Konkret shaxsni ovqatlanish adekvatligini aniqlash uchun Brok indeksidan
foydalaniladi.
Massa /Og’irlik/
Bo’yi – 100
Brok indeksi 0,9 - 1,1 teng bo’lsa, bu shaxsning og’irligi normal xisoblanadi.
Agar indeks ko’rsatkichi kamaysa oziq - ovqatni energetik qiymatini oshirish,
ko’paysa - kamaytirish kerak.
Nazorat savollari
1.Ovqatlanish gigiyenasining ahamiyati, ratsional ovqatlanish, ovqatlanish rejimi
aholi sog'lig'iga qanday ta'sir qiladi?
2. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari: oqsil, yog', uglevodlarning va mineral
tuzlarning organizm uchun ahamiyati nimada?
3. Ovqatdan zaharlanishning qaysi turlarini bilasiz?
4. Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar ko'riladi?
5. Idish-tovoqlarni yuvishda qaysi qoidalarga amal qilinadi?
Organizmni vitaminlar bilan ta'minlanganligini aniqlash
Inson organizmida sintez qilinmaydigan va unga faqatgina oziq - ovqat tarkibida
tushib, energetik va plastik xususiyatlarga ega bo’lmagan, kichik molekulyar organik
tabiatli birikmalar vitaminlar deyiladi /vitamin - hayot omillari/.
Vitaminlar organizmdagi kimyoviy va fiziologik prosesslar o’tishida
katta rol
o’ynaydi. Ularni tanqisligi orgaizmda chuqur va uzoq muddatga normal funksiyalarni
o’zgarishiga olib keladi. Bu o’zgarishlar avitaminoz, gipovitaminoz va boshqa
ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ko’p uchraydigan avitaminozlarga:
С - avitaminozi /singa, skorbut/, V
1
- avitaminozi /alimentar polinevrit, beri-
beri/, PP-avitaminozi /pellagra/, V
2
- avitaminozi /ariboflavinoz/, A - avitaminozi
/gemeralopiya, kseroftamiya/, D - avitaminozi /raxit, osteoporoz/ va boshqalarni kelib
chiqishiga sababchi bo’ladi.
С - avitaminozi kam harakatlik, lanjlik, holsizlanish, tez toliqish, bosh aylanish,
seruyqulik, serjaxllik, sianoz,
milkning tez qonashi, terini qurishi va rangsizlanishi,
tovonni og’rishi bilan xarakterlanadi.
V
2
- avitaminozi tez toliqish, ishtaxani yo’qolishi,
ich qotishi, mushaklarni
toliqishi, oyoqlarni og’rishi, paresteziya va giperesteziya,
nafas siqishi bilan
xarakterlanadi.
A - avitaminozi tarini qurishi va rangsizlanishi; yiringli yaralar,
tirnoqlarni
sinishi, kon’yuktivit, blefarit va yorug’likdan qo’qish bilan xarakterlanadi.
D - avitaminoz kattalarda - lanjlik, toliqish, mushaklar og’rishi,
milkning tez
qonashi; bollalarda - raxit bilan xarakterlanadi.
С - vitamini manbalari: ko’katlar, sabzavotlar, mevalar;
A - vitamini - baliq yog’i, jigar, qizil garimdori, na'matak, qizil sabzi; B guruhi
va PP - vitaminlarni - unlar, tuxum, jigar, mol go’shti va boshqalarda ko’p bo’ladi.
Organizmni vitaminlarga talabi ishning xarakteri, yoshi,
fiziologik holati,
yashash sharoiti va boshqa faktorlar bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: