Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
BOLALAR MUASSASALARIDA SANITARIYA NAZORATI
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
10.9. BOLALAR MUASSASALARIDA SANITARIYA NAZORATI
Bolalar muassasalari sanitariya nazoratini tuman, shahar, viloyat DSENM huzuridagi sanitariya vrachlari va sanitariya feldsherlari olib boradilar. Sanitariya vrachlari va feldsherlari o'z ish faoliyatlarini hukumat qarorlari, Sog'liqni saqlash vazirligi va sanitariya epidemiologiya Bosh boshqarmasi tasdiqlagan sanitariya qonun- qoidalari, tavsiyanoma va amaliy ko'rsatmalari, shuningdek, davlat standartlari asosida olib boradilar. Maktab yoshidagi bolalar va o'smirlar organizmining morfologik va fiziologik xususiyatlari O'sayotgan yosh avlodni tarbiyalash va parvarish qilish ishlarini ilmiy asosda to'g'ri tashkil qilish uchun har bir tibbiyot xodimi va pedagog bolalar hamda o'smirlar organizmining rivojlanish xususiyatlarini mukammal bilmog'i lozim. Bolalar va o'smirlar organizmi kattalar organizmidan anatomik va fiziologik xususiyatlari, uzluksiz o'sishi va rivojlanishi bilan farq qiladi. Bolaning sihat-salomat rivojlanishi uchun badan terisi va unga aloqador a'zolarning to'g'ri ishlashi muhim ahamiyatga ega. Badan terisidagi ko'pdan-ko'p retseptorlar organizmning tashqi muhit bilan aloqa bog'lab, shu muhitning o'zgarishlariga moslashishini ta'minlab turadi. Badan terisi himoya vazifasini bajarib, a'zo va to'qimalarni zarar-shikastlanishlardan saqlaydi, organizmga mikroblar, suv va unda erigan zaharli moddalarning o'tishiga yo'l qo'ymaydi. Bolalarda teri mugiz qatlamining yuza hujayralari oson ko'chib tushadi. Bular 2— 3 qator bo'lib joylashgan va bir-biri bilan ancha sust bog'langan. Badan terisi epidermisi bilan muguz qatlami 7 yashar bolada ham katta odamlardagi kabi bo'ladi. Yog' bezlari faoliyati 15—16 yoshga borib asta-sekin kuchayadi va 18 yoshga yetganda xuddi kattalarnikidek bo'lib qoladi, ter bezlari 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda kattalardagidan ko'ra ko'proq bo'ladi, keyinchalik kamayadi. Suyak to'qimasi shakllanib asta-sekin tog'ay to'qimasi o'rnini to'ldirib boradi. Bolalar suyak to'qimasida organik unsurlarning ko'pchiligi, skeletining ancha qayishqoqligi tufayli tanaga uzoq vaqt zo'r kelib turganida yoki bola gavdasini noto'g'ri tutganda shakli o'zgaradi. Skelet, jumladan chanoqning ayrim suyaklari biri-biriga batamom qo'shilmagan bo'ladi. 17—18 yoshga borgandan keyingina yonbosh, quymich va qov suyaklari bir-biriga qo'shilib, yagona ,,nomsiz" suyakka aylanadi. Kaft usti, ya'ni bilakuzuk suyaklari chaqaloqda endigina ma'lum bo'lib kelayotgan bo'ladi. Bular asta-sekin rivojlanib, bola 10—13 yoshga yetganda suyakka aylanadi. Barmoq falangalari ham xuddi shu vaqtga kelib suyakka aylanib bo'ladi. Bolalarni yozuvga va eng oddiy mehnat malakalariga o'rgatishda qo'l panjalarining shu xususiyatlarini hisobga olish zarur, ayniqsa, o'qishning birinchi yilida ularni yozma ish bilan zo'riqtirmaslik lozim. Bolalarning mushak sistemasi suyak sistemasi bilan jipslashgan bo'lib, bular odamning harakatlarini birgalikda ta'minlab beradi. Badandagi yirik mushaklar, asosan, orqa, yelka, son mushaklari va boshqalar hammadan ilgari rivojlanadi. 6—7 yashar bolalarda bular ancha yaxshi rivojlangan, biroq mayda mushaklar masalan, oyoq-qo'l panjasi mushaklari hali uncha rivojlanmagan bo'ladi. Shu sababdan, go'dak bolalar yurish, sakrash, irg'itish singari asosiy tabiiy harakatlarni ancha o'zlashtirib oladilar, lekin, mayda va aniq harakatlarni ancha qiynalib bajaradilar. 9—12 yoshlarda bolalar turli mushak guruhlariga tushadigan yukni mustaqil taqsimlay oladilar, harakatlari ancha uyg'unlashib maromga moslasha boradi. Bolalarning yuqori nafas yo'llari kattalardagiga qaraganda ancha tor, nafas a'zolari to'qimalari nozik, shilliq pardalari qon va limfa tomirlar bilan mo'1-ko'l ta'minlanmagan, saiga jarohatlanadi. Nafas yo'llariga chang va kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarning ko'proq tushishi ham shunga bog'liq. Burundagi yallig'lanish jarayonlari og'iz bilan nafas olish tufayli yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchi mikroblar va zaharli moddalarning organizmga tushishi uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Natijada bola bronxit yoki zotiljam bilan og'rib qolishi mumkin. Shu sababdan bolalar muassasalarida havo doimo toza bo'lishi shart. Buning uchun xonalarni yaxshilab shamollatish, polni ho'l latta bilan artib turish zarur. Bolalarni burundan chuqur va bir maromda nafas olishga o'rgatish kerak. Bolaning yuragi 7 yoshgacha zo'r berib o'sadi, 7 yoshdan 10 yoshgacha yurak o'lchovlari va hajmi asta-sekin ortib boradi. Mana shu davrda yurakning tayanch to'qimasi obdan shakllanib, markaziy va periferik nerv sistemasi yaxshigina rivojlanadi. Bola zo'r berib o'sayotganda qon yaratish a'zolari zo'riqib ishlaydigan va tashqi muhitning noxush ta'sirlariga juda sezgir bo'ladi. Bolaning ochiq havoda yetarli bo'lmasligi, haddan tashqari zo'riqish va gigiyena talablarining biror tarzda buzilishi, aksari kamqonlikka olib keladi. Quyosh nuri yoki sun'iy nurlardan noto'g'ri foydalanish bolalar organizmiga, jumladan ko'migiga yomon ta'sir ko'rsatadi, natijada ko'mik yetilmagan qon tanachalarini ko'plab ishlab chiqara boshlaydi. Bolaning o'sib-unib borishi ko'p jihatdan hazm a'zolarining ishiga bog'liq. 6—7 yashar bolalarda sut tishlari tushib, o'rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Avval to'rtta katta jag' tish chiqadi, keyin sut tishlari qaysi tartibda chiqqan bo'lsa, xuddi shu tartibda tushadi va o'rniga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlarning emal qatlami bolalarda kattalarnikiga qaraganda birmuncha yupqa bo'ladi. Shunga ko'ra tishlarni zararlanishdan asrash uchun tish parvarishi qoidalariga bekamu ko'st rioya qilish kerak. 7 yashar bolada hamma sezgi a'zolari yaxshi rivojlangan bo'ladi, biroq, ba'zilari, jumladan, ko'z o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yaqin yoki olis masofada turgan narsalarni aniq ko'rish uchun ko'zni ma'lum bir tarzda moslashtirish zarur. Ko'zning ana shu xususiyati akkomodatsiya deb ataladi. Akkomodatsiya ko'z gavhari shaklining o'zgarishiga bog'liq, odam yaqinda turgan narsalarga qaraganda, ko'z gavhari bo'rtsa, uzoqda turgan narsalarni ko'rganida, aksincha yassilanadi. Ko'zning turli masofalardagi narsalarni ko'rishga moslashish xususiyati yosh ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Bolalarda ko'z gavhari ancha elastik bo'lganidan o'z shaklini tez o'zgartirib oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, ayniqsa, maktabda o'qishni endi boshlagan bolalar rasm chizish, turli shakllar kesish va ularni yopishtirish, yozish va o'qishga tobora ko'proq vaqtlarini sarflaydilar. Mashg'ulotlar paytida boshlarini ancha engashtirib ishlaydilar. Mashg'ulotlar uzoq davom etganda—ko'z pardasidan qonning aylanib o'tishi qiyinlashadi, shunga ko'ra ko'z ichki bosimi ortib, ko'zning oldingi-orqa o'qi asta-sekin uzayib boradi. Maktabda o'tkaziladigan ta'lim-tarbiya bolalarning yoshiga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini va gigiyena talablarini hisobga olmasdan uyushtirilsa, bu ular organizmining rivojlanishida turli salbiy o'zgarishlar yuzaga keltirishi mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling