Uni, yormani, kraxmali, donli va dukkakli o‘simlik mahsulotlarini ekspertiza qilishi. Organoleptik tekshirish. Bu mahsulotlarning rangi kunduzgi yorug‘likda aniqlanadi. Un va kraxmalni tekshirishda 3-5 g mahsulot qora qog‘oz ustiga to‘kiladi va shisha plastinka bilan bosiladi. Hidini aniqlash uchun 20 g mahsulot toza qog‘oz ustiga to‘kiladi va nafas bilan qizdiriladi.
Hidini ajralib chiqishini ko‘chaytirish uchun, tekshirilayotgan namuna stakanga solinib, ustiga 60o li issiq suv qo‘shiladi, chayqatiladi va keyin shu tarzda bir necha daqiqa qoldiriladi. So‘ngra stakandagi suv to‘kib tashlanadi va hidi aniqlanadi. Namunaning ta’mini va qum aralashganligini bilish uchun 1g mahsulot og‘izda chaynab ko‘riladi.
Sotish uchun olib kelingan un quruq bo‘lishi, ichida alohida bo‘laklari bo‘lishi mumkin emas. Ta’mi qisman shirinroq hidi o‘ziga xos bo‘ladi. Unning rangi, bug‘doyning turiga, naviga sifatiga, ishlab chiqilishiga qarab har xil bo‘ladi. Bug‘doy unining rangi oq yoki qisman sarg‘ishroq bo‘lishi mumkin. Bu bug‘doy uni tarkibiga boshqa qo‘shimchalar qo‘shilgan bo‘lsa, rangi qoramtiroq bo‘ladi. Hidi sasigan, achigan, mog‘orlagan, boshqa hidlarga ega bo‘lgan, qum aralashgan un sotishga ruxsat etilmaydi.
Yorma tabiatiga ko‘ra, quruq, bir xilda bo‘lib, o‘ziga xos hidga, rangga ega bo‘ladi. Sotilayotgan don ezilgan va quruq bo‘lib, toza, bu xildagi don o‘zining rangiga va o‘ziga xos hidga ega bo‘lishi kerak. Ifloslangan, zaharli don aralashmasi bo‘lgan, o‘z-o‘zidan qizib ketgan, pindiq chiqarib o‘sgan, yomon hidli don mahsulotlari sotishga yaroqli emas. Dehqon bozorida sotish uchun kartoshka va makkajo‘xori kraxmallariga ruxsat beriladi. Sotilayotgan kraxmal oq, toza, yaltiroq bo‘lib, tashqi har xildagi hidlarga ega bo‘lmasligi kerak.
Metall aralashmalariga tekshirish. Un va yormaning tarkibidagi metall aralashmalarini tekshirish uchun 1 kg chamasida namuna olinib, qog‘oz ustiga to‘kiladi (yoki 5 ml qalinlikdagi shisha ustiga) so‘ngra magnitni olib, ustidan har tomonga qarab yurg‘iziladi. Magnitga ilingan metall bo‘lakchalari soat shishasi ustiga yig‘iladi. Ikki, uch marta xuddi shu tarzda tekshirish o‘tkazish kerak. Yig‘ishtirilgan metall bo‘lakchalari analitik tarozida tortiladi. Bu metall bo‘lakchalarining miqdori 1 kg unda 3 mg gacha bo‘lishi kerak, ularning kattaligi 0,3 mm bo‘ladi. Metall bo‘lakchalarining uchlari o‘tkir, qirralari bo‘lsa, unni sotishga ro‘xsat berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |