Vitamin E– tokoferol (S29N50O2)
Vitamin E ning α, β va γ – tokoferol formalari mavjud. Biologik jihatidan ko‘proq faoli α va β. Vitamin E kislorodni havoning, yuqori haroratning ta’siriga chidamsiz, sut mahsulotlari saqlanishda tezda oksidlanadi. Kislorod bo‘lmaganda vitamin E yuqori haroratga chidamli bo‘ladi. Sut yog‘ida vitamin E tabiiy «aktiokislitel» hisoblanadi va vitamin A ni hazm bo‘lib, singishiga yordam beradi. Sariyog‘ning saqlanishida hosil bo‘lgan perekislarni vitamin E yo‘qotadi. Yaylovda yurgan sigir sutining tarkibida vitamin E bog‘loqdagi sigirning sutidan ko‘pligi bilan farq qiladi. Vitamin «E» ning miqdori sutda (1,6-3 mg/kg) bo‘lib, sigirlarning qaysi sharoitda boqilishiga va ozuqaning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 1 kg sutda o‘rtacha 0,9 mg vitamin E bor. Sigirlarda sut berish davrining oxirida vitamin E 3 mg/kg yetadi.
1 kg sariyog‘da vitamin E 3,4-4,1 mg, 1 kg quritilgan sutda – 6,2, qatiqda – 0,6, qaymoqda – 3, pishloqda – 2,5-6 va og‘iz sutida – 4,5 mg ni tashkil etadi.
Vitamin F
Sutning tarkibida vitamin F 1,6-2 g/kg. Vitamin F sut va yog‘ almashinishini bartarflashtiradi, dermatitning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ylmaydi, jigarning ish faoliyatini yaxshilaydi, hamda vitamin C, karotin va boshqa moddalarning ta’sirini ko‘chaytirishga yordam beradi.
Suvda eriydigan vitaminlar
Bu vitaminlarning odam va hayvonlar organizmi uchun fiziologik ahamiyati katta.
Vitamin C- askorbin kislotasi (S6 N8 O6)
Vitamin C organizmda sintezlanadi va uning sutdagi miqdori har qaysi hayvonning o‘zining ko‘pgina omillarga bog‘liq, 1 kg sigir sutida vitamin C 3 dan 35 gacha, ya’ni o‘rtacha 15 mg ni tashkil etadi. Yozda olingan sutda, qishdagiga nisbatan vitman C kam. Kechda sog‘ilgan sutda, ertalab sog‘ilganiga nisbatan vitamin C 30 % ko‘p. Pasterizatsiya vaqtida va sutni quyuqlashtirishda vitamin C ning miqdori 30 %, quritilganda 50 % ga kamayadi. Sut mahsulotlarining tarkibida quyidagi miqdorda vitamin C bo‘ladi (mg/kg). Quruq sutda-2,2, quyiltirilganda-3,9, pishloqda - 1,25-4,3, yangi sariyog‘da - 0,5-1,4, ayronda - 1,7, zardobda - 4,7, yog‘sizlantirilgan sutda-2,3. Organizmda vitamin C modda almashinishini yaxshilaydi va zaharlarning ta’sirini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |