Vitamin B1 – tiamin (S12 N17 O4 SC1)
Bu vitamin toza holatda kristall bo‘lib, yuqori haroratda yorug‘likga va kislorodga chidamli. Kislotalarning ta’siriga chidamli ishqorlarga chidamsiz. 1 kg sutda o‘rtacha 500 mkg vitamin B mavjud.
Vitamin B1 sariyog‘da 0,04-0,5 mg %, shakar bilan quyiltirilgan sutda - 0,09, shakarsizida - 0,05-0,1, quruq qaymog‘i olingan sutda - 0,23, yog‘sizlantirilganda - 0,25, pishloqda - 0,09 mg %.
Sut pasterizatsiyalanganda 10-23 % vitamin B1 o‘zining kuchini yo‘qotadi, quritilganda 10 % gacha, quyiltirilganda 14 %. Sut qatiq mahsulotlarida vitamin B1 30 % gacha ortadi. Yog‘sizlantirilgan sutda vitmain B1340 mkg/kg, ayronda 350 mkg/kg, zardobda 270 mkg/kg. Organizmda bu vitamin yetishmasa suv almashinishi, yurakning ish faoliyati va ovqat hazm qilish jarayoni buziladi.
Vitamin B2 – riboflavin (S17 N20 N4O6)
Bu vitamin sut zardobiga o‘ziga xos sarg‘ish rang beradi. Fermentlarning tarkibiga kiradi, uglevod va oqsilning almashinishida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar ozuqasining tarkibida vitamin B2 yetishmasa, asbab sistemasining ish faoliyati buziladi. Sutga riboflavin ozuqa orqali, hamda oshqozon-ichak ichidagi mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. 1 kg sutda o‘rtacha 1,6 mg (1 dan 2,8 mg gacha) vitman B2 bor, 1 kg og‘iz sutidan 6, pishloqda 3,07, sariyog‘da nihoyatda kam. Bu vitamin yuqori haroratda pasterizatsiyaga chidamli, quruq sutda 10-15 % kamayadi.
Vitamin B3 – pantoten kislotasi
1 kg sutda 2,7 mg, yog‘sizlantirilgan sutda 3,6, ayronda 4,6, sut zardobida 4,4 mg vitamin B2 mavjud.
Vitamin B6 – piridoksin
Bu vitamin, asosan, oshqozon-ichak ichidagi mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Sutda erkin holatda 1,8 mg/kg, oqsil bilan bog‘langanlari 0,5 mg/kg, sariyog‘da 2,6 mg/kg, shakar bilan quyiltirilgan sutda 0,33 - 0,40 mg/kg vitamin B6 bor. Kishilarning organizmida bu vitamin yetishmasa uyqusizlik, ichak kasalligi va asab sistemasining ish faoliyati buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |