«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Sutning tozalik guruhini aniqlash


Download 3.15 Mb.
bet45/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Sutning tozalik guruhini aniqlash.
Sutning tarkibi mexanik aralashmalar bilan kup ifloslanganligi, sutni sog‘ib olishda, saqlash va tashishda sanitariya qoidalariga rioya qilinmasligidan dalolat beradi. Mexanik aralashmalar bilan birga, sutga mikroorganizmlar tushadi va sutning tarkibini buzadi. Sutni toza sog‘ib olish va sifatini oshirish uchun mexanik aralashmalar bilan ifloslanganligi aniqlanadi ifloslanish manbalari topilib bartaraf etiladi. Tozalik guruhi 250 ml o‘rtacha namuna sutni filtrlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda filtrda qolgan ifloslik etalonga solishtirilib tozalik guruhi haqida fikir yuritiladi.
Sutning sifatini pasayishiga sabab unga tushadigan mikroblar hisoblanadi. Sutga tushadigan mikroblar manbalari fermaning umumiy sanitariya holati, sigirning teri qoplamasi, yelin va boshqalar hisoblanadi. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmasdan sog‘ilgan sutning sifati pasayib, dastlabki xususiyatlarini tezda yo‘qotadi, natijada tezda achiydi. Bunday sut, turli mahsulotlar tayyorlash uchun yaroqsiz bo‘ladi.
Aniqlash tartibi.
1. Rekord suzgich asbobi u stolga yaxshilab o‘rnatiladiva to‘r qismiga doka yoki lovsan mato (filtr sifatida) kesib qo‘yiladi.
2. Silindr shtativga o‘rnatiladi va to‘r ostiga sut yig‘gich idish qo‘yiladi.
3. Silindrga 35 - 40oC haroratdagi 250 ml sut quyilib suziladi.
4. Suzilib bo‘lgandan so‘ng, undan mato olinadi va toza qog‘oz ustiga qo‘yib quritiladi. Bunda unga chang tushishdan asrash kerak. Quritilgan mato etalonga solishtirib ko‘riladi va uning tozalik guruhi aniqlanadi. DST 8216 – 56 ga binoan:
I - guruhda – feltiratda hech qanday aralashmalar bo‘lmasligi kerak.
II - feltiratda biroz mexanik aralashma bo‘lakchalari bo‘ladi.
III – matoda kichik, katta mexanik aralashmalar bo‘ladi (xashak, jun, qum).
Sutni tarkibidagi bakteriyalar sonini aniqlash.
Sutni sog‘ib olish, saqlash, tashish kabi jarayonlar to‘g‘ri tashkil etilmaganda, unga atrof muhitdan bakteriyalar tushib ifloslantiradi.
Yelinni tozalamaslik, binoni toza saqlamaslik, noto‘g‘ri oziqlantirish, ozuqa tarqatish, bino havosini changitishlar shularga misol bo‘ladi. Toza sut tarkibida reduktaza fermenti bo‘lmaydi. Bakteriyalar sutga tushgandan keyin, ular reduktaza fermentini ajratadi. Sut tarkibida reduktaza fermenti qancha ko‘p bo‘lsa, uning sifati yomon bo‘ladi. Bu ferment – sutga qo‘shilgan metil ko‘kini ishchi eritmasini rangsizlantirish xususiyatiga ega. Metil ko‘ki Qisqa vaqt oralig`ida rangsizlansa, demak, sut tarkibida shuncha ko‘p bakteriya mavjudligidandalolatdir. Sutdagi bakteriyalar sonini tezlashtirilgan va standart usulda aniqlash mumkin.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling