Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175
Bog'liq
gigiena

5. Omborxonalar. Omborxonalar soni, maydoni, jihozlari, sovitgich bor-yo'qligi, 
temperatura rejimi va tez buziladigan mahsulotlarning saqlanish muddati; quruq 
mahsulotlar, tez buziladigan mahsulotlar, sabzavotlarning alohida-alohida saqlanishi, 
idishlarning ahvoli va ularni tozalab yuvib turilishi, kemiruvchilar va pashshalar bor-
yo'qligi, sanitariya ahvoli. 
6. Ishlab chiqarish xonalari. Omborlardan mahsulotlarning kelib tushishi (bir 
sutkaga yoki har bir ovqatga alohida-alohida, ketma-ketlikka rioya qilinishi, xom va 
tayyor mahsulotlarni ketma-ket almashtirib olinmasligi). 
Tayyorlash xonalari. Soni va vazifasi (go'sht-baliq sexi, sabzavotxona); 
jihozlari, go'shtga birlamchi ishlov berish texnologiyasi (tushirish, yaxdan tushirish, 
yuvish, chopish, tuzini yuvish, qiyma tayyorlash va saqlash) hamda stollar, kundalar, 
go'shtni qiyma qiladigan asboblar, mahsulotlar bo'linadigan taxtalar, pichoqlar, 
baliqlarga birlamchi ishlov berish texnologiyasi (yaxdan tushirish, tozalash, ichak-
chavog'ini olish, yuvish, tuzini yuvish) hamda qo'llaniladigan jihozlarning sanitariya 
holati, oshko'k va sabzavotlarga ishlov berish (saralash, yuvish, tozalangan 
sabzavotlarni saqlash, shu jumladan, suvda saqlash muddati). Tayyorlash xonasi bitta 
bo'lsa, go'sht, baliq va sabzavotlarga alohida-alohida ishlov berish jihozlari, belgilab 
qo'yilgan stollar, mahsulotlar bo'linadigan taxtalar va pichoqlar yetarlichami? 
Sovuq sex; sovushi bor-yo'qligi, temperatura rejimi, sanitariya holati, vinegret, 
salat, studen va boshqa ovqatlar tayyorlash texnologiyasi. Sovuq sex bo'lmasa, 
yuqorida sanab o'tilgan taomlar qayerda va qanday tayyorlanadi hamda saqlanadi. 
Ovqat pishiriladigan xona, ovqat tarqatiladigan xona, jihozi va inventari: plita 
(duxovka shkafi, zont, isitish usullari bor-yo'qligi), qozonlar (isitish usuli, material, 
oqartirish, shunday idishdagi qalay miqdori), kastryulkalar, stollar, mahsulot 
bo'linadigan taxtalar va ularga qo'yilgan belgi, umivalnik, ventilatsiya va boshqalar; 


jihozlarning yetarliligi, mahsulotlarni termik ishlash rejimi; issiq ovqatning suzib 
berilayotgan vaqtdagi temperaturasi. 
C vitaminining saqlanib qolishi nuqtayi nazaridan sabzavotlarni ovqatga 
ishlatishga tayyorlash. Tayyor oziq-ovqatni saqlash va uni sotish muddati. Oshxona 
idish-tovoqlari yuviladigan xona, joylashgan yeri, jihozi, yuvish usuli. Xonanig 
sanitariya holati, pashsha, kemiruvchi, suvaraklar bor-yo'qligi. 
Oshxona idish-tovoqlari yuviladigan xona; birin-ketinlikka rioya qilinishi 
(yuvilgan va yuvilmagan idish-tovoqlarning duch kelmasligi), jihozlari (yuviladigan 
vannalar soni va joylanishi, stellyajlar, yuvadigan mashinalar); sovuq va issiq suv bilan 
ta'minlanishi, tarelkalar, vilkalar, qoshiqlar va pichoqlarni yuvish usuli hamda sifati 
(asboblarning qaynatilishi); toza idishlarning saqlanishi, havo tortadigan ventilyatsiya. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling