«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotning mazmuni.
Nazorat savollari
1.Sutdan namuna olishda kimlar ishtirok etadi? 2.Sutdan qancha umumiy namuna olinadi? 20-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Dehqon bozorlarida sutni tezkor ekspress usulda sifatini aniqlash tartibi. Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga respublikamiz dehqon bozorlarida faoliyat yuritayotgan veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyalarida sutni tezkor tekshirish usullarini o‘rgatish. Mashg‘ulotning mazmuni. Dehqon bozorlarida faoliyat yuritayotgan veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyalari sut va sut mahsulotlarini veterinariya sanitariya jihatdan tezkor baholash bozorlarda mutaxasislarning ishlashini osonlashtiradi. Reduktaza Bu ferment oksidlanish-tiklanish jarayonning fermenti hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan fermentlardan shunisi bilan farq qaladiki, bu ferment hayvonlarning organizmida hosil bo‘lmaydi, balki bakteriyalarning tiriklik mahsuloti hisoblanadi. Shuning uchun ham sutda reduktaza fermentining paydo bo‘lishi, sutda mikroblarning ko‘payganidan dalolat beradi. Sutda mikroblar ko‘p bo‘lsa, reduktaza fermenti ortadi va uning tiklanish xususiyati yuqori bo‘ladi. Sutdagi reduktaza fermentining miqdoriga qarab, sutdagi mikroblarning oz, ko‘pligi haqida fikir yuritish mumkin. Shuning uchun ham bu namuna ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Aniqlash shunga asoslanganki, sutda reduktaza bo‘lganda, unga bo‘yoq moddasi qo‘shilganda sut shakarining bijg‘ishidan hosil bo‘lgan vodorod tiklanadi va natijada sut rangsizlanadi. O‘zbekistonda bunday bo‘yoq sifatida metilen ko‘ki yoki rezazurin, boshqa mamlakatlarda ko‘pincha rezazurin ishlatiladi. Probirkaga 20 ml sut olinib, uning ustiga 1 ml metilen ko‘ki qo‘shiladi va 38-40o li suv hammomiga qo‘yiladi. Sutning rangsizlanib, oqarish vaqtiga qarab sutdagi bakteriyalarning oz-ko‘pligi haqida fikr yuritiladi. Shunga binoan, tekshirilayotgan sut to‘rtta sinfga bo‘linadi. Birinchi klass suti uchun, metilen ko‘ki bilan reduktaza namunasi 5,5 soatdan kamroq cho‘ziladi (sutning rangsizlanishi). Tekshirish uchun rezazurin ishlatilganda, reduktaza namunasi bir soatga yaqin davom etadi. Buning uchun probirkaga 10 ml sut olinib, ustiga 1 ml 0,005 % li rezazurinning suvli eritmasi solinadi. Sutning rangini o‘zgarishi 20 daqiqa va 1 soatdan keyin kuzatiladi. Sut solingan va rezazurin qo‘shilgan probirka, suv hammomida 20 daqiqadan keyin rangsizlansa, bu probirka chiqarib olinadi, qolganlari esa suv hammomida qoldiriladi. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling