Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
- rasm. Skolioz: /—o'ng tomonli, 2—chap tomonli, 3— murakkab turi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
- rasm. Skolioz: /—o'ng tomonli, 2—chap tomonli, 3— murakkab turi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning skeleti ko'p darajada tog'ay to'qimasidan iborat bo'ladi, shu sababli, yomon sharoitlarda (tana noto'g'ri vaziyatda turganda, uzoq vaqt tik turganda, o'tirganda, o'rin-joy noqulay bo'lganda) salga o'zgaradi. Agar shu xususiyatlar hisobga olinmasa va bola jismonan to'g'ri tarbiya qilinmasa, qomatida nuqsonlar paydo bo'ladi (bu qon aylanishiga, nafas faoliyatiga yomon ta'sir qiladi), suyaklar noto'g'ri o'sadi. Bola hayotining birinchi yilidan boshlab va maktabgacha tarbiya yoshining butun davomida oyoq kafti gumbazi shakllanishda davom etadi. Oyoq kafti gumbazining to'g'ri shakllanishi va mustahkam bo'lishi uchun tegishli mashqlar qilish va maxsus poyabzal zarur. Chanoq suyaklari bola tug'ilgandan keyin ancha o'sadi va birlashib muttasil chanoq hosil qilishi (14—16 yoshlarda) kuzatiladi. Chanoq suyaklarining bir- biriga mustahkam birlashishi 20— 25 yoshlarga borib yuz beradi. Xotin-qizlarda chanoq suyagi erkaklarnikiga nisbatan kengroq bo'ladi. O'g'il bolalarda 15 yoshda oyoq tanadan ancha uzun bo'lsa, qiz bolalarda 13 yoshdan shunday bo'ladi. Tana, qo'l va oyoq skeletining to'g'ri rivojlanishi ko'p jihatdan bajariladigan jismoniy ishga ham bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham harakatchan mashqlarni bajarganda, jismoniy ishlar bilan shug'ullanganda bolalarning yoshi, skeletining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Noto'g'ri tashkil qilingan jismoniy mashqlar bola skeletining patologik rivojlanishiga olib keladi. Maktabgacha tarbiya yoshida boylam-bo'g'in apparati juda qo'zg'oluvchan bo'ladi, bu mushaklar, boylamlar va paylarning kattalardagiga qaraganda nihoyatda qayishqoq bo'lishi bilan xarakterlanadi. Tishlar 5—7 yoshdan almashina boshlaydi. 5—7 yoshda dastlabki doimiy jag' tishlari chiqadi. Bolalarni tishlarini to'g'ri parvarish qilishga o'rgatish—gigiyena jihatidan to'g'ri tarbiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Kasal sut tishlar o'z vaqtida davolatilsa, me'da-ichak yo'li yaxshi ishlaydi va doimiy benuqson bo'ladi 6—7 yashar bolaning qo'l mushaklari tez rivojlanib, harakatlari tobora tez va ravon, yo'g'on bo'la boradi. Biroq yetti yashargacha bo'lgan bolalar hali uzoq davom etadigan mushak zo'riqishiga bardosh bera olmaydilar, binobarin, jismoniy ish bilan uzoq shug'ullanmasliklari kerak. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy mehnatga asta-sekin o'rgata borish kerak. Bola qurbi yetadigan ish bilan mintazam shug'ullanganida mushaklarga qon kelishi yaxshilanadi, bu ularning oziqlanishi, mushak to'qimasining to'g'ri o'sishiga va rivojlanishiga imkon beradi. Teri himoya vazifasini bajaradi. U gavdaning tashqi qoplami bo'lib, to'qimalarni zararlanishdan saqlaydi. Bu vazifa, asosan, muguz qatlamga xos. Terming himoya faoliyati yana shundan iboratki, uning muguz qatlami organizmga mikroblar, suv va unda erigan turli xildagi zaharli moddalarning tushishiga yo'l qo'ymayda. Bunga yog' sekreti ham yordam beradi, sekretni terining yog' bezlari ishlab chiqaradi, u yupqa parda sifatida terining muguz qatlamini qoplab turadi. Bundan tashqari, maxsus modda—lizosim teri yuzasidagi mikroblarni holsizlantiradi va o'ldiradi. Teri o'zidagi ko'p sonli reseptorlar tufayli, organizmning tashqi muhitdagi turli sharoitlarga moslashishida, issiqlikni idora etishida ishtirok etadi, chiniqish jarayonlarida muhim o'rin tutadi. Teri yuzasidan issiqlik ajraladi ( 83% ga yaqin). Ultrabinafsha nurlar ta'sirida teridagi 7—8 degidroxolesterindan, D vitamini sintezlanadi. Bolalar terisi juda nozik va yupqa bo'lib, qon tomirlari ko'p bo'ladi. Terining rangi, tozaligi, mayinligi bolaning salomatligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bolalarda teri qoplamining hajmi vazniga nisbatan katta bo'ladi, shuning uchun bolalar atrof-muhit harorati ta'sirida tez isib ketadilar va tez sovqotadilar. Suv muolajalarida va bolalarni chiniqtirishda buni hisobga olish kerak. Maktabgacha tarbiya yoshida, 6—7 yoshga borib o'pka bo'laklari tuzilishi shakllanib bo'ladi. Nafas chuqur va siyrak bo'lib qoladi. Agar ikki-uch yashar kichkintoyda nafas tezligi bir daqiqada 28— 31 bo'lsa, 4—7 yoshda esa 23—26 bo'ladi. Katta yoshli odamda esa 1 daqiqada nafas tezligi 16—18 martaga yetadi. Bola uxlab yotganda xuddi katta odamlardagi kabi nafas tezligi sekinlashadi. Maktabgacha tarbiya yoshida qon aylanish a'zolarida kuchli anatomic va funksional o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bolaning yurak-tomir sistemasi juda chidamli bo'ladi. U doimo o'zgarib turadigan ish sharoitlariga va zo'r berib o'sayotgan organizmga osonlik bilan moslashadi. Bola ulg'aygan sari yurak shakli, ko'krak qafasi holati o'zgaradi. Biroq 6 yoshga borib, bolaning shakliga va holatiga ko'ra katta yoshdagi odamning yuragidan deyarli farq qilmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 6—7 yashar bolalarning yurak vazni yangi tug'ilgan chaqaloq yuragi vaznidan 5-5,5 barobar ortiq bo'ladi, biroq hali katta yoshli odam yuragi vazniga yetmaydi. 6 yoshda yurak to'qimasi mushak qatlamlariga aylana boshlaydi, 7—8 yoshlarga borib, yurak faoliyatini boshqarib turadigan asab apparati shakllanishi tugaydi. 7-8 yoshlarda yurakning bitta zarba otib chiqaradigan qon miqdori chaqaloqnikidan 9—10 hissa ortadi. Tomirning urish tezligi yurak qisqarishlari soniga mos bo'ladi. Bola o'sa borishi bilan tomir urish tezligi siyraklashadi. Uch yashar bolada puls tezligi o'rta hisobda bir minutda 107—110; 5 yashar bolalarda 100; 7 yashar bolalarda 92 ta bo'ladi. Katta yoshli odamda esa puls tezligi o'rta hisobda bir minutda 65—75 martaga teng bo'ladi. Bolalarda ham xuddi kattalardagi kabi uxlab yotgan vaqtda puls sekinlashadi, qo'zg'alganda tezlashadi, bunda faqat yurak qisqarishlarining tezligi emas, balki kuchi ham ortadi, arteriya bosimi ko'tariladi. Bolalarda yurak-tomir sistemasi chiniqtirishga yordam beradigan jismoniy harakatlar anatomo-fiziologik xususiyatlarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qon hosil qilish sistemasi salga shikastlanishi mumkin. Har qanday kasallikda, gigiyena sharoitlari yomonlashganda, kun tartibi va ovqatlanish buzilganda qon o'zgaradi. Bolalar gavdasining 1 kg vazniga to'g'ri keladigan qon miqdori kattalardagiga qaraganda ancha ko'p bo'ladi. Bola ulg'ayar ekan, qonning faqat nisbiy miqdori emas, balki tarkibi ham o'zgaradi. Chaqaloq hayotining birinchi kunlarida qornida eritrotsitlar va gemoglobin ancha ko'p bo'ladi. Keyinchalik ularning soni kamayadi. Xuddi shunday qonuniyat leykotsitlar xususida ham kuzatiladi. Bolalikning turli davrlarida qon tarkibining o'zgarishi qon ishlash sistemasida kuzatiladigan o'zgarishlarga bevosita bog'liqdir. U xususan 4—6 yashar bolalarda jadal kechadi. 12—15 yashar bolalarda qon yaratilishi xuddi kattalardagi kabi bo'lib qoladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning markaziy nerv sistemasida quyidagi morfologik va funksional o'zgarishlar kuzatiladi: bosh miya po'stlog'i differensiyasi, asosan, yetti yoshga borib tugaydi, asab sistemasi reaksiyasi, asosan, yangi shartli aloqalar hosil bo'lishi hisobiga takomillashadi. 7 yashar bolaning jismoniy va asab-ruhiy jihatdan zo'r berib rivojlanishi, tayanch- harakat apparatining, ayni vaqda, hayotiy muhim a'zolarini idora etib turadigan asab sistemasining rivojlanishi tufayli takomillashishi organizmning tashqi muhit bilan aloqasini mustahkamlab, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab bolalarni mehnatga o'rgatishga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya va kichik yoshdagi bolalar juda serharakat bo'ladilar, biroq harakatlari hali yaxshi uyg'unlashmagan bo'ladi va shu sababdan ortiqcha kuch sarflaydilar. Mehnat faoliyati yoki jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etishda asosiy harakatlarning uyg'unlashuvini mukammallashtirishga yordam beradigan mashqlarni tavsiya etish o'rinli bo'ladi. Bolaning anatomik- fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gigiyena tadbirlarini qo'llash bolaning o'sishiga hamda rivojlanishiga yordam beradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling