Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


 BOLALAR MUASSASALARI YER UCHASTKASIGA NISBATAN


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
10.6. BOLALAR MUASSASALARI YER UCHASTKASIGA NISBATAN 
QO'YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR 
Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari bolalarning yashash joyi yoki 
qaramog'ida bo'lgan sanoat korxonalariga yaqinroq joyda bo'lgani ma'qul. Shuningdek, 
yer uchastkasi shovqin, chang, bozor, kinoteatr hamda odamlar to'planadigan 
joylardan, zavod-fabrikalardan uzoqroq, yashil, ko'kalamzor, ozoda joyda joylashishi 
kerak. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hamda qurilish bir-biridan ajratilgan 
guruhlar shaklida bo'lishi kerak. Bunda har bir guruh bir-biridan mutlaqo ajratilgan 
bo'lishi ta'minlanadi. Bu xilda o'ziga xos loyihalashtirish bolaning davriy 
rivojlanishini, ya'ni yuqumli kasalliklarga nisbatan aktivligini hisobga olinganligini 
bildiradi. 
Bolalarni, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi uchun 
havo toza bo'lishi kerak. Shuning uchun bolalar muassasalarining atrofiga daraxtlar 
ekilgan, sanoat korxonalaridan yiroq bo'lishi zarur. Maydonni shunday loyihalash 
kerakki, unda tarbiya-sog'lomlashtirish ishlari ochiq havoda olib boriladigan bo'lsin. 
Shuning uchun maydon har bir guruh uchun atrofi butazor daraxtchalar bilan 
ajratilgan, sathi 130 m
2
dan kam bo'lmagan yer maydonini tashkil qilib, bunda shu 
guruh bolalari jismoniy tarbiya, o'yin bilan shug'ullanadilar. Bu yerda qumli yashiklar 
(1,5x1,5 yoki 2x2 m) bo'lishi kerak. Bu yashiklar ichida kichkina stol va stullar hamda 
kichik tumbochka bo'lishi kerak. Qumli yashiklar salqin joyga qo'yiladi va har oyda 
qum yangilanib turiladi. Iflos narsalar tushmasligi uchun kechqurun ustini berkitib 
qo'yiladi. Maydonda jismoniy tarbiya ishlarini olib borish uchun har xil moslamalar—
narvonchalar, pog'onalar, arg'imchoqlar va boshqalar bo'lishi lozim. 
Maydon markazida (chuqurligi 25 sm) oqar suvli hovuzcha bo'lishi tavsiya etiladi. 
Bunday hovuzchalarni qurish imkoni bo'lmaganda polietilen (puflanadigan) sun'iy 
chuqurchalardan foydalanish mumkin.
Xo'jalik bo'limi bolalar maydonidan alohida, yo'lagi ham alohida joylashtiriladi. 
Maydon asfaltlanadi yoki shibbalab shag'al solinadi. Bo'lim asbob-uskunalar, oziq-
ovqatlarni saqlashga moslab quriladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling