«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Amaliy mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari


Download 3.15 Mb.
bet81/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

3.2. Amaliy mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari

1-AMALIY MASHG‘ULOT.


Mavzu: Laboratoriyada ishlari xavfsizlik qoidalari


mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga laboratoriyada ishlash texnika xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish, Laboratoriyada ishlatiladigan shisha idishlar bilan ishlashda yuzaga keladigan salbiy vaziyatlarni bartaraf etish chora tadbirlarini o‘rgatish hamda veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining jihozlanish haqida ma’lumot berish.
Mashg‘ulotning mazmuni. Veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarida ishlash vaqtida texnika havfsizlik qoidalariga amal qilish muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki laboratoriyada ishlayotgan hodim, o‘qituvchi, talaba o‘z salomatligiga o‘zi shahsan ma’sul hisoblanadi
Amaliyotda veterinariya vrachlari sutni qayta ishlash korxonalarida, veterinariya laboratoriyalarida, dehqon bozorlarida veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarida, qishloq xo'jaligi korxonalarida veterinariya sanitariya ekspertizasi masalalari doimo duch keladi. Veterinariya vrachlari hayvonot mahsulotlarini sanitariya -gigiyenik tekshirish usullarini yaxshi bilishi kerak. Faqat shu holatdagina mahsulotlarni ekspertizadan o'tkazishni to'g'ri tashkil etish va ularning sanitariya holati va mahsulot va xom ashyolardan eng oqilona foydalanish usullari to'g'risida to'g'ri asosli xulosa berishi mumkin.
Veterinariya sanitariya ekspertining ishida asosiy omil kasal hayvonlardan olingan mahsulotlar orqali turli xil zooantropozanos kasalliklarni odamlarga yuqishi ehtimolini oldini olish, shuningdek yuqumli kasalliklar bilan kasallangan hayvonlar maxsulotlarini sotilishini oldini olishdan iborat
Sut - keng turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo xisoblanadi. Shuning uchun sutning sifatiga yuqori talablar qo'yiladi. Sut va sut mahsulotlari - aholining kundalik istemol tovarlaridan biri hisoblanadi. Sut olishda sanitariya gigiyena shartlariga rioya qilish, hayvonlarni sifatli ozuqa bilan boqish, mahsulotni to‘g‘ri qayta ishlash va saqlash sifatning ishonchli kafolatidir.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling