Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


 MAKTABGACHA TARBIYA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
10.5. MAKTABGACHA TARBIYA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI 
BOLALARNING GIGIYENIK TARBIYASI 
Bola tarbiyasi eng mas'uliyatli, ba'zan esa og'ir, biroq ayni vaqtda oliyjanob va 
quvonchli vazifa hisoblanadi, bola tarbiyasi bilan ota-onalar, maktabgacha tarbiya 
muassasalari tarbiyachilari va maktablarning muallimlari shug'ullanadilar. 
Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayonlardan iborat bo'lib, uzoq yillar 
davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, bola organizmi katta odam organizmining 
mitti nusxasi emas. To'qimalarining va turli a'zolarining faoliyati ko'p jihatdan katta 
odamlarnikidan farq qiladi. Bola organizmi muloyim va o'zgaruvchan, uning 
rivojlanishidagi har bir bosqichda to'qimalar tuzilishi ham, barcha a'zolar faoliyati ham 
ma'lum darajada o'zgarishlarga uchraydi. 
Yasli yoshidagi bolalar organizmi tuzilishi va faoliyati jihatidan ancha tez 
rivojlanadi. Bo'yning tez o'sishi va tana vaznining tez ortishi bilan bir qatorda, miya 
faoliyati va eng avvalo, katta yarim-sharlar po'stlog'i faoliyati tez takomillashadi. 
Bola ulg'ayib borgani sari tashqi muhit ta'sirida shartli refleks faoliyati tez 
takomillashadi. Tashqi muhitning turli agentlari shartli ko'rsatkichlar bo'lib qoladi. 
Masalan, bola bir ma'lum vaqtda— har 3 soatda ovqatlantirib turilganda vaqt unda 
shartli signalga aylanadi, umumiy vaziyat ham shartli signal bo'lib qolishi mumkin. 
Uzoq vaqt davomida, har kuni ma'lum bir vaqtda ochiq havoda uxlatiladigan bola shu 
vaqt kelganda darrov uxlab qoladi va miriqib, qattiq uxlaydi.
Bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan me'yonda rivojlanishida kun tartibi katta 
ahamiyatga ega. 
Kun tartibi oqilona tuzilganda bolalar charchab qolmaydilar, kun davomida tetik, 
bardam bo'ladilar, shuningdek, ko'nikma, moslanuvchanlik shakllana boradi. Kun 
tartibidagi o'zgarishlar— yetarlicha uxlamaslik, aqliy zo'riqish, vaqtida dam olib
vaqtida jismoniy mehnat qilmaslik bolaning toliqib qolishiga sabab bo'ladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kun tartibi ularning jismoniy, asabiy va 
ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. U uyqu, faol dam olish 
mashg'ulotlari, ovqatlanishni to'g'ri rejalashtirishdan iborat bo'ladi. Bolalar to'g'ri kun 
tartibiga rioya qilganlarida serharakat, kayfiyatlari chog' bo'ladi, ishtaha bilan 
ovqatlanib, darrov uxlab qoladilar. 
Kun tartibida uyqu katta ahamiyatga ega. Turli yoshdagi bolalarda uyquga ehtiyoj 
ham turlicha bo'ladi. 3—4 yashar bolalar 12—13 soat uxlashlari kerak (kunduzi ikki 
soat uxlash ham shunga kiradi). 
Mashg'ulot o'tkaziladigan joyni to'g'ri yoritish va yorug'lik chap tarafdan tushishi 
lozim. Ikki o'rinli stollarga yorug'lik to'g'ri tushishi uchun stollar ikki qator qilib 
qo'yiladi. 
Kuzatuvlarning ko'rsatishicha, bolalar muassasalarida ham, uyda ham televizor 
tomosha qilish kun tartibining ma'lum darajada buzilishiga olib keladi va bolalarni 
charchatadi. Afsuski, televizorni qancha vaqt ko'rish haqidagi tavsiyalar faqat kichik 
maktab o'quvchilari uchun taalluqlidir. Televizorni haftada 2—3 marta, ko'pi bilan 
40—45 daqiqadan ko'rish kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar faqat bolalar 
uchun mo'ljallangan ko'rsatuvlarni ko'rishlari lozim. 
Bola katta bo'lgani sari mehnat tarbiyasining mazmuni kengayadi. Chunonchi, 
o'rta guruhlarda ovqatlanadigan stol, tabiat burchagi bo'yicha navbatchi tayinlanadi. 
Navbatchilar o'z xonalarini yig'ishtirishda qatnashadilar. Ular qo'g'irchoqlar kiyimini 


o'zlari yuvadilar, quritadilar va dazmollaydilar. Bog'chaning bog'-xo'jalik ishlari bilan 
tanishtiradilar, qiyinroq bo'lmagan vazifalarni bajarishda ishtirok etadilar. Yer 
chopishadi, o'toq qilishadi va gullarni sug'orishadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalar tikishning eng oddiy usullarini, ovqat tayyorlashda sodda ko'nikmalarni 
egallaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalarga kam kuch sarf qilinadigan ishlar 
topshiriladi, bu ishlar 7—10 daqiqadan oshmasligi lozim. Navbatchilik qilish, 
yig'ishtirish, uy hayvonlariga qarash ishlari ko'pi bilan 20—30 daqiqani tashkil etadi. 
Bu ishlar o'yin shaklida o'tkaziladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling