Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Oshxonalarni sanitariya jihatidan tekshirish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175
Bog'liq
gigiena

Oshxonalarni sanitariya jihatidan tekshirish 
Oshxonalarni sanitariya jihatidan texnologikjarayon davomida tekshirgan 
maqsadga muvofiqdir, bunda quyidagi keltirilgan kartadan foydalaniladi. 
 
Tekshirish kartasi 


1. Pasport ma'lumotlari. Oshxonaning joylashgan o'rni va nomi. 
Ovqatlanuvchilar kontingenti, oshxonadagi o'tiriladigan o'rinlar soni, necha kishiga 
ovqat bera olish mumkinligi (shuningdek, aslida), beriladigan ovqatlar xili. 
2. Oshxona binosi va hovlisining sahni. Maxsus qurilgan binoga yoki 
oshxonaga moslashtirilgan imoratga joylashtirilgan; binoning (nimaga mo'ljallangan) 
bir qismini egallagan; oshxona yonidagi ob’yektlar sanab o'tiladi: hovlining maydoni, 
uning joylashishi, sanitariya ahvoli, hovlida joylashgan ob’yektlar (saroylar, axlat 
tashlanadigan joylar, hovlidagi hojatxona, sabzavot saqlanadigan joy, muz turadigan 
o'ra va boshqalar) hamda ular bilan oshxona o'rtasidagi masofa, agar muz turadigan 
o'ra bo'lsa, uning qurilishi (muz tagiga qo'yiladimi yoki yon tomonlarigami), oziq-
ovqat mahsulotlarini saqlash usullari (osib qo'yib, idishda, atroflga muz qo'yib), havo 
temperaturasi (yoz vaqtida) aytib o'tiladi va qisqacha ta'rif beriladi. Transport vositalari 
va ularning sanitariya ahvoli hamda asralishi. 
3. Oshxonani rejalashtirish. Xonalar soni, ularning har birida qilinadigan ish 
(xonaning maydoni, balandligi), texnologik jarayonning ketma-ketligi hamda 
derazalarning joylashishi nuqtayi nazaridan to'g'ri joylashtirilishi, ishlab chiqarish va 
savdo qilish qismlarining o'zaro joylashishi. 
4. Ma'muriy-maishiy xonalari (idora, garderob, dush xona, xodimlar uchun 
sanitariya uzeli, xodimlar dam oladigan va ovqatlanadigan xona). Katta-kichikligi 
talabga javob beradimi, ularning sanitariya holati, sanitariya uzelining yuz-qo'l 
yuviladigan xonasida sovun, sochiq va dezinfeksiyalovchi eritma bor-yo'qligi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling