Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda
BOLALAR VA O'SMIRLARNI TARBIYALASH
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
gigiena
10.2. BOLALAR VA O'SMIRLARNI TARBIYALASH. O'QITISH GIGIYENASI ASOSLARI Bolalar va o'smirlar gigiyenasi tibbiyot fanining shunday bo'limiki, u atrof- muhitning o'sayotgan organizmga ta'sirini o'rganadi va shu asosda sog'liqni saqlashni va mustahkamlashni bola faoliyatining eng yaxshi darajasini va organizmni yayrab rivojlanishini ta'minlaydigan sharoitlarni yaratishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi. Bolalar va o'smirlar gigiyenasining asosiy maqsadi—bolalar va o'smirlar sog'lig'i muvofiqlashtirilgan kun tartibini ishlab chiqishdan iborat. Bunga jismoniy tarbiya, maktabgacha tarbiya, chiniqtirish, maktabda ta'lim-tarbiyani gigiyenik nuqtayi nazardan tashkil qilish, mehnat, dam olish, ovqatlanish va hokazolarni tashkil etish, inson umrini uzaytirish, mehnat qobiliyatini saqlash, tetik va quvnoq bo'lish uchun ko'pgina masalalarni hal qilish kiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona usulini saqlash maqsadida avalgi tajribalar, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bolalar muassasalarining 2 tun: yasli va bolalar bog'chasini yagona maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kombinatiga birlashtiriladi. Bundan tashqari, yasli va bog'cha yoshidagi bolalarga oid tibbiy va pedagogika masalalar bir-biri bilan shu qadar bog'lanib ketganki, faqat shifokor bilan pedagog hamkorlikda ishlagan taqdirdagina tarbiyaviy ishni to'g'ri amalga oshirish mumkin bo'ladi. Oila sharoitidan bolalar muassasalariga o'tish bola organizmiga ta'sir qilmay qolmaydi. Bola u yerda juda ko'p bolalar, notanish kishilar bilan uchrashadi, atrof- muhitni o'zgaradi, unda mutlaqo yangi reaksiyalar shakllanadi. Uning begona sharoitga ko'nikishi, moslashishi, albatta, oson bo'lmaydi. Biz bunday hollarda bola ruhiy holatining buzilganligini ko'ramiz; u ba'zan yig'laydi yoki aksincha, kamgap bo'lib qoladi, atrofdagilar bilan istar-istamas gaplashadi. Bu bosh miya po'stlog'i hujayralari qo'zg'aluvchanligi muayyan holatining buzilishi bilan kechadi, binobarin, ba'zi salbiy hodisalarga olib kelishi mumkin. Bular esa yasli yoshidagi bolalarda ro'yirost namoyon bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar, ularga mo'ljallangan muassasalar xodimlari bola organizmi chidamliligini susaytirib yuboradigan barcha salbiy hodisalarning avj olib ketishiga yo'l qo'ymasliklari kerak. Agarda bosh miya po'stlog'i muayyan qo'zg'aluvchanligi buzilishlarining va ruhiy zo'riqishning oldini olish qiyin bo'lsa, u holda salbiy ta'sirlarni iloji boricha muddatini qisqartirish va susaytirish mumkin. Masalan, bola yasliga berilar ekan, unga asta-sekin o'rgata borish foydali bo'ladi, dastlab bolani yaslida tushgacha qoldiriladi, kunduzi uxlab qolgandan keyin olib ketiladi va h.k. Shunday qilib, bola uchun ancha qiyin bo'lgan dastlabki haftada bolalar muassasasida bo'lish muddatini kamaytirish bilan ko'nikish hosil qilish mumkin. Bolalar kombinatida bolalarning ma'naviy-ruhiy va jismoniy rivojlanishiga asos solinadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar katta yoshli bolalarga qaraganda yuqumli kasalliklarga tez-tez chalinadilar. Shuning uchun ham, bolalar kombinati tarbiyachilari, tibbiyot xodimlari sanitariya-gigiyena qoidalariga va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga juda mas'uliyat bilan qarashlari kerak. Mana shu vazifani ado etish turmush tarzining hamma jabhalarini takomillashtirish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, jismoniy tarbiya, sport turlari bilan shug'ullanishni odat tusiga aylantirishga bog'liq. Maktab yoshidagi bolalar tez o'sib, a'zo va sistemalari rivojlana boradi. Maktab o'quvchisining har tomonlama barkamol rivojlanishi, zuvalasi pishiq bo'lib o'sishi uchun to'g'ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va keyinchalik kasb tanlashda gigiyena qoidalariga ilmiy asosda yondashish talab etiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling