Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Na'matakni damlamasida S -vitaminini aniqlash


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175
Bog'liq
gigiena

Na'matakni damlamasida S -vitaminini aniqlash 
Quritilgan 5 g meva olinib, danaklardan tozalanadi, sovuq suv bilan chayiladi, 
xovanchada maydalanadi va kolbaga solinadi.
Kolbaga 200 ml qaynoq suv solinib 5 daqiqa qaynatiladi va 1 soat mobaynida 
sovutiladi. Sovitilgan so’ng doka yordamida filtrlanadi. 
Filtratni 1 ml olinadi, unga 1 ml 2% HCl kislotasi qo’shiladi va xajmi 15 ml 
gacha yetguncha distillangan suv qo’shiladi. Tilmans reaktivi bilan binafsha rang hosil 
bo’lguncha titrlanadi. 
Damlamadagi C - vitaminini aniqlashda quydagi formuladan foydalanamiz: 
X = 0,088 * a * K * 1000 
X - damlamadagi C - vitaminini miqdori, mg/l; 
0,088 - doimiy koeffisient /Tilmans reaktivini 1 ml C -vitaminini 0,088 mg 
to’gri keladi/; 
a - titrlashga ketgan Tilmans reaktivini miqdori, ml; 
K - Tilmans reaktivini titrlashiga tuzatish; 
1000 - millilitrlarni litrlarga o’tkazish koeffisienti. 
Teri kapillyarlarining rezistentligini aniqlash. 
С - vitaminini organizmga tushishini kamayishi natijasida teri kapillyarlarining 
rezistentligi /mustahkamligi/ pasayadi. Teri kapillyarlarining rezistentligini aniqlash 
organizmni С - vitamin bilan ta'minlanganligini ko’rsata oladi. 
Rezistentlikni tekshirish uchun bilakni ichki tomoni vazilin bilan surtiladi va 
maxsus banka – so’rg’ich qo’yiladi. Maxsus apparat yordamida bankani
tagida 300 mm.rt.st. bosimli vakuum hosil qilinadi 3 daqiqa ushlab turilgandan so’ng 
vakuum 0 gacha tushiririladi. Banka – surg’ich olinadi va quruq tampon bilan vazilin 
artiladi. 
Teriga maydoni 1 sm
2
bo’lgan trafaret quyiladi va lupa yordamida petexiyalar 
/mayda qon quyishlar/ xisoblanadi. 
Agar petexiyalar soni 20 dan oshsa, bu organizm C - vitamini bilan kam 
ta'minlanganligini ko’rsatadi. 
 
10 – BOB 
 
10.1. BOLALAR VA O'SMIRLAR GIGIYENASI
Bolalar va o'smirlar gigiyenasi gigiyenaning bir tarmog'i bo'lib, o'sayotgan 
organizmning atrof-muhitning turli omillari ta'siriga javoban ko'rsatadigan 
reaksiyasining xususiyatlarini o'rganadi va shunga asoslanib bolani o'rab turgan 
muhitga qo'yiladigan gigiyena normativlari va talablarini ishlab chiqadi, bular 
organizm 
salomatligini 
mustahkamlash 
va 
funksional 
imkoniyatlarini 
takomillashtirishga qaratilgan bo'ladi.


Bolalar va o'smirlar gigiyenasining asosiy maqsadi—yosh avlodni bolalik 
chog'idan boshlab jismoniy jihatdan sog'lom qilib tarbiyalashni, ularda jismoniy va 
ma'naviy kuchlarni uyg'un ravishda rivojlantirishni ta'minlashdir.
Bolalar va o'smirlar gigiyenasi-gigiyena fanining sohalaridan biri bo'lib, tashqi 
muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyati, ta'lim-tarbiyasiga ta'sirini 
o'rganadi va o'sayotgan avlodning sog'ligini mustahkamlash hamda jismoniy va 
ma'naviy jihatdan bekam-ko'st rivojlanishi uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlarni ishlab 
chiqadi.
Bolalar va o'smirlar gigiyenasining asosiy maqsadi—yosh avlodning zuvalasi 
pishiq, jismoniy va ma'naviy jihatdan uyg'un rivojlanishini ta'minlashdan iborat.
Bolalar va o'smirlar gigiyenasi fan sifatida bolalarning muayyan sharoitda o'sishi 
va rivojlanishi uchun ma'lum sharoit yaratish maqsadida zarur me'yorlar va 
ko'rsatmalar ishlab chiqadi.
Bolalar sog'lig'iga qarab umumiy aholining sog'lig'i to'g'risida tushunchaga ega 
bo'lish mumkin.
Bolalar o'zining davriy o'zgarishiga qarab tashqi muhit ta'siriga har xil sezuvchan 
bo'ladi. Bola muayyan sharoitdan chetga chiqqanda uning organizmiga tashqi muhit 
salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bola ulg'aygan sari tashqi muhit ta'siriga chidamliligi 
oshib, takomillasha boradi.
Bolalik davrining biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gigiyenik 
sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega.
Bolalar va o'smirlar gigiyenasi davriy gigiyena (ontogigiyena) bo'lib, gigiyena 
fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ish jarayonida bolalar va o'smirlar gigiyenasi 
umumiy gigiena, mikrobiologiya, epidemiologiya, sanitariya statistikasi, fiziologiya, 
biokimyo, bolalar klinikasi va ruhiyati hamda pedagogika tavsiyalari va yutuqlaridan 
foydalaniladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling