Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Suvni tekshirish uchun namuna olish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175
Bog'liq
gigiena

Suvni tekshirish uchun namuna olish 


Namuna fizik-kimyoviy tekshirish uchun toza idishga, bakteriologik tekshirish 
uchun esa toza steril idishga olinadi. Namuna kimyoviy tekshirish uchun 2—5 1, 
bakteriologik tekshirish uchun esa 1—2 1 hajmli batometr asbobi yorda-mida olinadi. 
Namuna olishdan oldin idish kamida 3 marta o'sha suv bilan chayiladi. Namuna 
daryoning bir necha joyidan: qirg'oqdan, daryo o'rtasidan, suv sathidan 0,5—1 m 
chuqurlikdan olinadi. Vodoprovod jo'mraklaridan namuna olishda jo'mrakka termik 
ishlov beriladi, suv 10—15 daqiqa oqqizib qo’yiladi, kamida 500 ml namuna olinadi. 
Quduqdan namuna olishdan avval suv yaxshilab aralashtiriladi. Namuna olish hujjatida 
suv qayerdan olingan, tekshirishdan maqsad, ob-havo sharoiti, suvning manbadagi 
harorati, namuna olish kuni, soati ko'rsatiladi va uni laborant imzosi bilan tasdiqlaydi. 
Bakteriologik analiz uchun 2 soat, konservatsiya qilinganda esa 6 soat davomida 
tekshirilishi zarur. Konservatsiya qilish —ammiak hamda suvning oksidlanishini 
aniqlash uchun 1 1 olingan namuna 2 ml 20% H
2
SO
4
, o'zga qoldiq birikmalarini 
aniqlash uchun esa har 1 litr suvga 2 ml xloroform qo'shiladi. Qish faslida suvni 
tekshirish paytigacha, muzlashdan saqlash maqsadida sovuq o'tkazmaydigan narsalar 
bilan o'rash lozim. Fizik – kimyoviy tekshirish muddati 2 soat, konservatsiya qilingan 
suv esa 1 kundan oshmasligi zarur. Tekshirishlarning natijasi quyidagicha bayon 
etiladi. 
1. Manbaning nomi va uning joylashgan o'rni. 
2. Namuna olingan vaqti (kuni, soati). 
3. Sanitariya-topografik tekshirishlar natijasi (suvni ifloslantiruvchi manbalar 
mavjudligi, aholi hamda uy hayvonlari orasida yuqumli kasalliklar mavjudligi va 
b.lar.) 
4. Keyingi 3 kunli ob-havoning fizikaviy holati. 
5. Suvdan qanday maqsadda foydalanilishi. 
6. Suvning organoleptik ko'rsatkichlari (rangi, hidi, ta'mi, tiniqligi, quruq qoldig'i, 
harorati). 
7. Sanitariya kimyoviy tekshirish (bug'latib yuborilgandan keyin qolgan zich 
cho'kma, ammiak, nitrit va nitrat kislotasi, oksidlanishi va xloridlar miqdori, suvning 
qattiqligi). 
8. Sanitariya-bakteriologik tekshirish (koli-titr, koli-indeks, mikroblar soni, 
suvning kislorodga bo'lgan biokimyoviy talabi KBI (kislorodning biokimyoviy 
iste'moli). 
9. Sanitariya xulosasi. Vaqt o'tishi bilan namuna olingan suvda kuzatiladigan 
qator o'zgarishlar, jumladan: oksidlanish jarayoni (masalan, organik birikmalar, 
ammiak, temir va boshqalarning parchalanishi), gazlar chiqishi (masalan, CO
2
, H
2
S va 
b.), rangining o'zgarishi va shu kabilarni hisobga olgan holda suvda o'tkaziladigan 
laboratoriya tekshiruvlarini ma'lum darajada bosqichma-bosqich olib borish zarur. 
Suvning fizik xossasini aniqlashda eng oldin suvning tarkibidagi H
2
S, PH, Fe
++
, Fe
+++

ammiak nitrit, nitrat miqdori, uning oksidlanishi, qattiqligi va oxirida xloridlar 
miqdorini aniqlash kerak. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling