq shug'ullanmasliklari kerak. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy mehnatga 
asta-sekin o'rgata borish kerak. Bola qurbi yetadigan ish bilan mintazam 
shug'ullanganida mushaklarga qon kelishi yaxshilanadi, bu ularning oziqlanishi, 
mushak to'qimasining to'g'ri o'sishiga va rivojlanishiga imkon beradi. 
Teri himoya vazifasini bajaradi. U gavdaning tashqi qoplami bo'lib, to'qimalarni 
zararlanishdan saqlaydi. Bu vazifa, asosan, muguz qatlamga xos. Terming himoya 
faoliyati yana shundan iboratki, uning muguz qatlami organizmga mikroblar, suv va 
unda erigan turli xildagi zaharli moddalarning tushishiga yo'l qo'ymayda. Bunga yog' 
sekreti ham yordam beradi, sekretni terining yog' bezlari ishlab chiqaradi, u yupqa 
parda sifatida terining muguz qatlamini qoplab turadi. Bundan tashqari, maxsus 
modda—lizosim teri yuzasidagi mikroblarni holsizlantiradi va o'ldiradi. 
Teri o'zidagi ko'p sonli reseptorlar tufayli, organizmning tashqi muhitdagi turli 
sharoitlarga moslashishida, issiqlikni idora etishida ishtirok etadi, chiniqish 
jarayonlarida muhim o'rin tutadi. Teri yuzasidan issiqlik ajraladi ( 83% ga yaqin). 
Ultrabinafsha nurlar ta'sirida teridagi 7—8 degidroxolesterindan, D vitamini 
sintezlanadi. 
Bolalar terisi juda nozik va yupqa bo'lib, qon tomirlari ko'p bo'ladi. Terining 
rangi, tozaligi, mayinligi bolaning salomatligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. 
Bolalarda teri qoplamining hajmi vazniga nisbatan katta bo'ladi, shuning uchun 
bolalar atrof-muhit harorati ta'sirida tez isib ketadilar va tez sovqotadilar. Suv 
muolajalarida va bolalarni chiniqtirishda buni hisobga olish kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshida, 6—7 yoshga borib o'pka bo'laklari tuzilishi 
shakllanib bo'ladi. Nafas chuqur va siyrak bo'lib qoladi. Agar ikki-uch yashar 
kichkintoyda nafas tezligi bir daqiqada 28— 31 bo'lsa, 4—7 yoshda esa 23—26 
bo'ladi. Katta yoshli odamda esa 1 daqiqada nafas tezligi 16—18 martaga yetadi. Bola 
uxlab yotganda xuddi katta odamlardagi kabi nafas tezligi sekinlashadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshida qon aylanish a'zolarida kuchli anatomic va 
funksional o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bolaning yurak-tomir sistemasi juda chidamli 
bo'ladi. U doimo o'zgarib turadigan ish sharoitlariga va zo'r berib o'sayotgan 
organizmga osonlik bilan moslashadi. Bola ulg'aygan sari yurak shakli, ko'krak qafasi 
holati o'zgaradi. Biroq 6 yoshga borib, bolaning shakliga va holatiga ko'ra katta 
yoshdagi odamning yuragidan deyarli farq qilmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
6—7 yashar bolalarning yurak vazni yangi tug'ilgan chaqaloq yuragi vaznidan 5-5,5 
barobar ortiq bo'ladi, biroq hali katta yoshli odam yuragi vazniga yetmaydi. 
6 yoshda yurak to'qimasi mushak qatlamlariga aylana boshlaydi, 7—8 yoshlarga 
borib, yurak faoliyatini boshqarib turadigan asab apparati shakllanishi tugaydi. 


7-8 yoshlarda yurakning bitta zarba otib chiqaradigan qon miqdori 
chaqaloqnikidan 9—10 hissa ortadi. Tomirning urish tezligi yurak qisqarishlari soniga 
mos bo'ladi. Bola o'sa borishi bilan tomir urish tezligi siyraklashadi. Uch yashar bolada 
puls tezligi o'rta hisobda bir minutda 107—110; 5 yashar bolalarda 100; 7 yashar 
bolalarda 92 ta bo'ladi. Katta yoshli odamda esa puls tezligi o'rta hisobda bir minutda 
65—75 martaga teng bo'ladi. Bolalarda ham xuddi kattalardagi kabi uxlab yotgan 
vaqtda puls sekinlashadi, qo'zg'alganda tezlashadi, bunda faqat yurak qisqarishlarining 
tezligi emas, balki kuchi ham ortadi, arteriya bosimi ko'tariladi. Bolalarda yurak-tomir 
sistemasi chiniqtirishga yordam beradigan jismoniy harakatlar anatomo-fiziologik 
xususiyatlarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qon hosil qilish sistemasi salga 
shikastlanishi mumkin. Har qanday kasallikda, gigiyena sharoitlari yomonlashganda, 
kun tartibi va ovqatlanish buzilganda qon o'zgaradi. Bolalar gavdasining 1 kg vazniga 
to'g'ri keladigan qon miqdori kattalardagiga qaraganda ancha ko'p bo'ladi. 
Bola ulg'ayar ekan, qonning faqat nisbiy miqdori emas, balki tarkibi ham 
o'zgaradi. Chaqaloq hayotining birinchi kunlarida qornida eritrotsitlar va gemoglobin 
ancha ko'p bo'ladi. Keyinchalik ularning soni kamayadi. Xuddi shunday qonuniyat 
leykotsitlar xususida ham kuzatiladi. Bolalikning turli davrlarida qon tarkibining 
o'zgarishi qon ishlash sistemasida kuzatiladigan o'zgarishlarga bevosita bog'liqdir. U 
xususan 4—6 yashar bolalarda jadal kechadi. 12—15 yashar bolalarda qon yaratilishi 
xuddi kattalardagi kabi bo'lib qoladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning markaziy nerv sistemasida quyidagi 
morfologik va funksional o'zgarishlar kuzatiladi: bosh miya po'stlog'i differensiyasi, 
asosan, yetti yoshga borib tugaydi, asab sistemasi reaksiyasi, asosan, yangi shartli 
aloqalar hosil bo'lishi hisobiga takomillashadi. 
7 yashar bolaning jismoniy va asab-ruhiy jihatdan zo'r berib rivojlanishi, tayanch-
harakat apparatining, ayni vaqda, hayotiy muhim a'zolarini idora etib turadigan asab 
sistemasining rivojlanishi tufayli takomillashishi organizmning tashqi muhit bilan 
aloqasini mustahkamlab, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab bolalarni mehnatga 
o'rgatishga imkon beradi. 
Maktabgacha tarbiya va kichik yoshdagi bolalar juda serharakat bo'ladilar, biroq 
harakatlari hali yaxshi uyg'unlashmagan bo'ladi va shu sababdan ortiqcha kuch 
sarflaydilar. Mehnat faoliyati yoki jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etishda 
asosiy harakatlarning uyg'unlashuvini mukammallashtirishga yordam beradigan 
mashqlarni tavsiya etish o'rinli bo'ladi. 
Bolaning anatomik- fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gigiyena 
tadbirlarini qo'llash bolaning o'sishiga hamda rivojlanishiga yordam beradi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling