Sutning nordonligini aniqlash.
Sutning nordonligini aniqlash, uni sotishda, navlarga ajratishda, pasterlash va sut mahsulotlari uchun sutni qayta ishlashda zaruriy tadbirlardan biri hisoblanadi.
Yangi sog‘ib olingan sut amfoter reaksiyaga ega bo‘ladi. Bu sutda nordon harakterli moddalar bilan bir qatorda, asos xususiyatli birikmalar mavjudligiga bog‘liq. Yangi sog‘ib olingan sutning titrlanadigan nordonligi 16 - 18 °T bo‘ladi. Bu sutdagi kazein oqsilini nordon xarakteri, fosfor, limon kislotalarining tuzlari va erigan karbonat angidrid gazining miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Sog‘ib olingandan vaqt o‘tgach, mikroorganizimlarniig rivojlanishi tufayli sut shakari parchalanib, sutda sut kislotasi to‘planadi va sutning titrlanadigan nordonlik ko‘rsatkichi oshadi. Sutning nordonlik ko‘rsatkichini bilgan holda, uning qachon sog‘ib olinganligi haqida fikr yuritish mumkin.
Sut nordonligiga qarab GST 13264-88 bo‘yicha navlanadi. Nordonlik I- navda 16-18 oT; II- nav – 16- 20 o T, navsiz sutda esa 20o T dan ortiq bo‘ladi.
Aniqlash tartibi
1. Toza kolbachaga pipetka bilan 10 ml sut o‘lchab olinadi.
2. Ustidan 20 ml distillangan suv solinadi.
3. Unga fenolftaleinning spirtdagi 1 % li eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi (Indikator sifatida). 4.Probka yordamida NaOH yoki KOH ning 0,1 normal eritmasi bilan och binafsha rang hosil bo‘lguncha titrlanadi va titrlash uchun sarflangan ishqorning miqdori 10 ga ko‘paytiriladi, Chiqgan son sutning nordonligini bildiradi.
Masalan: titrlash uchun ishqordan 1,8 ml sarflandi, demak,
1,8 x 10 = 18oT
Sutning nordonlik darajasi 18oT ekan.
10-mavzu. Kasal hayvonlar sutini veterinariya sanitariya jihatdan baholash
Reja:
O‘ta xavfli kasalliklarda sutni sanitariya jixatidan baholash
Turli kasalliklarda sutni sanitariya jixatidan baholash
Tarkibida antibiotiklar va zaxarli moddalar bo‘lganda sutni sanitariya jixatidan baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |