Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.11. MAKTAB BINOSINI REJALASHTIRISH VA UNGA QOYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi. Sinfdan tashqari ishlarga
jismoniy tarbiya va sport seksiyalarida, fan va havaskorlik to'garaklarida qatnashish kiradi. Har bir o'quvchi faqat bitta to'garakda qatnashishi mumkin. Agar o'quvchi xohishi bilan ikkita to'garakda qatnashmoqchi bo'lsa, bittasi, albatta, sport yoki havaskorlik to'garagi bo'lishi kerak, aks holda u charchaydi va salomatligi zaiflashadi. To'garak mashg'uloti uchun o'quvchi haftada 2—4 soat vaqt sarflashi mumkin. Har bir mashg'ulot vaqti 50—60 daqiqadan oshmasligi kerak. Maktabdan tashqari ishlarga ijodkorlar uyi, bolalar klublari, ekskursiya va turistik bazalar, yoki texniklar, tabiatshunoslar stansiyalari va bolalar teatrlariga qatnashish kabilar kiradi. 10.11. MAKTAB BINOSINI REJALASHTIRISH VA UNGA QO'YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR Maktablar qurilishi umumta'lim maktablarini loyihalashtirishga doir qurilish me'yorlari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan namunali loyihalarga asosan olib boriladi. Hozirgi paytda maktab binolarini loyihalashda 44 sinfga mo'ljallangan maktablar, 2 ta avtonom maktab va sport, madaniy-ommaviy hamda xizmat binolarini birlashtiruvchi umummaktab markazi ko'zda tutiladi. Maktabning o'rni va turini tanlashda xizmat ko'rsatish doirasi asosiy mezon hisoblanadi, maktabning xizmat doirasi bolalarning maktabga piyoda kelib-ketishini ta'minlaydigan, yoshi hamda tumanning iqlimiy xususiyatlari hisobga olingan bo'lishi kerak. Shaharlarda maktabgacha bo'lgan masofa, ayniqsa, quyi sinf o'quvchilari uchun 0,5 km dan uzoq bo'lmasligi kerak. Masofaning olis bo'lishi o'quvchilarning kun tartibini buzadi, uy vazifalarini bajarish va maktabdan tashqari ishlar bilan shug'ullanishiga ajratiladigan vaqtini qisqartirib qo'yadi. Darslar boshlanishidan oldin uzoq piyoda yurib kelish bolalarni charchatib, aqliy ish qobiliyatini pasaytiradi. Ob-havo noqulay kunlarda salomatligi zaif bolalarning ahvoliga salbiy ta'sir qiladi. Qishloq joylarda maktabgacha bo'lgan masofa 3 km dan oshganda bolalarni maktabga olib kelishni uyushtirish zarur. Bu maktabni o'quv-tarbiyaviy markazga aylantirish talablariga javob beradi, oila va maktab hamkorligini mustahkamlaydi. Maktab binosi yo'nalishiga ko'ra har xil bo'limlardan iborat. O'quv bo'limi 1—3 ( ko'pi bilan 6) sinfdan iborat o'quv seksiyalarini o'z ichiga oladi. Bularda tegishli rekreatsiyalar va sanitariya tarmoqlari bo'ladi. 4-10-11- sinf o'quvchilari uchun o'quv kombinatlari va laboratoriyalarda ham rekreatsiyalar va sanitariya tarmoqlari, mehnat ta'limi va kasb-hunar xonalari, o'quv-sport xonalari bo'ladi. Madaniy-ommaviy ishlarga mo'ljallangan bo'limga: yig'ilishlar zali,ashula va musiqa xonasi hamda texnika markazi, jamoat tashkilotlarining xonalari, kutubxona bilan qiroatxona, to'garak mashg'ulotlari xonasi va kuni uzaytirilgan guruhlar xonasi kiradi. Xizmat ishlariga mo'ljallangan bo'lim—ma'muriy-xo'jalik binolari, oshxona, tibbiyot xonasi va boshqalardan iborat bo'ladi. Amaldagi me'yorlarga muvofiq zamonaviy maktab binolari uch qavat bo'ladi. IV iqlim mintaqasida maktablarni ikki qavatli qilib qurish tavsiya etiladi. Maktab binosi va xonalari mikroiqlim sharoitiga moslab qurilishi va jihozlanishi kerak. O'quv xonalari jumlasiga sinf xonalari, o'quv kombinatlari, laboratoriyalar, o'quv ustaxonalari va o'quv sport xonalari kiradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling