Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
Bolalik davrining bosqichlari quyidagicha
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha tarbiya.
Bolalik davrining bosqichlari quyidagicha.
1. Yangi tug'ilgan davr (go'daklik) 1—10 kungacha. 2. Emizikli davri (chaqaloqlik) 11 kundan 1 yoshgacha. 3. Dastlabki bolalik davri 1—3 yoshgacha. 4. Birlamchi bolalik davri 3—7 yoshgacha. 5. Ikkilamchi bolalik davri 7—11 yoshgacha (qiz bola), 7—12 oshgacha (o'g'il bola). 6. O'smirlik davri 12—15 yoshgacha (qiz bola), 13—16 yoshgacha (o'g'il bola). 7. O'spirinlik davri 16—20 yoshgacha (qiz bola), 16—20 yoshgacha (o'g'il bola). Mazkur davrlar ichida organizm ichki va tashqi omillar ta'sirida bir qancha o'zgarishlarga uchraydi. Shuning uchun ham bolaning shaxsiy rivojlanishiga, uning kamol topishida ta'lim va tarbiyaning ahamiyati katta. Bolalikni turli davrlarga shartli ravishda bo'lish bolalar bilan munosabatni yengillashtiradi, ularning rivojlanishini to'g'ri baholashga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola organizmi takomillashishda davom etadi, garchi bola bu davrda ancha sekin rivojlansa-da, skelet va mushaklari yaxshi rivojlanadi va baquvat bo’la boradi. Maktabgacha tarbiya. Bola kattalar turmushiga tobora ko'proq aralasha boshlaydi va oila ta'sirida bo'ladi. Bola o'zining intellektual rivojlanish darajasiga ko'ra, bu davr oxirida maktabga borishga tayyor bo'lishi kerak. Shu yoshda bolalar chizish, yasash, yodlash, ayrim harflarni va so'zlarni, hatto qisqa jumlalarni yozishni va o'qishni biladilar. Shu yoshdagi bolalar orasida yuqumli kasalliklar ancha ko'p uchraydi, biroq dard yengilroq kechadi va asoratlar kam bo'ladi. Limfa to'qimasining zo'r berib o'sishi bolalarda yuqori nafas yo'llarida shamollash kasalliklarining paydo bo'lishiga imkon beradi, ularning ko'pchiligi o'tkir respirator virusli infeksiyalarning asorati yoki qattiq sovqotish oqibati hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda (7—12) skelet zo'r berib o'sadi va mushak kuchi ortadi. Sut tishlar tushib, o'rniga doimiylari chiqadi. Bola uy muhiti yoki bolalar kombinati hamda maktab hayoti sharoitiga o'tadi, mehnat malakasi shakllana boradi. Bolalar bu yoshda kattalarga ko'proq aralashadi. O'tkir infeksiyalar endi kamroq kuzatiladi va ularning o'tishi yengil kechadi. Bu yoshdagi bolalarda ko'pincha o't yo'llari kasalliklari uchraydi, yurak-tomir kasalliklari (revmatizm, gipertoniya kasalligi, gipertonik holat va h.) esa kamroq paydo bo'ladi. Bola bo'yining jadal o'sishi va vaznining ortishi biologiya qonunlari asosida kechadi va bir tekis bo'lmaydi, biroq bu ko'pincha o'sish va rivojlanish jarayonlarini buzadigan tashqi muhitning turli ta'sirlariga ham bog'liq bo'ladi. Shuning uchun bu jarayonlar qonuniyatlarini bilish muhim, yana shunda bolalarda o'sish va rivojlanishdagi o'zgarishlarini tuzatish mumkin bo'ladi. Bolalar 4—5 yasharlik paytida chaqaloqlarga qaraganda bir qadar sekin o'sadi va o'sish o'rta hisobda yiliga 4—6 santimetrga teng bo'ladi. Hayotning 6—7-yilida bo'yning o'sishi ancha ortadi— yiliga 8—10 santimetrga qadar oshadi. Bu bo'yga cho'zilishning dastlabki davridir. Maktabgacha tarbiya yoshining ikkinchi yarmida bo'yning o'sishi endokrin sistemasidagi funksional o'zgarishlarga (jumladan, gipofiz faoliyatining zo'rayishiga) bog'liq bo'ladi. Bola hayotining to'rtinchi yilida gavda vaznining ortishi ham sekinlashadi va yiliga o'rta hisobda 1,2—1,3 kilogrammni tashkil qiladi, hayotining beshinchi yilida 2 kg ga ortadi, oltinchi yilda esa 2,5 kg ga yetadi. Bola 6—7 yashar bo'lganda vazni 1 yashar paytidagiga qaraganda ikki hissa ortadi. Bolalar bo'yi va vaznining o'zgarishiga mos holda ko'krak qafasi aylanasi ham o'zgaradi-hayotning to'rtinchi yilida u 0,5—1 santimetrga, beshinchi-oltinchi yilida 2— 2,5 santimetrga ortadi. Ko'krak qafasi aylanasi hajmi bolaning jismoniy rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. Bolaning bo'yi o'sishi bilan gavda nisbati ham o'zgaradi. Masalan, bola yetti yashar bo'lganda chaqaloqnikiga qaraganda, oyoqlari uch hissadan ortiq, qo'llari 2,5 barobar, tana esa ikki barobar cho'ziladi. Bola jismoniy rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari balog'atga yetish muddatiga qarab ancha-muncha o'zgarishi mumkin. Bolaning o'sishi va rivojlanishiga, shuningdek hayot sharoitlari, boshdan kechirilgan kasalliklar va jismoniy tarbiya xususiyatlari ham ma'lum darajada ta'sir qilishi mumkin. Odam bajaradigan har qanday harakat tanadagi mushaklarning qisqarishi tufayli yuzaga keladi. Mushak qisqarishi uchun esa unga nerv tolalari orqali impulslar kelishi kerak. Mushaklarning qisqarib, ma'lum ish bajarishida suyaklar katta ahamiyatga ega, chunki ular tayanch vazifasini bajaradi. Skelet nerv sistemasi va ichki a'zolarning tog'ay to'qimasidan rivojlanadi, 3 yoshdan boshlab, umurtqalar ham bo'yiga, ham eniga barobar o'sadi. Bo'yin, ko'krak va bel umurtqalarining suyaklanishi 20 yoshga, dum umurtqalari 25 yoshga va dumg'aza umurtqalarining suyaklanishi esa 30 yoshga borib tugallanadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi o'g'il bolalarda 20 yoshgacha, qiz bolalarda esa 22 yoshgacha davom etadi. Umurtqa oralarida joylashgan tog'aydan iborat umurtqalar disk umurtqa pog'onasining harakatchanligini ta'minlab turadi, 17-25 yoshga kelib, dumg'azada bu aylanmalar suyakka aylanadi va umurtqa pog'onasining bu qismi harakatchanligini yo'qotadi. Umurtqa pog'onasining bo'yin qismi eng harakatchan, undan keyin bel qismi, ko'krak qismi esa eng kam harakatchan bo'ladi. Bola 7-9 yashar bo'lganda umurtqa pog'onasi juda harakatchan bo'ladi. Bola tug'ilgandan keyin umurtqa pog'onasida 4 ta fiziologik egilma hosil bo'ladi. Birinchisi bola 6—7 haftalik bo'lib, boshini ko'tara boshlaganida, umurtqa pog'onasi bo'yin qismining oldiga qarab egilishida, ikkinchi va uchinchisi bola 6 oylik bo'lganda o'tira boshlashi bilan ko'krak va dumg'aza qismlarida orqaga qarab egilishda hosil bo'ladi. To'rtinchi egilish bola yura boshlaganda umurtqa pog'onasi bel qismining oldinga qarab egilishi yuzaga keladi, lekin bu davrda umurtqa pog'onasi qayishqoq bo'lgani sababli har xil tashqi ta'sirlarga (noto'g'ri o'tirish, noto'g'ri yurish va h.k.) beriluvchan bo'ladi. Bu egilmalar balog'atga yetish davriga kelib to'la shakllanadi. Shu yoshgacha og'ir yuklar ko'tarilsa, egilish kuchayadi va umurtqa rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Uzoq vaqt tik turish oqibatida umurtqalar orasidagi disklar ezilib, bolaning bo'yi kelgusida 6 sm gacha pasayishi mumkin. Bolaning partada yoki stolda noto'g'ri o'tirishi umurtqa pog'onasining yon tomoniga qarab egilishiga olib keladi (skolioz). Skoliozlar chap yoki o'ng, ba'zida esa murakkablashgan chap va o'ng, ba'zan o'ng va chap bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, umurtqa pog'onasining qayishqoqlik davrida bola tepalikdan qattiq joyga tik yiqilsa, kifoz—ko'krak qismidagi jismoniy egilmaning orqaga qarab jadal egilishi yoki bel qismidagi fiziologik egilmaning oldidan qarab egilishi — lordoz shaklida o'zgarishi mumkin. Bunday o'zgarishlar bola o'sishi va rivojlanishiga ta'sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi (34- rasm). To'g'ri rivojlangan bolalarning tasliqi ko'rinishi balog'atga yetish davriga kelib katta odamlarning tashqi ko'rinishiga o'xshaydi. Jismonan yaxshi rivojlanmagan bolalarda suyak sistemasi noto'g'ri taraqqiy etishi tufayli qator o'zgarishlar—boshi tushgan, yelkasi qisilgan yoki bukchaygan, ko'kragi yassi, ichiga kirgan va boshqa shakllarni uchratish mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling