Ventura Dokument
Download 488.38 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsstudent.adu.uzeducationresources93834subject=367&download=93834
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribalarni otkazish
LD Physics Leaflets
2 ampani o'rnatish: Izoh: Kamerani kuchli bir tomonlama qizdirish konveksiya oqimi hosil bo'lishiga tajriba bilan interferansiyalashishiga sabab bo'ladi: lampani Vilson bulutli kamerasiga juda yaqin qoymang. – Lampani va asferik kondensorni asosga mahkamlang va uni Vilson bulutli kamerasidan taxminan 15 sm masofaga o'rnating. Lampani bulutli kameraning kuzatish oynasi sathida joylashadigan qilib sozlang. – Lampani transformatorga (U=6 V) ulang. – Lampa spiralini gorizontal ravishda to'g'rilang , va parallel yoki kuchsiz sochilgan yorug'lik nuri hosil qiling, va uni bulutli kameradan perpendikulyar ravishda o'tadigan qilib to'g'rilang. Variant a) radiy praparatidan foydalanish: – Lampani shunday o'rnatingki, kameraning ichi ! zarrachalarning kutilayotgan yo'li boylab yoritilgan bo'lsin. Tajribalarni o'tkazish – Kamerani yopgandan keyin birinchi tajriba siklini boshlashdan oldin taxminan 10 min atrofida kuting, chunki havo, suv va spirt aralashmasi kamera ichida bulut hosil qilishi lozim. Variant b) toriy preparatidan foydalanish – Toriy manbasidan (546 36) rezina yopgichni oling va shlangni shlangga ulang. – Vilson bulutli kamerasi ustidagi ventillyatsion ventil qopqog'ini olib qo'ying, va toriy manbasini ventil birlashtiruvchi vintidan munkin qadar uzoqroqda joylashtiring. (Rasm 2. ga va Vilson bulutli kamerasi ko'rsatmalar kitobiga qarang.). – Asosiy qisqichni oching va bulutli kamera ichiga radon gazini kiritish uchun plastik butilkani bir necha marta kuchli qising (siz bu jarayonga vakuum nasosni kameraga ehtiyotlik bilan qo'shib ham yordam berishingiz mumkin). Rodonning qisqa yarim yemirilish davriga (55.6 s) ega ekanligini hisobga olgan holda quyidagi etaplarni tez bajaring – Asosiy qisqichni yoping, shlangni ventillyatsion ventildan oling, va qopqoqni ventilga burab kiriting. – Vakuum nasos ruchkasini bir marta kuchli bosing, uni oxirgi holatida ushlat turing va zarrachalarning tomchi izlarini ustidan kuzatish oynasi orqali kuzating. Variant a) radiy preparatidan foydalanish – Vakuum nasos ruchkasini bir marta kuchli bosing, uni oxirgi holatida ushlab turing va zarrachalarning tomchi izlarini ustidan, kuzatish oynasi orqali kuzating. – Agar lozim bo'lsa, kamera ichidagi bug' yaxshi to'yingan holatga o'tishi uchun aralashmani bir necha marta ko'paytiring. – Tajribalarni qayta o'tkazish uchun kamida 1-2 min kuting, chunki tajribani qayta o'tkazish uchun bug' aralashmasi muvozanat holatga kelishi lozim. – Tajribalar tugaganda bulutli kameraning qopqog'ini ochib qo'ying, va kamera pastki qismidagi nam jun gilamchaning qurishiga imkon bering. – Kamerani changlardan imkoni boricha toza tuting. Download 488.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling