Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Ovqatlanish adekvatligini aniqlash oddiy usuli


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175
Bog'liq
gigiena

Ovqatlanish adekvatligini aniqlash oddiy usuli 


Konkret shaxsni ovqatlanish adekvatligini aniqlash uchun Brok indeksidan 
foydalaniladi. 
Massa /Og’irlik/ 
Bo’yi – 100 
Brok indeksi 0,9 - 1,1 teng bo’lsa, bu shaxsning og’irligi normal xisoblanadi. 
Agar indeks ko’rsatkichi kamaysa oziq - ovqatni energetik qiymatini oshirish, 
ko’paysa - kamaytirish kerak. 
Nazorat savollari 
1.Ovqatlanish gigiyenasining ahamiyati, ratsional ovqatlanish, ovqatlanish rejimi 
aholi sog'lig'iga qanday ta'sir qiladi? 
2. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari: oqsil, yog', uglevodlarning va mineral 
tuzlarning organizm uchun ahamiyati nimada? 
3. Ovqatdan zaharlanishning qaysi turlarini bilasiz? 
4. Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar ko'riladi? 
5. Idish-tovoqlarni yuvishda qaysi qoidalarga amal qilinadi? 
Organizmni vitaminlar bilan ta'minlanganligini aniqlash 
Inson organizmida sintez qilinmaydigan va unga faqatgina oziq - ovqat tarkibida 
tushib, energetik va plastik xususiyatlarga ega bo’lmagan, kichik molekulyar organik 
tabiatli birikmalar vitaminlar deyiladi /vitamin - hayot omillari/. 
Vitaminlar organizmdagi kimyoviy va fiziologik prosesslar o’tishida katta rol 
o’ynaydi. Ularni tanqisligi orgaizmda chuqur va uzoq muddatga normal funksiyalarni 
o’zgarishiga olib keladi. Bu o’zgarishlar avitaminoz, gipovitaminoz va boshqa 
ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ko’p uchraydigan avitaminozlarga: 
С - avitaminozi /singa, skorbut/, V
1
- avitaminozi /alimentar polinevrit, beri-
beri/, PP-avitaminozi /pellagra/, V
2
- avitaminozi /ariboflavinoz/, A - avitaminozi 
/gemeralopiya, kseroftamiya/, D - avitaminozi /raxit, osteoporoz/ va boshqalarni kelib 
chiqishiga sababchi bo’ladi. 
С - avitaminozi kam harakatlik, lanjlik, holsizlanish, tez toliqish, bosh aylanish, 
seruyqulik, serjaxllik, sianoz, milkning tez qonashi, terini qurishi va rangsizlanishi, 
tovonni og’rishi bilan xarakterlanadi. 
V
2
- avitaminozi tez toliqish, ishtaxani yo’qolishi, ich qotishi, mushaklarni 
toliqishi, oyoqlarni og’rishi, paresteziya va giperesteziya, nafas siqishi bilan 
xarakterlanadi. 
A - avitaminozi tarini qurishi va rangsizlanishi; yiringli yaralar, tirnoqlarni 
sinishi, kon’yuktivit, blefarit va yorug’likdan qo’qish bilan xarakterlanadi. 
D - avitaminoz kattalarda - lanjlik, toliqish, mushaklar og’rishi, milkning tez 
qonashi; bollalarda - raxit bilan xarakterlanadi. 
С - vitamini manbalari: ko’katlar, sabzavotlar, mevalar; 


A - vitamini - baliq yog’i, jigar, qizil garimdori, na'matak, qizil sabzi; B guruhi 
va PP - vitaminlarni - unlar, tuxum, jigar, mol go’shti va boshqalarda ko’p bo’ladi. 
Organizmni vitaminlarga talabi ishning xarakteri, yoshi, fiziologik holati
yashash sharoiti va boshqa faktorlar bilan bog’liq. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling