«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet11/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Mineral moddalar
Sutning mineral moddalariga neorganik va organik kislotalarning tuzi kiradi. Ular molekulyar va kolloid eritma shaklida bo‘ladi.
Sutning tarkibida barcha mineral moddalar mavjud bo‘lib, bu moddalar yosh organizmni o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Sutning tarkibidagi tuzlar erkin holatda, bir qismi esa sutning boshqa qismlariga birikkan holatda bo‘ladi. Misol uchun kazeinat kalsiy, uch kalsiy fosfat tuzining birikmasini hosil qiladi va kolloid holatda bo‘ladi. Fosfor kislotali tuzlarning boshqa qismi eritma holatda bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ularga yengil eriydigan elektrolitlar va organik birikmalar qo‘shiladi. Bunday elektrolitlarga NaCI, KCI, sut shakari, oqsil va limon kislotali natriy kiradi. Sutning tarkibida organik tuzlarning va ishqoriy yer metallarining mavjudligi kolloid muntazamlikni saqlaydi. Bu tuzlarning kam yoki ko‘pligi muntazamlikni buzadi, bu esa sutdan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Bir tomondan, limon kislotali va fosfor kislotali tuzlarining to‘g‘ri munosabati, ikkinchi tomondan, kalsiyli va magniyli tuzlarning o‘zaro munosabati sutni kolloidli sistemasini ta’minlaydi (quyuqlashtirishda, zararsizlantirishda va quritishda).
Kolloid muntazamlikning buzilishi koagulyatsiyaga, ivishga, quyqa hosil qilishga olib keladi. Sutning bu xususiyatidan, pishloq va sut mahsulotlaridan ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Sutdagi mineral moddalarni aniqlash uchun, sut 550-600o li haroratda quydiriladi. Sutdagi minerallarning tarikbini bunday usulda aniqlash to‘g‘ri ma’lumot bermaydi, chunki yonish jarayonida mineral tuzlar o‘zgaradi, oksidlanadi, qisman uchadi (bug‘lanadi).
Sutdagi mineral moddalarning umumiy miqdori o‘rtacha 1 % ga yaqin, quydirilgandan keyin 0,7% qoladi. Shuning uchun ham hosil bo‘lgan kulga qarab, mineral moddalarning elementlari tarkibi haqida fikr yuritish mumkin. Sutning tarkibida Mendeleyev davriy sistemasidagi 80 element mavjud. Bu elementlarning miqdoriga qarab makroelementlarga (bu elementlar miqdori 10-100 mg %) mikroelementlarga (0,01-1 mg %) bo‘linadi. Sutning makroelementlariga kaliy, natriy, kalsiy, magniy, fosfor, oltingugurt va xlor kiradi. 16-jadvalda quyidagi birikmala keltirilgan.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling