Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   175
Bog'liq
gigiena

Maktab mebeli. Sinflar, o'quv kombinatlari va laboratoriyalarning katta-
kichikligini, mebel belgilashda mebel va uskunalarning to'g'ri joylashtirilishi, 
o'quvchilarning bemalol yura olishi, ko'zga zo'r keltirmaydigan sharoit yaratish 


hisobga olinadi. Sinflarning kattaligi 66 m va laboratoriya kattaligi 70 m
2
bo'lsa, bu 
gigiyena talablariga mos tushadi.
Yorug'lik hamma joyga barobar tushishi, ish joyiga soya tushmasligi, shu'la 
bermasligi, xona ortiqcha isitib yuborilmasligi kerak. Bino gorizontga nisbatan to'g'ri 
joylashganda, IV iqlim mintaqasida maktab binosining derazalari janubga, janubi-
sharqqa qaratib, o'ng'ay qilib qurilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bolalar muassasalaridagi xonalarning yorug'lik koeffitsienti 1:4 va 1:5; tabiiy 
yorug'lik koeffitsienti 1,5- 2%; nur tushish burchagi 27, teshik burchagi 5° dan kam 
bo'lmasligi kerak.
Ship, devor va mebellar rangi yashilroq, och havo rang yoki daraxt tanasi rangida 
bo'lishi kerak. 
Barcha bolalar muassasalarida tabiiy yorug'likdan tashqari, sun'iy yoritish 
sistemasi yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak. Bolalar kombinatida maydoni 60—62 
m bo'lgan guruh xonalarining har bir quwati 300 vatt bo'lgan 8 ta lampa bilan 
yoritilgan, bular poldan 2,8—3 metr balandlikda osilgan bo'lishi lozim. Sinf 
xonalarining bir tekis yorug' bo'lishi uchun har biri 200 vatt quvvatli 8—9 lampochka 
kifoya.
Keyingi paytlarda, ayniqsa maktab xonalarini yoritishda lyuminessent 
lampalardan foydalanilmoqda, ular yaxshi yoritadi, uncha yaraqlab ketmaydi, yorug'lik 
bir tekis tarqaladi, spektrlar bir tekis tarqaladi, spektrlar tarkibiga ko'ra kunduzgiga 
o'xshaydi.
 
10.12. MAKTAB PARTASIGA QO'YILADIGAN GIGIYENIK 
TALABLAR. BOLALARNI PARTAGA O'TQAZISH
Ish qobiliyati uzoq vaqtgacha pasaymay turishini hamda bolalar qaddi - 
qomatining to'g'ri rivojlanishini, o'qish davrida ko'zning salbiy ta'sirlanmasligini 
ta'minlash maqsadida sinflarni gigiyena talablariga javob beradigan partalar bilan 
jihozlash muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan gigiyenik talablarni hisobga olgan holda taxtadan yasalgan 
ikki o'rinli (,,Erisman partasi") partaga ba'zi bir o'zgarishlar kiritilib, 5994—64 raqamli 
davlat standard bo'yicha temir oyoqli ikki va bir o'rinli parta tavsiya qilingan.
Bunday partalarning gigiyenik afzalligi shundaki, balandligini bolalarning bo'yiga 
qarab o'zgartirib turish mumkin, bundan tashqari, suyanchig'i ikkita taxtadan iborat 
bo'lib, suyanganda yaxshi tayanch vazifasini o'taydi. Hozirgi vaqtda o'quvchilar uchun 
15 sm oralab belgilanadigan bo'y balandligi qabul qilingan, o'quvchilar mebelining 
davlat standartlari shu ko'rsatkichga muvofiq ishlab chiqilgan.
1—3- sinf o'quv xonalari uchun A, B, V turdagi partalar ishlab chiqariladi. ,,A" 
turdagi partalar bo'yi 130 sm gacha bo'lgan bolalar uchun, ,,B" turdagi partalar bo'yi 
130—145 sm, ,,V" turdagi partalar bo'yi 145—160 sm li bolalar uchun mo'ljallangan. 
Parta o'rindig'ining chuqurligi son uzunligining 2/ 3—3/ 4 / qismiga teng bo'lishi 
lozim.
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling