Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Bolalik davrining bosqichlari quyidagicha


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   175
Bog'liq
gigiena

Bolalik davrining bosqichlari quyidagicha.
1. Yangi tug'ilgan davr (go'daklik) 1—10 kungacha.
2. Emizikli davri (chaqaloqlik) 11 kundan 1 yoshgacha.
3. Dastlabki bolalik davri 1—3 yoshgacha.
4. Birlamchi bolalik davri 3—7 yoshgacha.
5. Ikkilamchi bolalik davri 7—11 yoshgacha (qiz bola), 7—12 oshgacha (o'g'il 
bola).
6. O'smirlik davri 12—15 yoshgacha (qiz bola), 13—16 yoshgacha (o'g'il bola).
7. O'spirinlik davri 16—20 yoshgacha (qiz bola), 16—20 yoshgacha (o'g'il bola).
Mazkur davrlar ichida organizm ichki va tashqi omillar ta'sirida bir qancha 
o'zgarishlarga uchraydi. Shuning uchun ham bolaning shaxsiy rivojlanishiga, uning 
kamol topishida ta'lim va tarbiyaning ahamiyati katta.
Bolalikni turli davrlarga shartli ravishda bo'lish bolalar bilan munosabatni 
yengillashtiradi, ularning rivojlanishini to'g'ri baholashga imkon beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola organizmi takomillashishda davom etadi, 
garchi bola bu davrda ancha sekin rivojlansa-da, skelet va mushaklari yaxshi 
rivojlanadi va baquvat bo’la boradi.
Maktabgacha tarbiya. Bola kattalar turmushiga tobora ko'proq aralasha 
boshlaydi va oila ta'sirida bo'ladi. Bola o'zining intellektual rivojlanish darajasiga 
ko'ra, bu davr oxirida maktabga borishga tayyor bo'lishi kerak. Shu yoshda bolalar 
chizish, yasash, yodlash, ayrim harflarni va so'zlarni, hatto qisqa jumlalarni yozishni va 
o'qishni biladilar.
Shu yoshdagi bolalar orasida yuqumli kasalliklar ancha ko'p uchraydi, biroq dard 
yengilroq kechadi va asoratlar kam bo'ladi. Limfa to'qimasining zo'r berib o'sishi 
bolalarda yuqori nafas yo'llarida shamollash kasalliklarining paydo bo'lishiga imkon 
beradi, ularning ko'pchiligi o'tkir respirator virusli infeksiyalarning asorati yoki qattiq 
sovqotish oqibati hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda (7—12) skelet zo'r berib o'sadi va mushak 
kuchi ortadi. Sut tishlar tushib, o'rniga doimiylari chiqadi. Bola uy muhiti yoki bolalar 
kombinati hamda maktab hayoti sharoitiga o'tadi, mehnat malakasi shakllana boradi. 
Bolalar bu yoshda kattalarga ko'proq aralashadi.
O'tkir infeksiyalar endi kamroq kuzatiladi va ularning o'tishi yengil kechadi. Bu 
yoshdagi bolalarda ko'pincha o't yo'llari kasalliklari uchraydi, yurak-tomir kasalliklari 
(revmatizm, gipertoniya kasalligi, gipertonik holat va h.) esa kamroq paydo bo'ladi.
Bola bo'yining jadal o'sishi va vaznining ortishi biologiya qonunlari asosida 
kechadi va bir tekis bo'lmaydi, biroq bu ko'pincha o'sish va rivojlanish jarayonlarini 
buzadigan tashqi muhitning turli ta'sirlariga ham bog'liq bo'ladi. Shuning uchun bu 
jarayonlar qonuniyatlarini bilish muhim, yana shunda bolalarda o'sish va 
rivojlanishdagi o'zgarishlarini tuzatish mumkin bo'ladi.


Bolalar 4—5 yasharlik paytida chaqaloqlarga qaraganda bir qadar sekin o'sadi va 
o'sish o'rta hisobda yiliga 4—6 santimetrga teng bo'ladi. Hayotning 6—7-yilida 
bo'yning o'sishi ancha ortadi— yiliga 8—10 santimetrga qadar oshadi. Bu bo'yga 
cho'zilishning dastlabki davridir. Maktabgacha tarbiya yoshining ikkinchi yarmida 
bo'yning o'sishi endokrin sistemasidagi funksional o'zgarishlarga (jumladan, gipofiz 
faoliyatining zo'rayishiga) bog'liq bo'ladi. 
Bola hayotining to'rtinchi yilida gavda vaznining ortishi ham sekinlashadi va 
yiliga o'rta hisobda 1,2—1,3 kilogrammni tashkil qiladi, hayotining beshinchi yilida 2 
kg ga ortadi, oltinchi yilda esa 2,5 kg ga yetadi. Bola 6—7 yashar bo'lganda vazni 1 
yashar paytidagiga qaraganda ikki hissa ortadi.
Bolalar bo'yi va vaznining o'zgarishiga mos holda ko'krak qafasi aylanasi ham 
o'zgaradi-hayotning to'rtinchi yilida u 0,5—1 santimetrga, beshinchi-oltinchi yilida 2—
2,5 santimetrga ortadi. Ko'krak qafasi aylanasi hajmi bolaning jismoniy rivojlanishiga 
bog'liq bo'ladi.
Bolaning bo'yi o'sishi bilan gavda nisbati ham o'zgaradi. Masalan, bola yetti 
yashar bo'lganda chaqaloqnikiga qaraganda, oyoqlari uch hissadan ortiq, qo'llari 2,5 
barobar, tana esa ikki barobar cho'ziladi. Bola jismoniy rivojlanishining asosiy 
ko'rsatkichlari balog'atga yetish muddatiga qarab ancha-muncha o'zgarishi mumkin. 
Bolaning o'sishi va rivojlanishiga, shuningdek hayot sharoitlari, boshdan kechirilgan 
kasalliklar va jismoniy tarbiya xususiyatlari ham ma'lum darajada ta'sir qilishi 
mumkin. Odam bajaradigan har qanday harakat tanadagi mushaklarning qisqarishi 
tufayli yuzaga keladi.
Mushak qisqarishi uchun esa unga nerv tolalari orqali impulslar kelishi kerak. 
Mushaklarning qisqarib, ma'lum ish bajarishida suyaklar katta ahamiyatga ega, chunki 
ular tayanch vazifasini bajaradi. Skelet nerv sistemasi va ichki a'zolarning tog'ay 
to'qimasidan rivojlanadi, 3 yoshdan boshlab, umurtqalar ham bo'yiga, ham eniga 
barobar o'sadi. Bo'yin, ko'krak va bel umurtqalarining suyaklanishi 20 yoshga, dum 
umurtqalari 25 yoshga va dumg'aza umurtqalarining suyaklanishi esa 30 yoshga borib 
tugallanadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi o'g'il bolalarda 20 yoshgacha, qiz bolalarda 
esa 22 yoshgacha davom etadi. 
Umurtqa oralarida joylashgan tog'aydan iborat umurtqalar disk umurtqa 
pog'onasining harakatchanligini ta'minlab turadi, 17-25 yoshga kelib, dumg'azada bu 
aylanmalar suyakka aylanadi va umurtqa pog'onasining bu qismi harakatchanligini 
yo'qotadi. Umurtqa pog'onasining bo'yin qismi eng harakatchan, undan keyin bel 
qismi, ko'krak qismi esa eng kam harakatchan bo'ladi. Bola 7-9 yashar bo'lganda 
umurtqa pog'onasi juda harakatchan bo'ladi. Bola tug'ilgandan keyin umurtqa 
pog'onasida 4 ta fiziologik egilma hosil bo'ladi. 
Birinchisi bola 6—7 haftalik bo'lib, boshini ko'tara boshlaganida, umurtqa 
pog'onasi bo'yin qismining oldiga qarab egilishida, ikkinchi va uchinchisi bola 6 oylik 
bo'lganda o'tira boshlashi bilan ko'krak va dumg'aza qismlarida orqaga qarab egilishda 
hosil bo'ladi.
To'rtinchi egilish bola yura boshlaganda umurtqa pog'onasi bel qismining oldinga 
qarab egilishi yuzaga keladi, lekin bu davrda umurtqa pog'onasi qayishqoq bo'lgani 
sababli har xil tashqi ta'sirlarga (noto'g'ri o'tirish, noto'g'ri yurish va h.k.) beriluvchan 
bo'ladi. Bu egilmalar balog'atga yetish davriga kelib to'la shakllanadi. Shu yoshgacha 
og'ir yuklar ko'tarilsa, egilish kuchayadi va umurtqa rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 
Uzoq vaqt tik turish oqibatida umurtqalar orasidagi disklar ezilib, bolaning bo'yi 


kelgusida 6 sm gacha pasayishi mumkin. Bolaning partada yoki stolda noto'g'ri o'tirishi 
umurtqa pog'onasining yon tomoniga qarab egilishiga olib keladi (skolioz). Skoliozlar 
chap yoki o'ng, ba'zida esa murakkablashgan chap va o'ng, ba'zan o'ng va chap bo'lishi 
mumkin. Bundan tashqari, umurtqa pog'onasining qayishqoqlik davrida bola 
tepalikdan qattiq joyga tik yiqilsa, kifoz—ko'krak qismidagi jismoniy egilmaning 
orqaga qarab jadal egilishi yoki bel qismidagi fiziologik egilmaning oldidan qarab 
egilishi — lordoz shaklida o'zgarishi mumkin. Bunday o'zgarishlar bola o'sishi va 
rivojlanishiga ta'sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi (34- rasm).
To'g'ri rivojlangan bolalarning tasliqi ko'rinishi balog'atga yetish davriga kelib 
katta odamlarning tashqi ko'rinishiga o'xshaydi. Jismonan yaxshi rivojlanmagan 
bolalarda suyak sistemasi noto'g'ri taraqqiy etishi tufayli qator o'zgarishlar—boshi 
tushgan, yelkasi qisilgan yoki bukchaygan, ko'kragi yassi, ichiga kirgan va boshqa 
shakllarni uchratish mumkin. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling