«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUZLANGAN SABZAVOTLARNI SANITARIYA JIHATDAN TEKSHIRISH Organoleptik tekshirish.
Nazoorat savollari.
Tvorog ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering. Soxtalashtirilgan tvorogni aniqlash tartibi. 18-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Dehqon bozorlarida sut va sut mahsulotlarini sanitariya jihatdan baholashda veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarini jihozlash. Dehqon bozoridagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasida o‘simlik, oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya jihatdan tekshirilib, ekspertiza qilinadi. O‘simlik mahsulotlarining sifati asosan organoleptik usulida tekshiriladi, lekin kerak bo‘lgan vaqtlarda laboratoriya tekshirishi ham o‘tkaziladi. Organoleptik tekshirganda o‘simlik mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, kattaligi, rangi, konsistentsiyasi, tiniqligi, hidi, tovarlik ko‘rinishi, qum yoki loy tuproqli joylarining bor-yo‘qligi, zararli aralashmalarning borligi, o‘simlik kasalliklari bilan shikastlanganligi hamda ta’mining (mazasining) sifati aniqlanadi. TUZLANGAN SABZAVOTLARNI SANITARIYA JIHATDAN TEKSHIRISH Organoleptik tekshirish. Sotish uchun olib kelingan tuzlangan sabzovotlar, toza yog‘ochli, shishali yoki emallangan idishlarda bo‘lishi kerak. Ularning organoleptik ko‘rsatkichlari xona haroratida aniqlanadi. Karam tuzlanishdan oldin bir xilda maydalab kesiladi, kesilganda katta bo‘laklari va dag‘al o‘zak qismlari bo‘lmasligi, suvli, shirali, tish bilan ezganda g‘ijirlaydigan, rangi tiniq somon rangida, ta’mi yoqimli, nordon tuzli bo‘ladi. Tuzlangan karamning hidi o‘ziga xos yoki uning tarkibiga qo‘shilgan dorivor moddalarning hidi keladi. Karam tarkibidan ajralib chiqqan shirasi loyqaroq bo‘lib, ta’mi o‘tkir va karamga nisbatan yoqimli bo‘ladi. Hasharotlar iste’mol qilgan, chirigan, buzilgan, muzlagan, katta qilib maydalangan, kontsistensiyasi yumshagan hamda yoqimsiz achchiq hidga ega bo‘lgan tuzlangan karamlarni bozorda sotishga ruxsat etilmaydi. Sotilayotgan bodringning shakli ma’lum naviga mansub bo‘lishi, ezilmagan, buzilmagan, uzunligi 14 sm dan oshiqroq, kontsistensiyasi qattiq, mag‘zi zich, tuzli suvni yaxshi shimigan, ta’mi yoqimli xushbo‘y, tuzli suvi tiniq yoki qisman loyqa bo‘lishi mumkin. Iflos, ruxlangan, misli idishlarda olib kelingan, mog‘orlangan, shilimshiq, ezilgan, sariq, o‘z shaklini yo‘qotgan, tuzli suvi loyqa hamda hidi yomon tuzlangan bodringlarni sotish mumkin emas. Yaxshi sifatli tuzlangan pomidorning kattaligi bir xilda, shakli har xil, bujmaymagan, ezilmagan, rangi o‘ziga xos, ko‘k, qo‘ngir tuzli pomidorning mag‘zi qattiq, zich, qizillariniki silliq, yumshoq, tish bilan ezganda g‘ijirlaydigan bo‘lishi kerak. Bunday pomidorlarning tuzli suvi tiniq yoki qisman loyqa, ta’mi yoqimli, xushbo‘y bo‘ladi. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling