Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175
Bog'liq
gigiena

 
 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ovqatlanishini 
tashkil etish 
Maktab yoshidagi bolalar ovqatlanishini to'g'ri tashkil qilish uchun ular 
organizmining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, quyidagi guruhlarga bo'lish 
lozim: 
—kichik yasli yoshidagi bolalar; 
—o'rta yasli yoshidagi bolalar; 
—maktabgacha yoshdagi bolalar. 
Bir kunlik oziq-ovqatda oqsillar, yog'lar, uglevodlar nisbati 1:1:4 bo'lishi lozim. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar (3—6 yoshgacha) bir kunda ovqat bilan (har bir kg 
vazniga) 3,0—3,5 g oqsil, shuncha yog' va 14 g uglevod olishi kerak. Oqsillar umumiy 
miqdorining 65-70% ni hayvon, 35—40% ni o'simlik mahsuloti tashkil qiladi. 
Umumiy yog' miqdorining 12—15 % ni o'simlik moyi, qolganini esa sut yog'lari 
qoplashi, kunlik ovqat tarkibida 110 g kalsiy, 1,5 g fosfor, 8 mg temir bo'lishi kerak. 
Sabzavot, meva, poliz mahsulotlari, oshko'katlar, shuningdek, yangi uzilgan 
karam, qizil sabzi, salatlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi, chunki ular mineral tuzlarga
mikroelementlarga hamda vitaminlarga boy bo'ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ham maktab yoshidagi bolalardek kuniga 4 mahal 
ovqatlanadilar. Ertalabki nonushta 1 kunlik quvvat sarfining 25% ni, tushlik ovqat 35 
% ni, peshingi nonushta 15 % ni, kechki ovqat 25 % ni tashkil qiladi, 3—5 yoshgacha 
bo'lgan bolalar 1 kunda 1800 kkal, 5—7 yoshgacha bo'lgan bolalar esa 2400 kkal 
gacha energiya beradigan ovqat is'temol qilishlari kerak. Tayyorlangan ovqatning 
issiqligi 40 ° C bo'lmog'i lozim. 
Taomnoma bolalar ovqatlanishining 1 hafta yoki 10—12 kuniga mo'ljallab 
tuziladi. 
Taomnoma tuzishda shifokor, bosh oshpaz va bolalar muassasasining mudirasi 
qatnashadi. Ovqat tarkibida bolalarning ovqatga bo'lgan jismoniy ehtiyoji, quvvat 
sarfini qoplashi oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, mikroelementlar va 
boshqalar bo'lishi lozim. Bundan tashqari, bolalarga tavsiya qilinadigan taomlar 
ularning turar joyi, urf-odatlari hamda keng iste'mol qilinadigan milliy taomlari va 
boshqalarni hisobga olish lozim. Shu maqsadda Respublikamizdagi maktabgacha 
yoshdagi bolalar kombinatida muntazam ravishda olib borilgan kuzatuvlar, jumladan: 
ularning sog'lig'i, jismoniy rivojlanishi hamda ularning iste'mol qiladigan ovqat 
mahsulotlarini aniqlab, yoz va kuzga hamda bahor va qish fasllariga mo'ljallangan bir 
haftalik taomnoma tavsiya qilinadi. Bu ,,maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar 
bog'chalarida ovqatlanishini tashkil qilish ko'rsatmasi" O'zbekiston Respublikasi 
Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 18.12.1990-yilda tasdiqlangan. 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling