Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
MAKTABGACHA TARBIYA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
10.8. MAKTABGACHA TARBIYA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI
BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO'RSATISH Bolalar sog'lig'ini muhofaza qilish bolalar muassasalarida va maktablarida sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish yuzasidan sog'liqni saqlash organlari va muassasalari, xalq maorifi organlari va muassasalari bilan birgalikda, jamoat tashkilotlari ishtirokida nazorat olib boriladi. Bolalar tarbiyasi va tarbiya-sog'lomlashtirish ishlari bilan shug'ullanuvchi bar bir muassasa ma'muriyati va tibbiyot xodimlari sog'lomlashtirishning yillik rejasini ishlab chiqadilar. Bolalar sog'ligini va jismoniy jihatdan rivojlanishini pediatr vrach muntazam kuzatib boradi va bu ishga boshqa mutaxassis vrachlar: ftiziatorlar, revmatologlar, ko'z, lor vrachlari, fizioterapevtlar, jarrohlar, sanitariya vrachlari va epidemiologlar jalb qilinadi. Vrachlar va hamshiralar o'z ishlarida sog'liqni saqlash xalq ta'limi vazirligi qabul qilgan qarorlar asosida ish yuritadilar, tibbiy xodimlarning vazifalari quyidagilardan iborat: —bolalar sog'lig'ini va jismoniy rivojlanishini muntazam kuzatib borish; —bolalar o'rtasida turli kasalliklar, yuqumli kasalliklarning oldini olish va erta aniqlash; —taomnoma tuzishda qatnashish, ovqatning sifati va ovqatlanishning qanday tashkil etilishida ko'pincha C vitamini berishni nazorat qilish, vaqt-vaqti bilan haftalik taomnomadagi oqsil, yog', uglevodlarning miqdorini aniqlash, uni joylardagi DSENM laboratoriyasi bergan natijalar bilan solishtirish, olingan natijalar bo'yicha fikr bildirish; —jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi kun tartibining tashkil etilishi va unga rioya qilish, o'quv mashg'ulotlari ustidan nazorat o'rnatish; —bolalar muassasalarida tegishli sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishini, bolalar madaniy-gigiyena malakalarini tarbiyalashni nazorat qilish; —bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, bolalar gigiyenasi bo'yicha bilimini ko'tarish ishlariga tarbiyachilar, o'qituvchilar, ota-onalar, jamoat vakillarini jalb etish. Ko'z, lor vrachlar, ftiziatr, revmatolog va boshqa mutaxassislar bolalarga poliklinikada tibbiy yordam ko'rsatadilar. Bolalar orasida o'tkaziladigan umumiy tibbiyot ko'rigi mohiyatini oshirishda hamda bolalar organizmidagi har xil o'zgarishlarni aniqlashda tashxis skrining testini qo'llash hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega bo'lgan zamonaviy usul hisoblanadi. Skrining testini qo'llash yo'li bilan ajratilgan bolalarda, kasallikka xos o'zgarishlar payqalganda ular dispanser ko'rigidan o'tkaziladi, aniqlanadi va davolanadi. Davolashga muhtoj bolalar uchun bolalar sanatoriyasi tashkil etilgan. Bolalarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishda hamshira vrachga yordam beradi. U bolalarga № 026 /U raqamli forma to'ldiradi. Hamshira vrachning rahbarligida bolalarning antropometrik ko'rsatmasiga binoan ayrim bolalarni mutaxassislarga maslahatga, sog'lomlashtirishga, rentgenda va laboratoriya tekshirishlar, davolash fizkulturasi xonalariga yuboradi. Hamshira o'qituvchilar bilan birga bolalarni bo'yiga, ko'rish va yetishish qobiliyatiga qarab partalarga o'tqizadi. Ulardan tashqari, tibbiy hamshira jismoniy tarbiya darslarining borishini, jismoniy tarbiya zali mikroiqlimini o'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik guruhlarida, mehnat tarbiyasi darsini tashkil etishda o'quvchilarning gigiyena talablariga rioya qilishlarini nazorat qiladi. Hamshira ayrim bolalarni vrachning qayta tekshirishi yoki davolashi uchun chaqiradi. Tibbiy hamshira muassasadagi barha xonalarning sanitariya holatini nazorat qiladi. Bolalarning ovqatlanishi va ovqat sifati, oziq-ovqat mahsulotlarini tashilishi va saqlanishini nazorat qilish ham uning vazifasiga kiradi. Tibbiy hamshira vrach bilan birga tobi qochgan bolalarning haroratini o'lchaydi va zaruriyat bo'lganda bolaga tez tibbiy yordam ko'rsatadi. Sanitariya - epidemiologiya xizmati bolalar va o'smirlar gigiyenasi mutaxassislari tomonidan kasalliklarning oldini olish choralari ishlab chiqiladi va uning amaliyoti yuzasidan bolalar muassasalarida kundalik nazorat o'rnatiladi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda bolalar o'rtasida o'z vaqtida o'tkazilgan ehtiyot emlashlar muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ehtiyot emlashlar rejali ravishda shu joyda yoki jamoada yuqumli kasallik bor-yo'qligidan qa'tiy nazar, mahalliy sanitariya-epidemiologiya xizmati ko'rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Emlashni o'tkazish taqvimi (kalendari) immunologiyaning nazariy va amaliy yutuqlariga, ya'ni zardoblar ishlab chiqishga, mamlakatda sog'liqni saqlash ahvoliga hamda yuqumli kasalliklar epidemiologiyasining o'zgarishiga qarab takomillashishi va o'zgarishi mumkin. Vrach kabinetida tibbiy tarozi, bo'y o'lchagich, santimetrli lenta, shpatel, termometrlar, fonendoskop, sterilizator, bir martalik shprislar, tibbiy shkaflar, kushetkalar, yozuv stollari bo'ladi. Birorta yuqumli kasallik aniqlansa, bolalar muassasasi vrachi yoki tibbiy hamshira bu haqda tuman epidemiologiga darhol xabar qiladi. Epidemiolog ko'rsatmasi bilan kasal bola qatnaydigan bolalar muassasasida va bola yashagan uyda dizenfeksiya o'tkaziladi. Kasal bola bilan birga bo'lgan barcha bolalar kasallikning yashirin davri o'tguniga qadar kuzatib turiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling