Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


 BOLALAR VA O'SMIRLARNI TARBIYALASH


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
10.2. BOLALAR VA O'SMIRLARNI TARBIYALASH. 
O'QITISH GIGIYENASI ASOSLARI
Bolalar va o'smirlar gigiyenasi tibbiyot fanining shunday bo'limiki, u atrof-
muhitning o'sayotgan organizmga ta'sirini o'rganadi va shu asosda sog'liqni saqlashni 
va mustahkamlashni bola faoliyatining eng yaxshi darajasini va organizmni yayrab 
rivojlanishini ta'minlaydigan sharoitlarni yaratishga qaratilgan tadbirlarni ishlab 
chiqadi.
Bolalar va o'smirlar gigiyenasining asosiy maqsadi—bolalar va o'smirlar sog'lig'i 
muvofiqlashtirilgan kun tartibini ishlab chiqishdan iborat. Bunga jismoniy tarbiya, 
maktabgacha tarbiya, chiniqtirish, maktabda ta'lim-tarbiyani gigiyenik nuqtayi 
nazardan tashkil qilish, mehnat, dam olish, ovqatlanish va hokazolarni tashkil etish, 
inson umrini uzaytirish, mehnat qobiliyatini saqlash, tetik va quvnoq bo'lish uchun 
ko'pgina masalalarni hal qilish kiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona usulini saqlash 
maqsadida avalgi tajribalar, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda 
bolalar muassasalarining 2 tun: yasli va bolalar bog'chasini yagona maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalar kombinatiga birlashtiriladi. Bundan tashqari, yasli va bog'cha 
yoshidagi bolalarga oid tibbiy va pedagogika masalalar bir-biri bilan shu qadar 
bog'lanib ketganki, faqat shifokor bilan pedagog hamkorlikda ishlagan taqdirdagina 
tarbiyaviy ishni to'g'ri amalga oshirish mumkin bo'ladi.


Oila sharoitidan bolalar muassasalariga o'tish bola organizmiga ta'sir qilmay 
qolmaydi. Bola u yerda juda ko'p bolalar, notanish kishilar bilan uchrashadi, atrof-
muhitni o'zgaradi, unda mutlaqo yangi reaksiyalar shakllanadi. Uning begona sharoitga 
ko'nikishi, moslashishi, albatta, oson bo'lmaydi. Biz bunday hollarda bola ruhiy 
holatining buzilganligini ko'ramiz; u ba'zan yig'laydi yoki aksincha, kamgap bo'lib 
qoladi, atrofdagilar bilan istar-istamas gaplashadi. Bu bosh miya po'stlog'i hujayralari 
qo'zg'aluvchanligi muayyan holatining buzilishi bilan kechadi, binobarin, ba'zi salbiy 
hodisalarga olib kelishi mumkin. Bular esa yasli yoshidagi bolalarda ro'yirost namoyon 
bo'ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar, ularga mo'ljallangan muassasalar xodimlari bola 
organizmi chidamliligini susaytirib yuboradigan barcha salbiy hodisalarning avj olib 
ketishiga yo'l qo'ymasliklari kerak. Agarda bosh miya po'stlog'i muayyan 
qo'zg'aluvchanligi buzilishlarining va ruhiy zo'riqishning oldini olish qiyin bo'lsa, u 
holda salbiy ta'sirlarni iloji boricha muddatini qisqartirish va susaytirish mumkin. 
Masalan, bola yasliga berilar ekan, unga asta-sekin o'rgata borish foydali bo'ladi, 
dastlab bolani yaslida tushgacha qoldiriladi, kunduzi uxlab qolgandan keyin olib 
ketiladi va h.k. Shunday qilib, bola uchun ancha qiyin bo'lgan dastlabki haftada bolalar 
muassasasida bo'lish muddatini kamaytirish bilan ko'nikish hosil qilish mumkin. 
Bolalar kombinatida bolalarning ma'naviy-ruhiy va jismoniy rivojlanishiga asos 
solinadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar katta yoshli bolalarga qaraganda 
yuqumli kasalliklarga tez-tez chalinadilar. Shuning uchun ham, bolalar kombinati 
tarbiyachilari, tibbiyot xodimlari sanitariya-gigiyena qoidalariga va epidemiyaga 
qarshi chora-tadbirlarga juda mas'uliyat bilan qarashlari kerak.
Mana shu vazifani ado etish turmush tarzining hamma jabhalarini 
takomillashtirish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, jismoniy tarbiya, sport 
turlari bilan shug'ullanishni odat tusiga aylantirishga bog'liq.
Maktab yoshidagi bolalar tez o'sib, a'zo va sistemalari rivojlana boradi. Maktab 
o'quvchisining har tomonlama barkamol rivojlanishi, zuvalasi pishiq bo'lib o'sishi 
uchun to'g'ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va keyinchalik kasb tanlashda gigiyena 
qoidalariga ilmiy asosda yondashish talab etiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling