tushirilgan vertikal chiziqchaga bo'lgan nisbatda ichkari kirgan bo'ladi. Nolga teng
bo'lganda o'rindiqning old qismi partaning orqa chetidan
tushirilgan vertikal chiziq
bilan bir tekis turadi. Differensiatsiya musbat bo'lganda o'rindiqning old qismi
partaning orqa chetidan tushirilgan vertikal chiziq orasidagi masofaga teng bo'ladi.
Masofa nolga teng va, ayniqsa, musbat bo'lsa, o'quvchi qo'llarining bilak qismini parta
yoki stol ustiga to'g'ri qo'yishi uchun oldinga engashishga majbur bo'ladi. O'tirib
ishlashga
noqulaylik, zo'riqish va o'quvchini tez charchatib qo'yadigan sharoitlar
yuzaga keladi.
Differensiatsiya musbat bo'lganda yozish vaqtida o'quvchi o'ng
yelkasini pastga
tushirishga majbur bo'ladi, bu tana asimmetriyasiga hamda umurtqa pog'onasining
qiyshayib qolishiga olib keladi, shuningdek ko'zdan kitob yoki daftargacha bo'lgan
masofani uzaytiradi.
Suyanchiq masofasi stol qopqog'ining orqa chetidan gorizontal bo'ylab stul
suyanchig'igacha bo'lgan masofadir. Bu ko'krak qafasi ( old-orqa) diametridan ko'pi
bilan 5 sm keladigan oraliq bo'lishi kerak. Suyanchiq masofasi kichik bo'lsa, stol
qopqog'i ko'krak qafasiga taqalib qoladi, nafas va qon aylanishi buzilib, o'tirib ishlash
noqulay bo'ladi, statilk og'irlik ortadi,
odam tez charchab, ish qobiliyati pasayadi.
Suyanchiq masofa katta bo'lganida o'quvchi stolga suyana olmay,
tananing markazi
tayanch nuqtasiga nisbatan oldinga suriladi. Manfiy ko'rsatkich 3—5 sm bo'lganda,
gigiyenik jihatdan eng yaxshi natijaga erishiladi.
O'rindiqning pol sathidan balandligi boldir suyagi va to'piqning uzunligiga hamda
poyabzalning 1—2 sm poshnasi balandligining yig'indisiga teng bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: