«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Tuzli suvning foiz miqdorini aniqlash


Download 3.15 Mb.
bet115/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Tuzli suvning foiz miqdorini aniqlash. Mahsulotlarning umumiy massasiga nisbatan ularning tuzli suvini aniqlash uchun tekshirilayotgan mahsulot dokaga solinib 15 daqiqa chamasida olib qo‘yiladi, bunda dokani qo‘l bilan qismaslik kerak, uning tarkibidagi tuzli suv o‘zi oqib sirqiydi. Keyin esa alohida oqqan tuzli suvi va mahsulot tarozida tortiladi va foiz miqdori aniqlanadi. Tuzlangan karam tarkibidagi tuzli suv (karam o‘zining shirasida bo‘lishi kerak) 10-15 foizni tashkil etadi, tuzlangan pamidor, bodringning tuzli suvi 45-50 foiz bo‘lishi kerak.
Tuzli suvni va marinadlangan mahsulotlarning kislotaliligini aniqlash.
Bularning kislotaliligi titrlash usulida aniqlanadi va foiz hisobida ifodalanadi, lekin hisoblashda tuzli suv uchun sut kislotasining marinad uchun sirka kislotasining koeffitsienti ishlatiladi. Aniqlash uchun tekshirilayotgan tuzli suv yoki marinad quruq qog‘oz filtiridan o‘tkaziladi. So‘ngra konussimon kolbaga 10 ml filtrat olinadi, ustiga 50 ml distillangan suv qo‘shiladi va 2-3 tomchi 1% foizli fenolftaleinning spirtli eritmasi tomiziladi. Keyin esa 0,1 N o‘yuvchi ishqor bilan qizg‘ish rang hosil bo‘lguncha titrlanadi. Hosil bo‘lgan och-qizg‘ish rang 3 minut mobaynida yo‘qolmasligi kerak. Kislotaning miqdori (x) formula asosida aniqlanadi.
K V ∙ 100
X = ---------------------, bunda
M
K – hisoblashdagi ma’lum kislotaning koeffitsienti: sut kislotasi bo‘yicha
hisoblanganda 0,009; sirka kislotasi bo‘yicha hisoblaganda 0,006 ga teng
bo‘ladi.
V – titrlash uchun sarf qilingan 0,1 N ishqor miqdori, (ml).
M – tuzli suv yoki marinad namunasining massasi, (g).
100 – hisoblashdagi foiz.
Sut kislotasi bo‘yicha hisoblanganda tuzli suvning kislotaliligi; tuzlangan karamda 0,7 – 2,4 foiz, tuzlangan bodringniki 0,6 – 1,4, tuzlangan pomidorniki 0,6 – 2 foizga teng bo‘ladi. Sirka kislotasi bo‘yicha hisoblaganda marinadlarning kislotaligi – 0,4 – 0,9 foizgacha bo‘ladi.
Osh tuzi miqdorini tuzli suvda va marinadda aniqlash. Bartaraflashtirilgan namunaga (kislotaliligi aniqlangandan keyin) 10 ml 10 foizli kaliy xromkislotasi eritmasi qo‘shiladi va 0,1N azot kislotasi kumushi bilan qizil-g‘ish rangi hosil bo‘lguncha titrlanadi. Osh tuzining miqdori (x) formula yordamida aniqlanadi:
V ∙ 0,00585 - 100
X = --------------------------, bunda
M
V – 0,1 N azot kislotasi kumushini titrlash uchun sarf qilingan miqdori, (ml).
M – tuzli suvning yoki marinadning massasi, (g).
0,00585 - osh tuzini hisoblashdagi koeffitsient.
Tuzli suvdagi tuzning miqdori tuzlangan karamda o‘rtacha 1,2-2,5 foiz, bodringda 3 -5, pomidorda 3 -8, tuzlangan sabzavotlarda 1 -3 foiz bo‘ladi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling