«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet39/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Chuchuk qatiq (prostokvasha). Chuchuk qatiq qaymog‘i olinmagan yoki olingan sigir sutidan (pasterizatsiyalangan yoki sterilizatsiyalangan) tayyorlanadi. Tayyorlash uchun sutning tarkibiga sut kislotasi hosil qiluvchi streptokokklarning toza kulturasi qo‘shilib, boshqa turdagi sut kislota mikrooranizmlari qo‘shilmaydi. Asidofilin chuchuk qatiq tayyorlash uchun sut pasterizatsiya qilinib, uning tarkibiga asidofil kulturasi qo‘shiladi, oddiy chuchuk qatiq tayyorlashda, sut pasterizatsiya qilinib, uning tarkibiga bolgar tayoqchalari qo‘shiladi, ayrim vaqtlarda achitqi qo‘shish yo‘li bilan ham tayyorlanadi.
Qatiq tayyorlash uchun sut sterilizasiya qilinib, uning tarkibiga sut kislota tayyoqchalari qo‘shiladi. Chuchuk qatiq bozor sharoitida asosan organoleptik usuli yordamida tekshiriladi, gumon qilinsa, ayrimlarining kislotaligi, yog‘ miqdori va soda aralashmasi aniqlanadi. Sotishga chiqarilayotgan chuchuk qatiq o‘zining ko‘rsatkichlariga binoan quyidagi talablarga mos kelish kerak: ta’mi nordon-chuchuk, hidi xushbo‘y, o‘ziga xos, konsistensiyasi quyuq, juda kam miqdorda yuzasida zardob ajralib turadi. Chuchuk qatiq tarkibiga shakar, vanelin va boshqa shiravorlar qo‘shilsa, uning ta’mi shirinroq bo‘ladi. Oddiy chuchuk qatiqni konsistensiyasi qalin zich bo‘lib, bo‘linganda yaltiraydi. Shilimshiq mikroorganizmlar ishtirokida tayyorlangan chuchuk qatiq, qizarib iviganda qatiqning (ryajenka) konsistensiyasi cho‘ziluvchan bo‘ladi.
Chuchuk qatiqning va boshqa shunga o‘xshash sut mahsulotlarining tarkibidagi yog‘ miqdori 3,2 foiz, kislotaligi 75-120oT. Ryajenkaning kislotaligi 85-105oT. Uy sharoitida tayyorlangan sut mahsulotlarining tarkibidagi yog‘ miqdori 2,8 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Sotishga chiqarilayotgan chuchuk qatiqning hidi va ta’mi o‘zgargan bo‘lsa, hamda ifloslangan, sut zamburug‘lari qoplagan, gaz hosil qilgan, ajralib chiqqan zardobi umumiy mahsulot hajmiga nisbatan 5 foizdan ortiq bo‘lgan holatlarda mahsulotlarni sotishga ruxsat etilmaydi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling