Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Partaning o'quvchi qaddi-qomati to'g'ri bo'lishini ta'minlaydigan asosiy


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175
Bog'liq
gigiena


Partaning o'quvchi qaddi-qomati to'g'ri bo'lishini ta'minlaydigan asosiy 
parametrlari parta suyanchig'i bilan o'rindig'i orasining to'g'ri nisbatda bo'lishidir, ya'ni 
differensiatsiyasidir. Differensiatsiya deb parta chetidan o'rindiq tekisligigacha bo'lgan 
tik chiziq bo'ylab o'tgan masofaga aytiladi. 
Differensiatsiya musbat, nol, manfiy bo'lishi mumkin. Manfiy ko'rsatkich 
gigiyena talablariga javob beradi, bunda o'rindiqning old qismi partaning orqa chetidan 


tushirilgan vertikal chiziqchaga bo'lgan nisbatda ichkari kirgan bo'ladi. Nolga teng 
bo'lganda o'rindiqning old qismi partaning orqa chetidan tushirilgan vertikal chiziq 
bilan bir tekis turadi. Differensiatsiya musbat bo'lganda o'rindiqning old qismi 
partaning orqa chetidan tushirilgan vertikal chiziq orasidagi masofaga teng bo'ladi. 
Masofa nolga teng va, ayniqsa, musbat bo'lsa, o'quvchi qo'llarining bilak qismini parta 
yoki stol ustiga to'g'ri qo'yishi uchun oldinga engashishga majbur bo'ladi. O'tirib 
ishlashga noqulaylik, zo'riqish va o'quvchini tez charchatib qo'yadigan sharoitlar 
yuzaga keladi.
Differensiatsiya musbat bo'lganda yozish vaqtida o'quvchi o'ng yelkasini pastga 
tushirishga majbur bo'ladi, bu tana asimmetriyasiga hamda umurtqa pog'onasining 
qiyshayib qolishiga olib keladi, shuningdek ko'zdan kitob yoki daftargacha bo'lgan 
masofani uzaytiradi.
Suyanchiq masofasi stol qopqog'ining orqa chetidan gorizontal bo'ylab stul 
suyanchig'igacha bo'lgan masofadir. Bu ko'krak qafasi ( old-orqa) diametridan ko'pi 
bilan 5 sm keladigan oraliq bo'lishi kerak. Suyanchiq masofasi kichik bo'lsa, stol 
qopqog'i ko'krak qafasiga taqalib qoladi, nafas va qon aylanishi buzilib, o'tirib ishlash 
noqulay bo'ladi, statilk og'irlik ortadi, odam tez charchab, ish qobiliyati pasayadi. 
Suyanchiq masofa katta bo'lganida o'quvchi stolga suyana olmay, tananing markazi 
tayanch nuqtasiga nisbatan oldinga suriladi. Manfiy ko'rsatkich 3—5 sm bo'lganda, 
gigiyenik jihatdan eng yaxshi natijaga erishiladi.
O'rindiqning pol sathidan balandligi boldir suyagi va to'piqning uzunligiga hamda 
poyabzalning 1—2 sm poshnasi balandligining yig'indisiga teng bo'lishi kerak.
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling