11.Zamonaviy ovqatlanish
ratsionlarida oqsil, yog`
va uglеvodlarning
optimal nisbatlari qanday qabul qilingan?
12.Zaharlanishning qanday turlari bo`ladi va ularni profilaktikasi?
Ovqatlanish gigiyenasi" bo'limiga doir amaliy mashg'ulotlar
Oziq-ovqat mahsulotlarining jadvaldagi kimyoviy tarkibi va kalloriyasiga qarab
ovqat xillarining nisbatini tuzish
Oziq-ovqat ratsionining kalloriyaliligi va to'yimliligi ,,taomnoma" ma'lumotlari
bo'yicha
butun sutka yoki nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun alohida-alohida
hisoblanadi. Hisoblashda ,,Oziq-ovqat mahsulotlari to'yimlilik qiymatining hisob
jadvalidan foydalanish birmuncha to'g'ri bo'ladi.
Aytaylik, bir odamga nonushtaga jaydari undan yopilgan 200 g javdar non va 250
g sut berilgan. Jaydari undan qolipga solib yopilgan 100 g javdar nondan o'rtacha 4,69
g oqsil o'zlashtirilishini jadvaldan topamiz. Bu sonni 100 ga bo'lib, 1 g nondan qancha
oqsil o'zlashtirilishini bilib olamiz, uni 200 ga ko'paytirsak, 200 g nondan
o'zlashtiriladigan oqsil miqdori kelib chiqadi (4,69:100x200=9,38 g oqsil). Nondagi
boshqa oziq moddalarini ham shunga o'xshash hisoblab chiqamiz, so'ngra 250 g suvda
o'zlashtiriladigan to'yimli moddalarni hisoblaymiz. Hammasini jamlab, nonushta
paytida o'zlashtiriladigan oziq moddalarining miqdori va kalloriyaliligini topamiz.
Tushlik va kechki ovqat uchun ham xuddi shu tartibda hisob qilinadi, barcha
natijalarni
qo'shib sutkalik ratsionning kalloriyaliligi va oziq moddalar tarkibi topiladi. Sutkalik
kalloriyalilikni bilib olib, kalloriyalilikni alohida-alohida vaqtda yeyiladigan ovqatga
taqsimlab chiqarish (foizlarda) mumkin.
19-jadval (a)
Do'stlaringiz bilan baham: