Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


 MAKTABGACHA TARBIYA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
10.3. MAKTABGACHA TARBIYA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI 
BOLALAR GIGIENASI
Bolaning zo'r berib o'sishi va rivojlanishi, a'zolari hamda sisemalarining 
morfologik: funksional takomillashishi bolalik yoshining eng muhim xususiyatlaridan 
hisoblanadi.
O'sish va rivojlanish murakkab jarayon bo'lib, unda butun organizm ishtirok etadi. 
O'sishning tezlashish davri bola hayotiling ma'lum bosqichlariga mos keladi, ya'ni 
yetarli darajada aniq biologik maromda kechadi. Bola jismi-uning to'qimalari va 
a'zolari katta odam organizmidan sifat va son jihatidan farq qiladi.
O'sish va rivojlanish. O'sish—tana vazni va hajmining undagi hujayra va 
to'qimalar ko'payishi hisobiga oshib borishidir. O'sish— bola sog'lig'i va jismoniy 
harakatlarining eng muhim ko'rsatkichi 
hisoblanadi. O'sishda organizm rivojlanadi va 
bu holat organizm tuzilishini murakkablashishi yoki to'qima-a'zolarning morfologik 
qiyoslanishi demakdir. Rivojlanish tufayli butun organizmning vazifalari va 
xususiyatlari takomillashadi.


O'sish va rivojlanish bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, organizmdagi 
barcha ko'rsatkichlar ma'lum vaqt o'tishi bilan sifat ko'rsatkichlariga aylanadi.
Bolalar va o'smirlar organizmining o'sishi va rivojlanishi yaxshi o'rganib 
chiqilgandan keyin, ta'lim-tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq olib borish, ular orasida 
uchraydigan har xil kasalliklarning oldini olish va o'z vaqtida davolash imkoni 
tug'iladi.
Bola organizmining o'sishi anatomik jarayon bo'lib, bir vaqtda oziq moddalarining 
o'zlashtirilishi sarfidan ustun bo'ladi (assimilatsiya jarayoni dissimilatsiya jarayonidan 
ustun bo'ladi).
O'sish jarayoni bola bo'yi va vaznining oshishi bilan belgilanadi. O'sish og'irlik, 
bo'y, barcha sohalarining o'lchovi va boshqalar bilan belgilanadi. Bunga suyaklarning 
o'sishi va yo'g'on tortishi ham kiradi. Bir organizmdagi turli a'zo va sistemalarning 
o'sish tezligi ham turlicha bo'ladi.
Emadigan go'daklar tez o'sadi. Bu—tug'ilgandan keyingi 1—2 oy ichida ayniqsa 
sezilarli bo'ladi.
Bolalarda tana va boshning o'sishi turli xil nisbatda bo'ladi, yangi tug'ilgan 
bolalarda bu nisbatan 1:4 bo'lsa, katta odamlarda 1:8 bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, 
tana vazni va yuza qismi nisbatlari ham o'zgaradi. Bu fiziologik jihatdan nazariy va 
amaliy ahamiyatga ega.
Bolaning o'sishi bir tekis bormaydi. Bu tana qismlarining bir-biriga har xil 
nisbatda bo'lishini ta'minlaydi. Bola bir yoshigacha hamda balog'atga yetgunicha 
o'smirlik davrida juda yaxshi o'sadi (11—12 yoshdan qizlarda va 13—14 yoshdan o'g'il 
bolalarda to'qima va a'zolar o'zgaradi). O'sish va rivojlanish murakkab jarayon bo'lib, 
unda bir-biriga bevosita bog'langan uch omilni kuzatish mumkin:
a) o'sish, gavdaning hajmi va vaznning oshishi;
b) rivojlanish, ya'ni to'qima va a'zolardagi sifat o'zgarishlari;
v) gavdada me'yoriy shaklning yuzaga kelishi.
O'sish va rivojlanish 22—25 yoshgacha davom etadi. Lekin kishi hayotining bu 
yillari davomida organizmning o'sishi va rivojlanishi bir tekis bo'lmaydi. Ma'lum 
davrda rivojlanish va gavdaning shakllanish jarayoni kuchayadi. Bola qancha yosh 
bo'lsa, organizmning o'sishi va rivojlanishi shuncha tez va kuchli bo'ladi. Shunga ko'ra 
bolalar gavda tuzilishining tashqi ko'rinishi kattalarnikidan farq qiladi. O'sish tezligi 
yosh oshishi bilan o'ziga xos belgilarga ega bo'ladi. 
Butun, ayrim a'zolar vaznining oshishi har xil kechadi, chulonchi, markaziy nerv 
sistemasi, miya qopqog'i va ichki a'zolar 1-2 yosh orasida juda tez o'sib, yosh 
kattalashgan sari o'sish jarayoni sekinlashadi va balog'atga yetish davrida yana 
tezlashadi.
Jinsiy a'zolarning o'sishi ham balog'atga yetish davriga kelib ancha tezlashadi.
O'sish va rivojlanish davrida barcha a'zolar va sistemalarning morfologik hamda 
funksional faoliyati davom etadi. Skelet suyaklari takomillashadi, doimiy tishlar 
chiqadi, organizm to'qimalari tarkibidagi suv miqdori o'zgaradi. Balog'atga yetish 
davridan keyin o'sish va rivojlanish ham to'xtaydi. Amalda, bu vaqtga kelib, bolalik 
davri ham tugaydi.
Bola organizmining o'sishi va rivojlanishi bevosita tashqi muhit ta'sirida kechadi, 
bu jarayon markaziy nerv sistemasi va birinchi navbatda, bosh miya ishtirokida amalga 
oshiriladi. Bola rivojida bir davrdan ikkinchi davrga o'tish muddati, ya'ni morfologik, 


fiziologik a psixologik nuqtayi nazaridan taraqqiyot davrini aniqlash muhim ilmiy 
nazariya hisoblanadi.
Bolalarning taraqqiyot davri N. P. Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo'lib, N. 
P. Krasnogorskiy ba'zi bir o'zgarishlarni kiritgan.
Taraqqiyot davrini tuzishda, bir tomondan, bolaning asosiy rivojlanish 
qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil 
qilish masalalari hisobga olingan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling