Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
10.10. O'QUVCHINING KUN TARTIBI Kun tartibining noto'g'ri tashkil qilinishi, ayniqsa, qoniqib uxlamaslik bosh miya po'stlog'ining tiklanish jarayonlariga hamda o'quvchining ish qobiliyatiga ta'sir qiladi. Gigiyenik jihatdan asoslanib tuzilgan kun tartibi o'quvchining kun bo'yi bajaradigan asosiy faoliyati turlarini me'yorlashga, aqliy va jismoniy mehnatini, dam olishni to'g'ri olib borishiga imkon beradi. Maktab dasturi o'quvchilarning aqliy faoliyatini jadallashtirishni to'g'ri rejalashtirmas ekan, o'quv jarayoni va sog'liqni saqlashda ko'zlangan maqsadga erishish qiyin bo'ladi. Kun tartibiga qat'iy amal qilmaslik o'sib kelayotgan organizmga juda yomon ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilarning ish qobiliyati pasayib, o'zlashtirishi yomonlashadi, vaqt o'tishi bilan sog'lig'ida salbiy o'zgarishlar paydo bo'ladi. Kun tartibi ayrim bandlarining muntazam takrorlanib turishi organizm hayot faoliyatining ma'lum bir maromiga tushib olishini ta'minlaydi. Bola ma'lum bir vaqtda uyg'onishga o'rganadi, ma'lum soatlarda qorni ochganini, kuch- quvvatga to'lib- toshganini, ma'lum bir vaqtda charchaganini sezadi. O'quvchining kun tartibi organizmning jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos tarzda tuzilishi kerak. O'quvchining kuni ertalabki gigiyenik gimnastika mashg'ulotlari bilan boshlanadi. Ertalabki badantarbiya va suv muolajalari uyquni qochirib, o'quv faoliyatiga tez kirishib ketishiga yordam beradi. O'qish o'quvchining markaziy nerv sistemasiga katta talablar qo'yadi. Shuning uchun maktabda ham, uyda ham kun tartibiga puxta rioya qilish kerak. Shunda markaziy nerv sistemasi zo'riqmaydi. Maktabdagi o'quv mashg'ulotlari o'quv rejasi asosida olib boriladi. O'quvchi tushlik ovqatini yeb bo'lib dam olgandan keyin ko'pi bilan soat 16 da uy vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. O'quvchilarning nonushta va tushlikdan keyingi ochiq havoda biroz o'ynab kelib keyin dars tayyorlashi maqsadga muvofiq bo'ladi. Vrachlar va fiziologlar 14—17 yoshni oraliq yosh deb hisoblaydilar, chunki shu yoshda o'smir organizmi zo'r berib rivojlanib, balog'atga yetib boradi, markaziy nerv sistemasi faoliyatida o'smirning yurish- turishida o'zgarishlar sodir bo'ladi. 14—17 yashar o'quvchilarning o'quv dasturi ancha og'ir bo'ladi, 11- sinfda u o'quvchilarning oliygohlarga tayyorlanishi tufayli yana ham kengayadi. Imtihonlarga tayyorlanish va topshirish davrida organizm hammadan ko'p zo'riqadi. Mana shu davrda kun tartibiga puxta amal qilish, tunda yetarlicha qoniqib uxlash kerak. Ish qobiliyatini kun bo'yicha yuksak darajada saqlab qolish uchun o'quvchilarga kunduzi 1,5—2 soat uxlab olib, keyin bir soat ochiq havoda sayr qilish tavsiya etiladi. O'quv mashg'ulotlari mahalida har 45 daqiqadan keyin 10—15 daqiqa tanaffus qilish lozim. Uyqu asab sistemasini toliqib qolishdan saqlaydi. Uxlaganda organizmdagi hamma a'zo va to'qimalar, jumladan, bosh miya po'stlog'i orom oladi. Asab hujayralari oziq moddalar zaxirasiga to'lib, quvvat yig'adi, organizm yangi mehnat kuniga tayyorlanadi. Odam qattiq va miriqib uxlashi uchun ma'lum bir soatda yotishga o'rganishi, uxlashdan 1 — 1,5 soat oldin hech qanday aqliy ish bilan shug'ullanmasligi kerak. Uyquga qoniqmaslik o'quvchilarning ish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Uxlashdan oldin xonani shamollatish, xona harorati 16—17 °C bo'lganda deraza yoki fortochkani ochib qo'yish kerak. Maktabdagi mashg'ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish, serharakat o'yinlar o'ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinib turishi ish qobiliyatini oshiradi. Yurak tomirlar sistemasi, nafas a'zolari faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg'ulotlari, turistik safarlar, to'garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar) o'quvchilarga zavq bag'ishlab, kuch-quvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini oshirishda yaxshi ta'sir qiladi. Ba'zi to'garaklarga qatnashishga ancha vaqt va kuch ketadi, buni unutmaslik kerak (modellar yasash, radio, foto to'garaklari, havaskorlik to'garaklari va boshqalar). Bu gap yopiq binoda o'tkaziladigan to'garaklarga ayniqsa taalluqli. Mashg'ulotlar ko'pi bilan 1—2 marta, 50—60 daqiqadan o'tkazilgani ma'qul. Har bir o'quvchi 1 ta to'garakda, istisno tariqasida 2 ta to'garakda qatnashishi mumkin. 23-jadval Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling