Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
Na'matakni damlamasida S -vitaminini aniqlash
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri kapillyarlarining rezistentligini aniqlash.
Na'matakni damlamasida S -vitaminini aniqlash
Quritilgan 5 g meva olinib, danaklardan tozalanadi, sovuq suv bilan chayiladi, xovanchada maydalanadi va kolbaga solinadi. Kolbaga 200 ml qaynoq suv solinib 5 daqiqa qaynatiladi va 1 soat mobaynida sovutiladi. Sovitilgan so’ng doka yordamida filtrlanadi. Filtratni 1 ml olinadi, unga 1 ml 2% HCl kislotasi qo’shiladi va xajmi 15 ml gacha yetguncha distillangan suv qo’shiladi. Tilmans reaktivi bilan binafsha rang hosil bo’lguncha titrlanadi. Damlamadagi C - vitaminini aniqlashda quydagi formuladan foydalanamiz: X = 0,088 * a * K * 1000 X - damlamadagi C - vitaminini miqdori, mg/l; 0,088 - doimiy koeffisient /Tilmans reaktivini 1 ml C -vitaminini 0,088 mg to’gri keladi/; a - titrlashga ketgan Tilmans reaktivini miqdori, ml; K - Tilmans reaktivini titrlashiga tuzatish; 1000 - millilitrlarni litrlarga o’tkazish koeffisienti. Teri kapillyarlarining rezistentligini aniqlash. С - vitaminini organizmga tushishini kamayishi natijasida teri kapillyarlarining rezistentligi /mustahkamligi/ pasayadi. Teri kapillyarlarining rezistentligini aniqlash organizmni С - vitamin bilan ta'minlanganligini ko’rsata oladi. Rezistentlikni tekshirish uchun bilakni ichki tomoni vazilin bilan surtiladi va maxsus banka – so’rg’ich qo’yiladi. Maxsus apparat yordamida bankani tagida 300 mm.rt.st. bosimli vakuum hosil qilinadi 3 daqiqa ushlab turilgandan so’ng vakuum 0 gacha tushiririladi. Banka – surg’ich olinadi va quruq tampon bilan vazilin artiladi. Teriga maydoni 1 sm 2 bo’lgan trafaret quyiladi va lupa yordamida petexiyalar /mayda qon quyishlar/ xisoblanadi. Agar petexiyalar soni 20 dan oshsa, bu organizm C - vitamini bilan kam ta'minlanganligini ko’rsatadi. 10 – BOB 10.1. BOLALAR VA O'SMIRLAR GIGIYENASI Bolalar va o'smirlar gigiyenasi gigiyenaning bir tarmog'i bo'lib, o'sayotgan organizmning atrof-muhitning turli omillari ta'siriga javoban ko'rsatadigan reaksiyasining xususiyatlarini o'rganadi va shunga asoslanib bolani o'rab turgan muhitga qo'yiladigan gigiyena normativlari va talablarini ishlab chiqadi, bular organizm salomatligini mustahkamlash va funksional imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo'ladi. Bolalar va o'smirlar gigiyenasining asosiy maqsadi—yosh avlodni bolalik chog'idan boshlab jismoniy jihatdan sog'lom qilib tarbiyalashni, ularda jismoniy va ma'naviy kuchlarni uyg'un ravishda rivojlantirishni ta'minlashdir. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi-gigiyena fanining sohalaridan biri bo'lib, tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyati, ta'lim-tarbiyasiga ta'sirini o'rganadi va o'sayotgan avlodning sog'ligini mustahkamlash hamda jismoniy va ma'naviy jihatdan bekam-ko'st rivojlanishi uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bolalar va o'smirlar gigiyenasining asosiy maqsadi—yosh avlodning zuvalasi pishiq, jismoniy va ma'naviy jihatdan uyg'un rivojlanishini ta'minlashdan iborat. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi fan sifatida bolalarning muayyan sharoitda o'sishi va rivojlanishi uchun ma'lum sharoit yaratish maqsadida zarur me'yorlar va ko'rsatmalar ishlab chiqadi. Bolalar sog'lig'iga qarab umumiy aholining sog'lig'i to'g'risida tushunchaga ega bo'lish mumkin. Bolalar o'zining davriy o'zgarishiga qarab tashqi muhit ta'siriga har xil sezuvchan bo'ladi. Bola muayyan sharoitdan chetga chiqqanda uning organizmiga tashqi muhit salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bola ulg'aygan sari tashqi muhit ta'siriga chidamliligi oshib, takomillasha boradi. Bolalik davrining biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gigiyenik sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi davriy gigiyena (ontogigiyena) bo'lib, gigiyena fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ish jarayonida bolalar va o'smirlar gigiyenasi umumiy gigiena, mikrobiologiya, epidemiologiya, sanitariya statistikasi, fiziologiya, biokimyo, bolalar klinikasi va ruhiyati hamda pedagogika tavsiyalari va yutuqlaridan foydalaniladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling