Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


 BOLALAR MUASSASALARINI JIHOZLASH GIGIYENASIGA


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
10.7. BOLALAR MUASSASALARINI JIHOZLASH GIGIYENASIGA 
NISBATAN QO'YILADIGAN TALABLAR 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mo'ljallangan mebellar bolalar 
organizmining 
anatomik-fiziologik 
ehtiyojlariga, 
tarbiyaviy-sog'lomlashtirish 
jarayonlarining tabiatiga mos kelishi, yengil, mustahkam, pishiq, arzon, tozalash qulay 
bo'lishi lozim. Usti tekis, toza, suvga chidamli, laklangan va emulsiya qoplangan 
bo'lishi lozim. Mebellar (stullar, stollar, karavotlar, shkaflar) bola gavda tuzilishining 
asosiy ko'rsatkichlariga va „Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mebel o'lchovlari" 
talablariga mos kelishi zarur. Bolalar o'z shkafchalarini, stullarini, stol va krovatlarini 
adashmay topishlari uchun mebellarga turli hayvonlar yoki o'simliklarning rasmi 
yopishtiriladi. 
Bolalar bilan mashg'ulot o'tkazish uchun stollarni qo'yishda quyidagi talablarga 
rioya qilish zarur: 
—stollar chapdan yorug'lik tushadigan, oynali tomonga qo'yilishi; 
—ikki o'rinli stollar 3 qatordan oshmasligi; 


—stollar orasidagi oraliq masofa 0,5 metrdan kam bo'lmasligi; 
—devorlarga osilgan taxtaning sathi 0,71—1,5 metr bo'lishi kerak. 
Jihozlar va mebellar xonalarda shunday joylashtiriladiki, bolalarning bexavotir 
o'ynashlari uchun xonadan ortiqcha va qo'pol buyumlarni chiqarib tashlash kerak. 
Xojatxonalardagi unitazlarning balandligi 3-5 yoshli bolalar uchun 55 sm va 
kattaroq bolalar uchun 65 sm, jo'mragining balandligi tegishlicha 65-75 sm bo'lishi 
kerak. 
Sochiqlar uchun ilgaklar yerdan 90 sm balandlikka o'rnatiladi. Tuvaklarni qo'yish 
uchun maxsus xonachalari bor javonlar 3 yoshgacha bo'lgan har bir bola uchun alohida 
mo'ljallangan bo'ladi. 
Hojatxona unitazining yerdan balandligi 3—5 yoshli bolalar uchun 25 sm va 
yoshi birmuncha kattaroq bolalar uchun 30 sm qilib o'rnatilgani ma'qul. 
Bundan tashqari, bolalar vannalari va dush tagligi, kattalar uchun unitaz, tuvaklar 
yuvish uchun jo'mrak, artib-tozalashda ishlatiladigan buyumlarni saqlash uchun shkaf 
bo'lishi kerak.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling