«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet122/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Nazorat uchun savollar:
1. Oqsil nima?
2. Sigir sutining tarkibida necha foiz oqsil mavjud?
3. Sut tarkibidagi umumiy oqsil miqdori qaysi usulda naiqlanadi?
2-LABORATORIYA MAShG‘ULOTI


Mavzu: Qishloq xo‘jalik hayvonlar sutining tarkibidagi oqsilni refrektometrik usulida aniqlash.


Darsning maqsadi –Talabalarga sut tarkibidagi umumiy oqsilni refrektometrik usulda aniqlash tartibini o‘rgatish.


Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: refraktometr, tarkibida ammiak bo‘lgan sut namunasi, 160 mg azot, kislotali qo‘rg‘oshin, distrlangan suv, 100 ml li o‘lchov kolbasi, tomizgich, konsentrlangan azot kislotasi, 0,9821 gr kristallashtirilgan sulfat kislotasi, 250 ml li o‘lchov kolbasi, 10 ml 10 foizli sulfat kislotasi, tarozi, go‘sht maydalagich, temir to‘rli setka, chinni kosacha, qumli hammom, 500 oC li mufel pechi,


Mashg‘ulotning borishi. Talabalarga sut tarkibidagi umumiy oqsil miqdorini refraktometrik usulda aniqlash tartibini o‘rgatadi. Talabalarga konspekt qildiradi.

GOST 25179-90 “Sut. Umumiy oqsil miqdorini aniqlash usullari". Refraktometriya usuli bir xil sut namunasidan olingan sut va oqsilsiz zardobning nur sindirish ko'rsatkichlarini taqqoslashga asoslangan bo'lib, ularning orasidagi farq sutdagi oqsilning massa ulushiga to'g'ridan-to'g'ri proportsionaldir.


Uskunalar, materiallar va reagentlar Refraktometr oqsil massa ulushi shkalasi 0-15% oralig'ida, graduatsiya qiymati 0,1%; flakonlar uchun yopiq suv hammomi; me'yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq sutdagi yog'ning massa ulushini o'lchash uchun sentrifuga; elektr pechka; kolbalar 1-1000-2, 2-1000-2 GOST 1770 bo'yicha; GOST 29169 bo'yicha pipetkalar 1-2-1, 2-2-1, 2-2-5, 4-2-1, 5-2-1; dori vositalari uchun shisha naycha uchun FO tipidagi 10 sm3 hajmli flakonlar; rezina tiqinlar; TU 6-09-5077 bo'yicha kaltsiy xlorid 2-suv; distillangan suv.
O'lchovlarga tayyorgarlik. 40,0 g kaltsiy xloridning tortilgan qismi 1000 sm3 sig'imli kolbaga solinadi, ichiga 500 sm3 suv quyiladi va tuz to'liq eriguncha aralashtiriladi. Kolba tarkibi 20 ± 2 ° C ga qadar isitiladi va suv bilan belgigacha tayyorlanadi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling