Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
Maktab mebeli. Sinflar, o'quv kombinatlari va laboratoriyalarning katta-
kichikligini, mebel belgilashda mebel va uskunalarning to'g'ri joylashtirilishi, o'quvchilarning bemalol yura olishi, ko'zga zo'r keltirmaydigan sharoit yaratish hisobga olinadi. Sinflarning kattaligi 66 m va laboratoriya kattaligi 70 m 2 bo'lsa, bu gigiyena talablariga mos tushadi. Yorug'lik hamma joyga barobar tushishi, ish joyiga soya tushmasligi, shu'la bermasligi, xona ortiqcha isitib yuborilmasligi kerak. Bino gorizontga nisbatan to'g'ri joylashganda, IV iqlim mintaqasida maktab binosining derazalari janubga, janubi- sharqqa qaratib, o'ng'ay qilib qurilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Bolalar muassasalaridagi xonalarning yorug'lik koeffitsienti 1:4 va 1:5; tabiiy yorug'lik koeffitsienti 1,5- 2%; nur tushish burchagi 27, teshik burchagi 5° dan kam bo'lmasligi kerak. Ship, devor va mebellar rangi yashilroq, och havo rang yoki daraxt tanasi rangida bo'lishi kerak. Barcha bolalar muassasalarida tabiiy yorug'likdan tashqari, sun'iy yoritish sistemasi yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak. Bolalar kombinatida maydoni 60—62 m bo'lgan guruh xonalarining har bir quwati 300 vatt bo'lgan 8 ta lampa bilan yoritilgan, bular poldan 2,8—3 metr balandlikda osilgan bo'lishi lozim. Sinf xonalarining bir tekis yorug' bo'lishi uchun har biri 200 vatt quvvatli 8—9 lampochka kifoya. Keyingi paytlarda, ayniqsa maktab xonalarini yoritishda lyuminessent lampalardan foydalanilmoqda, ular yaxshi yoritadi, uncha yaraqlab ketmaydi, yorug'lik bir tekis tarqaladi, spektrlar bir tekis tarqaladi, spektrlar tarkibiga ko'ra kunduzgiga o'xshaydi. 10.12. MAKTAB PARTASIGA QO'YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR. BOLALARNI PARTAGA O'TQAZISH Ish qobiliyati uzoq vaqtgacha pasaymay turishini hamda bolalar qaddi - qomatining to'g'ri rivojlanishini, o'qish davrida ko'zning salbiy ta'sirlanmasligini ta'minlash maqsadida sinflarni gigiyena talablariga javob beradigan partalar bilan jihozlash muhim ahamiyatga ega. Yuqorida keltirilgan gigiyenik talablarni hisobga olgan holda taxtadan yasalgan ikki o'rinli (,,Erisman partasi") partaga ba'zi bir o'zgarishlar kiritilib, 5994—64 raqamli davlat standard bo'yicha temir oyoqli ikki va bir o'rinli parta tavsiya qilingan. Bunday partalarning gigiyenik afzalligi shundaki, balandligini bolalarning bo'yiga qarab o'zgartirib turish mumkin, bundan tashqari, suyanchig'i ikkita taxtadan iborat bo'lib, suyanganda yaxshi tayanch vazifasini o'taydi. Hozirgi vaqtda o'quvchilar uchun 15 sm oralab belgilanadigan bo'y balandligi qabul qilingan, o'quvchilar mebelining davlat standartlari shu ko'rsatkichga muvofiq ishlab chiqilgan. 1—3- sinf o'quv xonalari uchun A, B, V turdagi partalar ishlab chiqariladi. ,,A" turdagi partalar bo'yi 130 sm gacha bo'lgan bolalar uchun, ,,B" turdagi partalar bo'yi 130—145 sm, ,,V" turdagi partalar bo'yi 145—160 sm li bolalar uchun mo'ljallangan. Parta o'rindig'ining chuqurligi son uzunligining 2/ 3—3/ 4 / qismiga teng bo'lishi lozim. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling